"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment #biznes_forum

‼️ЭЛЕКТРОН ҲУКУМАТ ҲУЖЖАТЛАРИНИНГ АФЗАЛЛИКЛАРИ: ХАЛҚАРО ТАЖРИБА ВА АМАЛИЁТ

🇺🇿🇩🇪“Ўзэлтехсаноат” уюшмаси ташаббуси билан Давлатимиз раҳбарининг Германия Федератив Республикасига ташрифи чоғида берилган топшириқлар ижроси юзасидан маҳаллий ишлаб чиқарувчи “Vades Group” корхонаси ҳамда Германиянинг “Infineon Technologies AG” компанияси ўртасидаги келишув доирасида “Электрон ҳукумат ҳужжатларининг афзалликлари: илғор хорижий тажриба ва тенденциялар” мавзусида халқаро бизнес-форум ташкил этилди.

Тадбирнинг очилиш маросимида "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси раиси ўринбосари Жаҳонгир Жамалов иштирок этди ва қатнашчиларнинг сессия ишларига муваффақият тилади.

📍Бизнес-форум айни дақиқаларда Hyatt Regency Tashkent меҳмонхонасида давом этмоқда.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#biznes_forum #AQSH

🇺🇿🇺🇸Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrifi arafasida joriy yilning 15-sentabr kuni Vashingtonda Oʻzbekiston-Amerika biznes-forumi boʻlib oʻtdi.

Unda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va investitsiya tuzilmalari rahbarlari, shuningdek, AQShning yirik korporatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi. Jumladan, "Oʻzeltexsanoat" uyushmasiga aʼzo korxona vakillari ham ushbu tadbirda qatnashib, biznes uchrashuvlarda muzokaralar olib bordilar.

🤝 Asosiy eʼtibor ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, savdo aloqalarini yoʻlga qoʻyish va yangi sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishga qaratildi. Bu sohalarning barchasida hamkorlik uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.

💬 Forum doirasida “G2B” va “B2B” uchrashuvlari, shuningdek, biznes uchun dolzarb boʻlgan masalalarga bagʻishlangan sessiyalar boʻlib oʻtdi.

@uzeltexsanoat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #biznes_forum #Xitoy

🟢 O’zbekiston-Xitoy biznes-forumida uyushma vakillari ishtirok etdilar

➡️ Mamlakatimiz va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik munosabatlari shiddat bilan rivojlanmoqda. Ayniqsa so’nggi vaqtlarda ikki davlat tadbirkorlari o’rtasidagi kelishuvlar, o’tkazilayotgan biznes-forumlar soni ancha ortgan.

➡️ Bugun ham Qarshi shahrida O’zbekiston-Xitoy biznes -forumi bo’lib o’tdi. Yurtimiz elektrotexnika sanoati nomidan “O’zeltexsanoat” uyushmasi va uyushmaga a’zo korxonalar ham ushbu biznes-forumda faol ishtirok etdilar.

🕐 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇺🇸 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #biznes_forum #Qarshi

🟢 Uyushma vakillari O'zbekiston-Xitoy biznes forumida

➡️ Joriy yilning 20-oktyabr kuni Qarshi shahrida navbatdagi "O'zbekiston-Xitoy" biznes-forumi bo'lib o'tdi. Xitoyning Anxoy provinsiyasi gubernatori Van Tsinsyan boshchiligidagi 40 dan ortiq kompaniyalar ushbu biznes-forum doirasidagi tadbirlarda qatnashdilar.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi vakillari ham ushbu biznes-forumda faol ishtirok etdilar. Xususan, forum doirasida tashkil etilgan yarmarkada yurtimiz elektrotexnika mahsulotlari stendlari namoyish etildi.

➡️ Tadbir doirasidagi uchrashuvlarda xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar o'tkazilib, unda istiqbolli hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.

➡️ Bu kabi tadbirlar hamkorlikning yangi liniyalarini kashf etish, investorlar topish va yangi savdo-iqtisodiy aloqalar o'rnatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #IHT #biznes_forum

🟢 IHT tashkilotining 5-biznes forumi ish boshladi

➡️ Ayni damda Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining beshinchi biznes forumi bo'lib o'tmoqda.

➡️ Ushbu biznes forumda "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisining birinchi o'rinbosari Mansur Xashimov boshchiligidagi vakillarimiz ham ishtirok etmoqda.

➡️ Forumda IHT tashkilotiga a'zo davlatlarning rasmiy vakillari, tadbirkorlar o'rtasida B2B formatdagi uchrashuvlar, hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan muzokaralar o'tkazilishi kutilmoqda.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #IHT #biznes_forum #video

🟢 Iqtisodiy hamkorlik tashkilot sammiti doirasida biznes-forum bo'lib o'tdi

➡️ Joriy yilning 8-9-noyabr kunlari poytatximiz ilk bor mezbonlik qilayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti doirasida a'zo davlatlar delegatlari ishtirokida biznes-forum bo'lib o'tdi.

➡️ Forum Ozarbayjon, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya davlatlaridan 300 dan ziyod delegat va mamlakatimizdan 500 dan ortiq vakillarni bir joyga jamladi.

➡️ Tadbirda shuningdek, IHT doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning holati, shuningdek, uni kengaytirish istiqbollari va faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Biznes-forumda ishtirok etgan "O'zeltexsanoat" uyushmasi vakillari ham xorijiy mehmonlar bilan bo'lgan muzokaralarda yurtimiz elektrotexnika sanoatining joriy holati, istiqbolli loyihalar, hamkorlik takliflari haqida ma'lumotlar berishdi.

➡️ Maʼlumot uchun, joriy yilning 9 oyi yakuniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining IHT davlatlari bilan tovar aylanmasi 9,2 milliard dollarni, aʼzo mamlakatlarning Oʻzbekiston umumiy tovar aylanmasidagi ulushi 20,5 foizni tashkil etdi. Bunda eksport miqdori 4,2 milliard dollar, import esa 5 milliard (+3,3%) dollarga teng.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #biznes_forum #malayziya

⚡️ Malayziyadagi biznes-forumda yurtimiz elektrotexnika sanoati taqdimot qilindi

➡️ Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi Malayziyada bo‘lib turibdi.

➡️ Bugun Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston-Malayziya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Unda iqtisodiyotning muhim “drayver" tarmoqlari qatori O’zbekiston elektrotexnika sanoatining bugungi istiqbollari, oxirgi yillarda erishilgan yutuqlari, sohaning o’sish ko’rsatkichlari, xalqaro brendlarning jalb etilishi, Koreya kompaniyalari ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari yuzasidan “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov taqdimot qildi.

➡️ Shuningdek, bizes-forumda Malayziyaning nufuzli kompaniya vakillari, 100 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirok etib, «B2B» va «G2B» shaklidagi muzokaralarda faol qatnashdilar.

➡️ Jumladan, "O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi M.Yunusov, Boshqarma boshlig'i F.Abdualimovlar ham Malayziyaning yirik kompaniya rahbarlari bilan elektrotexnika sanoatida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, investorlarni O‘zbekistonga jalb etish va eksport shartnomalarini ko‘paytirish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Vetnam #biznes_forum

⚡️ O'zbekiston-Vetnam biznes-forumida uyushma vakillari ishtirok etdi

➡️ Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi Vyetnamda bo‘lib turibdi.

➡️ Bugun tashrif doirasida "O'zbekiston-Vetnam" biznes-forumi bo'lib o'tdi.

➡️ Biznes-forumda ikki mamlakatning siyosiy-iqtisodiy doirasi vakillari, tadbirkorlar va turli tashkilotlar rasmiylari ishtirok etdilar.

➡️ Mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi o'rinbosari Jahongir Jamalov boshchiligidagi vakillarimiz ham ushbu biznes-forumda qatnashdilar.

➡️ Vetnam poytaxti Xanoy shahrida bo'lib o'tgan biznes-forumda o'zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish muhokamalar markazida bo'ldi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Tojikiston #biznes_forum

⚡️ "O'zbekiston-Tojikiston" biznes-forumida uyushma vakillari ishtirok etdi

➡️ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga rasmiy tashrifi arafasida ikki mamlakat rasmiy doiralari va ishbilarmonlari ishtirokida biznes-forum bo'lib o'tdi.

➡️ O'zbekiston-Tojikiston biznes-forumida "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi o'rinbosari Jahongir Jamalov boshchiligidagi yurtimiz elektrotexnika korxonalari vakillari ham ishtirok etdilar.

➡️ Forumda yangi, istiqbolli investitsiyaviy hamkorlik yo'nalishlari, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

➡️ B2B formatidagi uchrashuvlarda yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar Tojikiston tomoni vakillariga namoyish etildi va hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarish takliflar bildirildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Germaniya #biznes_forum

⚡️ Toshkentda O‘zbekiston - Germaniya ishbilarmonlar kengashi doirasida Biznes-forum o‘tkazildi

➡️ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi bosh direktori Mixael Xarms hamraisligida o‘tgan Biznes-forumda ikki mamlakat yetakchi firma va kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

➡️ O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, turli sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.

Manba

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #biznes_forum

⚡️"O'zbekiston-Qirg'iziston biznes-forumi bo'lib o'tadi

🔊 Hurmatli tadbirkorlar!!!

➡️ Sizlarni 2024-yil 17-iyul kuni “Tashkent City, Hilton” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Qirg‘iziston biznes-forumida ishtirok etishga mamnuniyat bilan taklif etamiz!

➡️ Forumda 100 dan ortiq yirik qirg‘iz kompaniyalari rahbarlari ishtirok etadi. Tadbir dasturi iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan munozaralar va sessiyalarni o‘z ichiga oladi.

➡️ Siz Qirg‘izistonlik hamkasblaringiz bilan kelgusidagi hamkorlik va sheriklik istiqbollarini muhokama qilishingiz, foydali aloqalar o‘rnatishingiz va o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzishingiz mumkin bo‘ladi.

➡️ Biznes-forumda ishtirok etish uchun ushbu havolada ko‘rsatilgan shaklni to‘ldirishingizni so‘raymiz.

Manba

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #biznes_forum

🇺🇿🇰🇬 Joriy yilning 17-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston biznes-forumi bo'lib o'tdi

➡️ Unda tovar ayirboshlashning yanada oshishini ta'minlash uchun tayyor to'qimachilik, oziq-ovqat, plastmassa, poyabzal mahsulotlari, IT-xizmatlari, o'g'itlar, qurilish materiallari, maishiy texnika va farmatsevtika mahsulotlari, qoramol, mayda chorva mollari, ko'mir, oziq-ovqat va talabga ega bo'lgan boshqa tovarlarni o'zaro yetkazib berishni ko'paytirish choralarini ko'rish muhimligi ta'kidlandi.

➡️ Forumda "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi o'rinbosari F.Abdualimov ma'ruza qilib, yurtimizda elektrotexnika sanoatining hozirgi holati, xususan Qirg'iziston Respublikasi kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar haqida forum ishtirokchilariga ma'lumot berib o'tdi.

➡️ Forum yakunida B2B formatdagi uchrashuvlar doirasida elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo'yicha qirg'izistonlik tadbirkorlar bilan muzokaralar olib borildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #biznes_forum

🇰🇿🇺🇿Ayni daqiqalarda Davlatimiz rahbarining Qozog’istonga tashrifi oldidan Ostona shahrida Qozog’iston-O‘zbekiston- biznes-forumi bo'lib o'tmoqda.

➡️O’zbekiston Bosh vaziri o’rinbosari J.Xodjayev boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi tarkibida "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi M.Yunusov va uyushmaga a’zo bir qator elektrotexnika sanoati korxonalari rahbarlari ham ushbu biznes-forumda ishtirok etib, B2B formatdagi uchrashuvlarda qator kelishuv va memorandumlarni imzolashga erishmoqdalar.

➡️Jumaladan, Qozog’istonda “OSTEN” brendi ostida tabiiy gaz hisoblagichlari va lift ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, shuningdek tabiiy gazni hisobga olish hamda nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUG) hamda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini (ASKUE) joriy etish loyihalari bo'yich kelishuvlarga erishildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #belarus #biznes_forum

⚡️ O’zbekiston-Belarus ikkinchi ayollar forumi doirasida elektrotexnika sohasi bo’yicha hamkorlik muloqoti bo’lib o’tdi

➡️ Joriy yilning 26-27-avgust kunlari poytaxtimizda Ikkinchi O’zbekiston-Belarus ayollari biznes-forumi bo’lib o’tmoqda.

➡️ Kuni kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasida “Elektrotexnika, elektroenergetika va yashil energetika sohalarida O’zbekiston Belarus savdo aloqalarini rivojlantirishning istiqbollari” mavzusida seksiya tashkil etildi.

➡️ Mazkur uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish va ekologiya qo’mitasi raisi Boriy Alixanov, Belarus Respublikasi Energetika vaziri o’rinbosari Olga Prudnikova, “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi o’rinbosari Faridun Abdualimov, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, ishbilarmonlar ishtirok etdilar.

➡️ Seksiya doirasida o’zaro istiqbolli hamkorlik aloqalari, investitsiyalar, tajriba almashish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo’yicha ishtirokchilar taqdimotlar qildilar.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #belarus #biznes_forum

⚡️ NOCOMMENT

➡️ E'tiboringizga “Oʻzeltexsanoat” uyushmasida O’zbekiston-Belarus ikkinchi ayollar forumi doirasida tashkil etilgan elektrotexnika sohasi bo’yicha hamkorlik muloqotiga oid videokontentni taqdim etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #belarus #biznes_forum

🟢Belorus tadbirkor ayollari elektrotexnika mahsulotlariga katta qiziqish bildirdi

➡️Xabaringiz bor, Toshkent shahrida Ikkinchi Oʻzbekiston-Belorus ayollari biznes-forumi yuqori saviyada boʻlib oʻtdi.

➡️Mazkur forum doirasida "O'zekspomarkaz" ko'rgazmalar saroyida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

➡️Respublikamizning boshqa yetakchi sanoat tarmoqlari qatori elektrotexnika sanoati korxonalari mahsulotlari ham ushbu ko'rgazmada namoyish qilindi. Ushbu koʻrgazmaga tashrif buyurgan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanovalar milliy elektrotexnika sanoati stendidan o'rin olgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar.

➡️Mazkur tadbir doirasida ikki mamlakat rasmiy va ishbilarmon doira vakillari o'zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, tajriba almashish bo'yicha muzokaralar olib bordilar.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Malaysia #biznes_forum

⚡️ Malayziya-O‘zbekiston biznes-forumi

➡️ Joriy yilning 5-fevral kuni Kuala-Lumpur shahrida Malayziya-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

➡️ Ushbu tadbir ikki mamlakat tadbirkorlari va davlat vakillari uchun o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi platforma bo‘lishi kutilmoqda.

➡️ Forum doirasida rejalashtirilgan tadbirlar:

⚪️ O‘zbekiston va Malayziya vakillarining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha taqdimotlari va ekspertlarning chiqishlari;

⚪️ B2B va G2B muzokaralari, istiqbolli loyihalar muhokamasi va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari.

➡️ Forumning asosiy maqsadi – ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo va investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash, yangi biznes imkoniyatlarini yaratish hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishdir.

➡️ Forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali shaklni to'ldiring.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#biznes_forum #fransiya

🇺🇿🇫🇷 Shu yilning 11-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida Parij shahrida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda 100 ga yaqin yetakchi kompaniyalari, moliya va biznes tashkilotlari yetakchilari ishtirokida Fransiya-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

🟠Tadbir doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralariga muloqot qilish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini o‘rganish uchun noyob imkoniyatlar taqdim etuvchi B2B va G2B uchrashuvlari o‘tkazildi.

🟠Forum doirasida O'zbekiston delegasiyasi tarkibida bo'lib turgan "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov ham elektrotexnika sanoatida hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha fransuz kompaniyalari bilan muzokaralar olib bordi.

🟠Batafsil ushbu uchrashuvlar haqida to'xtalamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Biznes_forum #Xitoy

⚡️ Bugun, 30-aprel kuni Urumchi shahrida Oʻzbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi. Uning ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Partqoʻmi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM