Hurmatli tadbirkorlar!
➡️ 2025-yilning aprel oyida
Germaniyaning yetakchi texnik va
sertifikatlash tashkilotlaridan biri bo'lgan
VDE tashkiloti va
"O'zeltexsanoat" uyushmasi hamkorligida
bepul onlayn seminarlar o'tkaziladi!
➡️ Mazkur seminarlarda
mahsulotlarni testlash, sertifikatlash hamda xalqaro bozorlarga eksport qilish talablari bo'yicha dolzarb va muhim mavzularda to'liq axborot beriladi.
7-aprel, 2025-yil
📝 Mavzu: "Fors ko'rfazi, xususan Saudiya Arabistoniga eksport qilish uchun majburiy G-Mark sertifikati va yangilangan talablar"✅ 1-onlayn uchrashuv - 10:00-11:00
✅ 2-onlayn uchrashuv - 17:00-18:00
10-aprel, 2025-yil
📝 Mavzu: "Xitoy bozori uchun CCC sertifikati va yangi talablar – maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari uchun asosiy masalalar"✅ 1-onlayn uchrashuv - 10:00-11:00
✅ 2-onlayn uchrashuv - 17:00-18:00
➡️ VDE tomonidan tashkil etilayotgan ushbu seminarlar orqali mahsulotingizni xalqaro bozorga chiqishdagi
muhim talablar va
yangiliklar haqida aniq ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.
➡️ Shuningdek, onlayn seminarlarda
SALEEM dasturi,
SABER platformasi,
SASO EER/SEER, CCC, G-Mark sertifikatlari haqida batafsil ma'lumotlar beriladi.
➡️ 7-aprel kuni bo'lib o'tadigan onlayn seminarda
ro'yxatdan o'tish➡️ 10-aprel kuni bo'lib o'tadigan onlayn seminarda
ro'yxatdan o'tish➡️ Ushbu seminarlarda ishtirok eting va o'z biznesingizni xalqaro standartlarga moslashtiring!
📞 Murojaat uchun tel: +998 97 700 50 00
#VDE #Eksport #Sertifikatlash #SaudiyaArabistoni #Xitoy #CCC #GMark #OnlaynSeminar #Biznes🌐 UZELTEXSANOAT |
Telegram