"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Ўзбекистон-Туркманистон иқтисодий форуми бошланди.

Форумни жонли эфирда ИТСВ нинг ижтимоий тармоқлардаги расмий саҳифаларида томоша қилишингиз мумкин.

#MIFT #Uzbek_Turkmen #forum
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#60_soniya
#forum
#turkmaniston

Бугун пойтахтимизда "Ўзбекистон-Туркманистон иқтисодий форуми" бўлиб ўтди. Унда "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси ҳам фаол иштирок этди. Туркман томонига Ўзбекистондаги электротехника саноатининг бугунги истиқболи ва амалга оширилаётган ишлар тўғрисида маълумот берилди.

Бундан ташқари, форум доирасида ташкил этилган "Made in Uzbekistan" кўргазмасида Уюшмага аъзо 15 дан ортиқ корхоналар 200 га яқин маҳсулотлари билан иштирок этдилар.
B2B учрашувлардан сўнг, "Techno Export" МЧЖ туркман томони билан 1 млн.долларлик экспорт шартномасини имзолади.
🎥Айни дақиқаларда Ўзбекистон Республикаси ва Россия Федерацияси ўртасида II-Минтақалараро ҳамкорлик форуми бўлиб ўтмоқда.

💻📲 Тадбирни Facebook ва Instagram расмий саҳифалари орқали онлайн кузатишингиз мумкин.

🔴#MIFT #Москва #форум

——

🎥 Прямо сейчас проходит II Форум межрегионального сотрудничества между Республикой Узбекистан и Российской Федерацией.

💻📲 Присоединиться к мероприятию виртуально можно через официальные страницы в Facebook и Instagram

🔴#МИВТ #Москва #форум

——

🎥The II Forum of interregional cooperation between the Republic of Uzbekistan and the Russian Federation is taking place right now.

💻📲 You can virtually join the event through the official Facebook and Instagram pages

🔴#MIFT #Мoscow #forum
#forum
#sport
#dzyudo

#ONLINE| 🌐Айни пайтда Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари - инвестициялар ва ташқи савдо вазири Ж. Ходжаев раҳбарлигида "Hilton Tashkent City" меҳмонхонасида Дзюдо жаҳон чемпионати халқаро Дзюдо федерациясининг Иқтисодий форуми ўтказилмоқда.

🏆Тадбирда Халқаро дзюдо федерацияси Президенти Мариус Визер ҳам иштирок этмоқда. Шунингдек, форумда халқаро спорт ташкилоти ва хорижий компания вакиллари ҳам таклиф этилган. Бу ерда "В2В" форматидаги учрашувлар ҳам бўлиб ўтиши режалаштирилган.

Бизни кузатиб боринг!!!
👉@uzeltexsanoat
#forum

Бугун Президент Шавкат Мирзиёев иккинчи Тошкент халқаро инвестиция форумида иштирок этади. Давлатимиз раҳбари форумнинг ялпи мажлисида нутқ сўзлайди.

Сессияда Ислом тараққиёт банки президенти Муҳаммад бин Сулаймон ал-Жассир, Қирғизистон Вазирлар Маҳкамаси Раиси - Президент Администрацияси раҳбари Ақилбек Жапаров, БМТ Бош котибининг ўринбосари Ольга Алгаерова, Бирлашган Араб Амирликлари энергетика ва инфратузилма вазири Сухайл ал-Мазруий, Венгрия иқтисодий ривожланиш вазири Мартон Надь, "ACWA Power" компанияси бошқаруви раиси Муҳаммад Абдулла Абунайян ҳам қатнашади. Сессияга Европа тикланиш ва тараққиёт банкининг коммуникация масалалари бўйича директори Жонатан Чарльз модераторлик қилади.

Давлатимиз раҳбари форум доирасида қатор икки томонлама учрашувлар ўтказиши ҳам режалаштирилган.

Умуман, тадбирда 70 мамлакатдан келган 2,5 мингга яқин ишбилармон доиралар ва банк-молия соҳаси вакиллари иштирок этади.

@uzeltexsanoat
#forum #sankt_peterburg #rossiya

🇷🇺SANKT-PETERBURG SHAHRIDA "ROSSIYA SANOATCHISI" XALQARO FORUM-KO'RGAZMASI BO‘LIB O‘TMOQDA

⚙️Ayni paytda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida mahalliy kompaniyalarning eng so'nggi innovatsiyalarini taqdim etuvchi "Rossiya sanoatchisi" xalqaro forum-ko'rgazmasi o’z ishini boshladi.

➡️Forum “Barqarorlik va rivojlanish: asosiy texnologiyalar, davlatning roli, sanoat uchun kadrlar, xalqaro hamkorlikning yangi konturlari" mavzusida bo‘lib o‘tmoqda.

➡️Unda yirik kompaniya vakillari, soha mutaxassislari, shuningdek davlat korporatsiyalari va sanoat korxonalari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar, turli mamlakatlardan kelgan tashkilot vakillari ishtirok etmoqda.

➡️Jumladan, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari J.Jamalov va "Ohangaron Tech Industrial" texnoparki direktori J.Hidoyatovlar ham ishtirok etib, Rossiyaning mahalliy ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bormoqda. Rossiyalik tadbirkorlarni O‘zbekistonga jalb etish bo‘yicha ikki tomonlama uchrashuvlar ham tashkil etilmoqda.

Forum 30-noyabrgacha davom etadi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#forum #sankt_peterburg #rossiya

🇷🇺"ROSSIYA SANOATCHISI" XALQARO FORUM SESSIYALARI BO’LIB O’TMOQDA

⚙️Avval xabar berganimizdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida mahalliy kompaniyalarning eng so'nggi innovatsiyalarini taqdim etuvchi "Rossiya sanoatchisi" xalqaro forum-ko'rgazmasi o’z ishini boshlagan edi.

➡️Forumda 140 dan ortiq turli formatdagi uchrashuv, plenar sessiya va ochiq majlislar o’tkazish belgilangan.

➡️Unda O’zbekiston tomonidan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari J.Jamalov va "Ohangaron Tech Industrial" texnoparki direktori J.Hidoyatovlar ham ishtirok etib, elektrotexnika va elektronika sanoatida hamkorlik masalalari, tajriba almashuv va sohadagi ilg’or texnologiyalar yuzasidan plenar sessiyalarda o’zaro fikr almashmoqdalar.

➡️Forum 30-noyabrgacha davom etadi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#forum #samarqand #belarus #hamkorlik

🇺🇿🇧🇾Samarqandda Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi, shuningdek, Oʻzbekiston-Belarus biznes forumi bo'lib o'tdi

➡️Yuzdan ortiq kompaniya o'z yutuqlarini taqdim etgan ushbu forumda “O’zeltexsanoat” uyushmasi va unga a’zo korxona vakillari ham ishtirok etdi.

🇧🇾Bosh vazir Roman Golovchenko boshchiligidagi Belarusь Respublikasi delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirlar mamlakatlarimiz iqtisodiy salohiyati va ko‘p qirrali o‘zaro hamkorligi ko‘lamini yaqqol namoyon etdi.

🤝B2B formatdagi muloqot chog‘ida ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida elektrotexnika sanoati ham sanab o‘tildi. Uyushma mas’ul xodimlari bir qator Belarus kompaniyalari bilan muzokara olib bordilar. Bu uchrashuvlar ikki tomon biznes vakillariga o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etish, eksport salohiyati va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashish imkonini yaratdi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#forum #belarus #hamkorlik

🇺🇿🇧🇾Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston va Belarus hududlararo ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi.


➡️Ikki davlat delegatsiyalariga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xodjaev va Belarus Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Leonid Zayats boshchilik qildi.

➡️Forumda talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish va yangi istiqbolli bozorlarni oʻzlashtirishga qaratilgan ikki mamlakat hududlari oʻrtasida sarmoyaviy hamkorlik va savdo aloqalarini rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

➡️O‘zaro tashriflar, investitsiya forumlari, ko‘rgazmalar, ishbilarmonlar uchrashuvlari, savdo uylari tashkil etish, iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

➡️Tadbir yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat hududlarining O‘zaro tashriflari jadvali, hududiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator ikki tomonlama kelishuvlar, shuningdek, mustahkam sarmoyaviy bitimlar va savdo shartnomalari to‘plami qabul qilindi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#anons #forum #investitsiya

🌐 O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bergan maʼlumotga koʻra, 2025-yilning 10-12-iyun kunlari mamlakatimiz poytaxtida IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.

🟠TIIF-2025 3000 dan ortiq ishtirokchini qabul qilishga tayyorlanmoqda: vazirlar, xalqaro moliya institutlari vakillari, siyosatchilar, iqtisodchilar, yirik korporatsiyalar va investitsiya fondlarining top-menejerlari, shuningdek, barqaror rivojlanish, innovatsiyalar va raqamli transformatsiyalar sohasidagi ekspertlar.

✍️ tiif.online rasmiy veb-saytida ro'yxatdan o'tish va batafsil ma'lumot olish mumkin.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM