"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.69K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #ICG #Saudia #exhibition

⚡️ Saudiya Arabistonida ICG kompaniyasi mahsulotlari namoyish qilindi

➡️ Yaqin Sharq mintaqasi, xususan Saudiya Arabistoni sovutish, ventilyatsiya qurilmalari va maishiy texnika kabi mahsulotlar uchun talabgir bozorlarga ega.

➡️ Ushbu mamlakatda bo'lib o'tgan "Big 5 Construct Saudi" xalqaro ko'rgazmasi esa bunday bozorlarga kirib borish va hamkorlar topishda ajoyib imkoniyat yaratdi.

➡️ ICG kompaniyasi shu maqsadda 26-29-fevral kunlari bo'lib o'tgan ushbu ko'rgazmada ishtirok etdi.

➡️ Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan hamyonbop va sifatli mahsulotlar ko'rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otdi.

➡️ 2010-yildan beri o'tkazib kelinadigan ko'rgazmada Yaqin Sharq mintaqasi va butun dunyodan 100 mingdan ortiq ishtirokchi va tashrif buyuruvchilar qatnashdi.

➡️ Savdo va eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida bir qancha kompaniya va tashkilotlar bilan hamkorlik uchrashuvlari va muzokaralari o'tkazildi.

🔔 MANBA

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Sharq_Tubes #Warsaw #exhibition

⚡️"Warsaw HVAC Expo 2024" ko’rgazmasida $5 mln dollarlik eksport shartnomalari kelishuviga erishildi

➡️Joriy yil 27-29-fevral kunlari Polsha poytaxti Varshava shahrida bo'lib o'tgan "Warsaw HVAC Expo 2024" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Unda “O’zeltexsanoat” uyushmasiga a'zo korxonalar vakillari ham ishtirok etib, investitsiya va eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida bur qator natijalarga erishib qaytdilar.

➡️Jumladan, "Sharq Tubes" korxonasi xalqaro savdo maydonida hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda mis trubka va fitinglarni Yevropa bozorlariga eksport qilish maqsadida bir qator kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. “ViQtis”, “CORAB”, “SYSTHERM”, “AB KLIMA”, “Trane Heating & Air Conditioning” kabi kompaniyalar shular jumlasidan.

➡️Uchrashuvlar natijasida "Sharq Tubes" korxonasi mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha $5 mln dollarlik savdo shartnomalari kelishuviga erishildi.

🇵🇱"Warsaw HVAC Expo 2024" xalqaro ko'rgazmasida butun dunyo va Yevropa mintaqasining 52 davlatidan kelgan 15 mingga yaqin tashrif buyuruvchilar qatnashdilar. Isitish, sovutish, ventilyatsiya va izolatsiya texnologiyalari ko'rgazmada namoyish etiluvchi asosiy mahsulotlar qatorida bo'ldi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Shinjon #exhibition #Tashkent

⚡️ Shinjon mahsulotlarining XIII Xalqaro koʼrgazmasi bo'lib o'tadi

➡️ 30-31 mart va 1-aprel kunlari "Anhor-Lokomotiv" bog'ida asbob-uskunalar, mini-texnologiyalar va tayyor mahsulotlar sanoatida bahor mavsumining eng yirik tadbirlaridan biri – “Oʼzbekiston – Xitoy: Shinjon mahsulotlari” ko'rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

➡️ Koʼrgazma doirasida Oʼzbekiston-Xitoy biznes-forumi oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

➡️Ko'rgazmada qurilish materiallari, qurilish uchun asbob-uskunalar, oziq-ovqat, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohalaridagi minitexnologiyalar ekspozitsiyasi namoyish etiladi.

🤙+998 88 100-99-11
🤙+998 88 100-22-11
💬 www.china-expo.uz

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Shinjon #exhibition #Tashkent

⚡️ Uyushma vakillari "O'zbekiston - Xitoy: Shinjon mahsulotlari" ko'rgazmasida ishtirok etmoqdalar

➡️ Ayni kunlarda poytaxtimizda "O'zbekiston - Xitoy: Shinjon mahsulotlari" ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda. Ko'rgazma doirasida bir qancha yo'nalishlar bo'yicha Shinjonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyish etilmoqda.

➡️ Shuningdek, ko'rgazmada O'zbekiston va Xitoyning yetakchi kompaniyalari, tashkilotlari vakillari o'zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha muzokaralar olib bormoqdalar.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi vakillarimiz ham ushbu ko'rgazmada ishtirok etmoqdalar.

➡️ Vakillarimiz va Xitoy kompaniyalari o'rtasida elektrotexnika yo'nalishidagi istiqbolli hamkorlik takliflari muhokama qilinmoqda.

➡️ 30-31-mart va 1-aprel kunlari davomida bo'lib o'tuvchi ko'rgazma doirasida bugun biznes-forum ham o'tkazilishi rejalashtirilgan. Unda tomonlar potensial investitsiyaviy hamkorlik imkoniyatlari bo'yicha muzokara olib boradilar.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #China #Canton #exhibition

⚡️ Elektrotexnika korxonalari "China import-export" xalqaro ko'rgazmasida

➡️ Ayni paytda, "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari Xitoyning Guanchjou shahrida bo'lib o'tayotgan "China import-export" (Canton Fair) xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etmoqdalar.

➡️ "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari mamlakatimiz elektrotexnika korxonalarining ushbu ko'rgazmadagi ishtiroki haqida reportaj tayyorladilar.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Tojikiston #exhibition

⚡️Tojikistonda tashkil etilgan ko'rgazmada milliy elektrotexnika mahsulotlari namoyish etildi

➡️ Xabaringiz bor davlatimiz rahbarining Tojikistonga qilgan rasmiy tashrifi doirasida "O'zbekiston-Tojikiston" biznes-forumi bo'lib o'tgan edi. Ushbu biznes-forumning mantiqiy davomi sifatida esa Tojikistonda "Made in Uzbekistan" milliy mahsulotlar ko'rgazmasi tashkil etildi.

➡️ Ushbu ko'rgazmada "O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika korxonalari ham faol ishtirok etdilar. Xususan, "Samo Techno", "Dusel Electronical", "Techno Cable Group", "Artel", "Nura Group", "CHTZ" va boshqa kompaniyalar shular jumlasidan.

➡️ Ko'rgazma doirasida namoyish etilgan milliy mahsulotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Masalan, "Samo Techno" korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan kompyuter, monoblok va planshetlarning sifati va mahalliylashtirish darajasi oshib borayotganligi ko'rgazma qatnashchilarining diqqatini tortdi.

➡️ Ushbu ko'rgazma mahalliy elektrotexnika korxonalariga potensial hamkorlar topish, mahsulotlari eksportini yanada ko'paytirish bo'yicha yangi imkoniyatlarni taqdim etdi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Turkiya #exhibition

⚡️ Turkiya hukumati a’zolari o’zbek elektrotexnika mahsulotlari bilan tanishdi

➡️ Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari joriy yil 6-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Turkiya Respublikasida bo’lib turibdi. Ushbu tashrif mobaynida ikki mamlakat yetakchilari ishtirokida Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig’ilishi bo’lib o’tishi belgilangan.

➡️ Tashrif doirasida ikki davlat rasmiy shaxslari, ishbilarmon doira vakillari o’rtasida hamkorlikni yangi bosqichga ko’tarish bo’yicha uchrashuv va muzokaralar bo’lib o’tmoqda.

➡️ “Invest in Uzbekistan” nomi ostida tashkil etilgan ko’rgazmada esa mamlakatmiz iqtisodiyoti, sanoati salohiyatini aks ettiruvchi mahsulotlar namoyish etilmoqda.

➡️ Yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan keng assortimentdagi mahsulotlar joylashgan stend ko’rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg’otmoqda.

➡️ Kuni kecha, Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi rasmiylar sanoatimizning boshqa sohalari qatori elektrotexnika sanoati stendi bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov yuqori martabali mehmonlarga mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika mahsulotlari, sohadagi ijobiy o’zgarishlar va o’zbek elektrotexnika sanoatining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #ICG #exhibition

🇬🇧 Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida ICG kompaniyasi mahsulotlari namoyish etildi

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo "ICG" kompaniyasi mutaxassislaridan iborat guruh Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida 25-27-iyun kunlari bo'lib o'tgan "Installer Show 2024" xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etdi.

➡️ Ko'rgazma pavilionida "ICG" kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi.

➡️ Shu bilan birga, yangi savdo va hamkorlik aloqalari o'rnatish borasida ko'plab kompaniyalar, tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar olib borildi.

➡️ Davlatimiz tomonidan yaratib berilgan GSP+ imtiyozi doirasida Yevropa mintaqasidagi yangi bozorlarga kirib borishda "ICG" kompaniyasi bu kabi ishlarni davom ettiradi.

➡️ "Installer Show 2024" xalqaro ko'rgazmasi issiqlik, suv, havo va energetika texnologiyalari namoyish qilinadigan va sohada xizmat ko'rsatuvchi minglab montajchi-servis tashkilotlarini birlashtiradigan Buyuk Britaniyadagi birinchi raqamli tadbirdir.

➡️ Ushbu ko'rgazmada kompaniyalar tomonidan sanoat va uy-joy sektorida zamonaviy, yangi texnologiyalar, yechimlar taqdim etiladi.

➡️ Joriy yilgi ko'rgazmada dunyoning o'nlab davlatlaridan 600 dan ortiq ishtirokchi kompaniyalar o'z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kazaxstan #hamkorlik #exhibition

🟢 Muxtor SAYFULLAYEV: Oʻzbekiston kompaniyalari bilan hamkorlik qilish rejasi tugʻildi

☑️ Olmaota shahrida boʻlib oʻtayotgan "HOMETECH&ELECTRA-2024" xalqaro koʻrgazmasida ko'plab qozogʻistonlik kompaniyalar vakillari O'zbekiston elektrotexnika sanoati mahsulotlariga qiziqish bildirmoqda.

☑️ Xususan, "LAIWO" kompaniyasi rahbari Muxtor Sayfullayev tadbirkorlarimiz bilan hamkorlikka tayyor ekanligini ta'kidlab o'tdi. Biznes-missiya unda katta taassurot qoldirdi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube  🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Olmaota #hamkorlik #exhibition

🟢 Maksad Obeshkin: Biznes-missiya hamkorlik uchun foydali va manfaatli boʻldi

☑️ Olmaota shahrida boʻlib oʻtayotgan "HOMETECH&ELECTRA-2024" xalqaro koʻrgazmasida ko'plab qozogʻistonlik kompaniyalar vakillari O'zbekiston elektrotexnika sanoati mahsulotlariga qiziqish bildirmoqda.

☑️ Xususan, "QAZAQ TECHNOLOGY" kompaniyasi rahbari Maksad Obeshkin tadbirkorlarimiz bilan hamkorlikka tayyor ekanligini ta'kidlab o'tdi. Biznes-missiya unda katta taassurot qoldirdi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube  🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Olmaota #hamkorlik #exhibition

🟢 Saidolimxon Qosimov: Biznes-missiya va koʻrgazmalar bizning eksport salohiyatimizni oshirmoqda

☑️ Olmaota shahrida boʻlib oʻtayotgan "HOMETECH&ELECTRA-2024" xalqaro koʻrgazmasida O'zbekiston elektrotexnika sanoati mahsulotlariga katta qiziqish bildirilmoqda.

☑️ Xususan, "Premier Electrotech" korxonasi faoliyati koʻrgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi. Bu haqida korxona vakili Saidolimxon Qosimov oʻz fikrlarini bildirdi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube  🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Afghanistan #exhibition

⚡️ Afg'onistonda O'zbekiston elektrotexnika mahsulotlariga katta qiziqish bildirilmoqda

➡️ O'zbekiston hukumati delegatsiyasining Afg'onistonga tashrifi doirasida bir necha kun avval biznes-forum bo'lib o'tgan edi.

➡️ Mazkur biznes-forum doirasida "Made in Uzbekistan" ko'rgazmasi ham tashkil etilgan bo'lib, ushbu ko'rgazma ayni kunlarda ham davom etmoqda.

➡️ Sanoatning boshqa yetakchi tarmoqlari singari yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari mahsulotlari ushbu ko'rgazmada namoyish etilmoqda.

➡️ Ko'rgazma ishtirokchilari yurtimizda ishlab chiqarilayotgan keng turdagi elektrotexnika mahsulotlariga katta qiziqish bildirmoqdalar.

➡️ Uyushma mas'ullari va korxonalar mutaxassislari yangi savdo hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, eksportni oshirish bo'yicha bir qator afg'on korxonalari va rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqdalar.

➡️ Ushbu ko'rgazma joriy yilning 21-avgust kuniga qadar davom etadi.

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #ICG #exhibition

⚡️ Koreyada o’tkazilgan “HARFKO” xalqaro ko’rgazmasida ICG kompaniyasi mahsulotlari namoyish etildi

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo "ICG" kompaniyasi mutaxassislaridan iborat guruh Janubiy Koreyaning Seul shahrida 25-27-sentyabr kunlari bo'lib o'tayotgan "HARFKO-2024" xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etdi.

➡️ Koreya Xalqaro isitish, ventilyatsiya, havoni tozalash, sovutish, issiqlik izolatsiyasi ko'rgazmasi pavilionida "ICG" kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi.

➡️ Shu bilan birga, yangi savdo va hamkorlik aloqalari o'rnatish borasida ko'plab kompaniyalar, tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar olib borildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #ICG #exhibition

#PARIJDAN_MOBIL_XABAR

⚡️ICG kompaniyasi Yevropaga eksport imkoniyatlarini kengaytirmoqchi

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo "ICG" kompaniyasi mutaxassislaridan iborat guruh Fransiyaning Parij shahrida bo'lib o'tayotgan "Interclima-2024" xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etdi.

➡️ Ko'rgazma pavilionidagi maxsus stendda "ICG" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi.

➡️ Shu bilan birga, yangi savdo va hamkorlik aloqalari o'rnatish borasida ko'plab kompaniyalar, tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar olib borildi.

‼️Eslatib o'tamiz, "Interclima-2024" - qayta tiklanadigan energiya manbalari, energiya samaradorligi va uy-joy qurilishiga ixtisoslashgan yirik xalqaro ko'rgazmadir.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube  🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Pokiston #exhibition

⚡️ Elektrotexnika sanoati korxonalari Pokistondagi ko'rgazmada faol qatnashmoqdalar

➡️ Joriy yilning 11-13-fevral kunlari Pokistonning Lahor shahrida "Made in Uzbekistan" ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.

➡️ Mazkur ko'rgazmada boshqa tarmoqlar qatori "O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchiligidagi yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari ham ishtirok etmoqda.

➡️ Ko'rgazma doirasida o'zaro savdo hajmini oshirish, manfaatli hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar o'tkazilmoqda.

➡️ Shu bilan birga, ko'rgazma ishtirokchilariga yurtimizda ishlab chiqarilayotgan keng turdagi elektrotexnika mahsulotlari namoyish etilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Saudiya #exhibition

⚡️ Saudiya Arabistonida bo'lib o'tayotgan xalqaro ko'rgazma doirasida $ 15 mln dollarlik boshlang'ich kelishuvlarga erishildi

➡️ Xabaringiz bor, ayni kunlarda "O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchiligidagi yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari "Big 5 Construct Saudi 2025" xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etmoqdalar.

➡️ Ushbu ko'rgazmaning ilk kunlari doirasida elektrotexnika sanoati korxonalari $ 15 mln dollarlik eksport shartnomalarini imzoladilar.

➡️ Eksport shartnomalariga ko'ra, ilk bosqichda $ 5 mln dollarlik konditsionerlar, keyinga bosqichlarda esa maishiy texnika vositalari yetkazib beriladi.

➡️ Mazkur jarayonlar "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan reportajda batafsil yoritildi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NOCOMMENT

XORIJGA
EKSPORTBOP MILLIY MAHSULOTLAR KOʻRGAZMASIGA TAYYORGARLIK JARAYONI

➡️Ayni paytda poytaxtimizdagi “Texnopark” MChJ hududida xorijga eksport uchun moʻljallangan “Made in Uzbekistan” brendi ostida ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar koʻrgazmasiga tayyorgarlik jarayoni qizgʻin pallaga kirmoqda.

➡️Ushbu pavilionda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarning qariyb 100 turdan ortiq keng assortiment mahsulotlari namoyishga qoʻyilmoqda.

➡️Tez kunda ushbu koʻrgazma xorijlik mehmonlar va tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi.

#Uzeltexsanoat #texnopark #exhibition #Partnership #Membership #export #investitsiya #Tashkent #uzbekistan

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM