"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #infografika #jahon_bozori #foydali

⚙️ JAHON ELEKTROTEXNIKA BOZORI (infografika)

Jahon elektrotexnika bozori 2022-2029-yillar oralig'ida 11.1% ga o'sib, 3 trln 395 mlrd AQSh dollarini tashkil qilishi ko'plab xalqaro tahlilchilar tomonidan prognoz qilinmoqda.

Koronavirus pandemiyasidan so'ng, soha bozori o'zini qayta tiklab, kengayish yo'liga tushib oldi.

Ammo pandemiya raqamlashtirish va onlayn xizmatlar yo'nalishlaridagi rivojlanishga ulkan turtki bergani sababli, boshqa jihatdan elektrotexnika bozoriga ijobiy ta'sir qildi.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari so'nggi o'n yillikda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishda dunyoda peshqadamga aylandilar.

Bu mintaqaning asosiy davlatlariga Xitoy (shuningdek Tayvan), Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Vyetnam, Malayziya, Indoneziya, Singapur, Avstraliya va Yangi Zelandiya kiradi.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #infografika #fakt #kun_raqami

📊 2023-yil yanvar-aprel oyida 336,1 mln.dollarlik elektrotexnika mahsulotlari eksport qilindi

📶 2023-yil yanvar-aprel oylarida elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan umumiy qiymati $ 336,1 million dollardan ortiq 116 turdagi mahsulotlar 60 ta mamlakatga eksport qilindi.

🇪🇺 “GSP+” imtiyozlaridan foydalangan holda Yevropa mamlakatlariga ham elektrotexnika mahsulotlari eksport qilingan.

🚚 Eng koʻp mahsulotlar eksporti Turkiya, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlar hissasiga toʻgʻri keladi.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #infografika #fakt #kun_raqami

📊 2023-yil yanvar-aprel oyida 336,1 mln.dollarlik elektrotexnika mahsulotlari eksport qilindi

Bu haqida "O'zbekiston-24" telekanalining "Fakt-24" dasturi orqali tahliliy yoritildi.

https://t.me/mtrkuzofficial/149086

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #infografika #fakt #kun_raqami

📊 2023-yil yanvar-aprel oyida 336,1 mln.dollarlik elektrotexnika mahsulotlari eksport qilindi

Bu haqida "O'zbekiston-24" telekanalida brifing tafsilotlari orqali yoritildi.

https://t.me/mtrkuzofficial/151221
➡️ #statistika #infografika

🟢 Oʻzbekistonning Italiya bilan savdo-iqtisodiy hamkorligi

Soʻnggi 5 yil ichida Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,2 barobarga, 2017-yilda 175,7 mln. dollardan 2022-yilda 379,2 mln. dollargacha oshdi.

Shu davrda eksport hajmi ham 2,2 barobar oshib, 50 million dollarni, import umumiy hajmi esa 2,1 barobar oshib, 330 million dollarni tashkil etdi.

Italiyadan investitsiyalarning umumiy hajmi 164,4 mln. dollarni tashkil etdi, shundan 48 mln. dollar Italiyaning 2021-yildagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari va kreditlari edi.

Oʻzbekistonda Italiya kapitali ishtirokidagi 59 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda (ulardan 18 tasi 100% Italiya korxonasi)

Manba

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

Ўзбекистонда 100 та уй хўжаликларига тўғри келадиган кондиционер ва музлатгичлар сони

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #infografika #yarim_yillik

🟢 O'zbekiston elektrotexnika sanoatining yarim yillik faoliyati bo'yicha asosiy ko'rsatkichlar statistikasi (2023-yil yanvar-iyun)

2023-yil yanvar-iyun oylarida (yarim yillik) O'zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan jami 10.3 trln so'mlik, 121 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarildi. O'tgan yilga nisbatan o'sish surati 127.7 % ni tashkil qildi.

Ushbu davrda sohaning eksport ko'rsatkichlari esa $ 471.6 mln dollarni tashkil qildi. Bunda 65 ta mamlakatga 91 ta eksportchi korxona (shulardan 16 tasi yangi eksportyor korxona) tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksport qilindi. O'tgan yilga nisbatan o'sish surati - 129.5 %.

Qatar, Iroq, Malta, Misr, BAA kabi davlatlar bozori ushbu davrda o'zlashtirildi. GSP+ doirasida Yevropa davlatlariga $ 32.8 mln dollarlik elektrotexnika mahsulotlari eksport qilindi. O'tgan yilga (2022-yil $ 6.0 mln dollar) nisbatan o'sish 5.5 barobarni tashkil etdi.

Respublikada umumiy miqdori 42 ming tonna mis xom-ashyosi qayta ishlandi. Bunda o'tgan yilga nisbatan o'sish surati 131.1 % ni qayd etdi.

"Investitsiyalar dasturi" doirasida umumiy qiymati $ 54.3 mln dollarlik investitsiya mablag'lari o'zlashtirildi. Shundan $ 27.1 mln dollarni to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar tashkil qiladi.

🇷🇺 Русский 🇺🇸 English

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #litiy #infografika #noyob_metallar

DUNYODA LITIY KONLARI ZAXIRASI HAQIDA BILASIZMI? BU O’ZBEKISTONDA QANCHA?

⚙️Litiy oq-kumush rang metall bo’lib , yumshoq va egiluvchan, natriydan qattiqroq , ammo qo’rg’oshindan yumshoqroq . Uni presslash va dumalab ishlov berish mumkin. Barcha ishqoriy metallardan litiy eng yuqori erish va qaynash temperaturasiga ega (mos ravishda 180,54 va 1340 ° S), u xona haroratida eng past zichlikka ega (0,533 g / sm³, suv zichligining deyarli yarmi ). 1817 yilda shved kimyogari A. Arfvedson tomonidan kashf qilingan.

🌐Dunyoda yirik litiy konlari Boliviya - 21 million tonna, Argentina – 19,3 million tonna, Chili – 9,6 million tonna, Avstraliya - 6,3 million tonna, Xitoy - 4,5 million tonna, Kongo (Kinshasa) - 3 million tonna, Germaniya - 2,5 million tonna, Kanada - 1,7 million tonna, Meksika - 1,7 million tonna, Chexiya - 1,3 million tonna, Mali - 1 million tonna, Rossiya - 1 million tonna, Serbiya - 1 million tonna, Zimbabve - 540 ming tonna, Braziliya - 400 ming tonna, Ispaniya - 300 ming tonna hissasiga to’g’ri keladi.

O‘zbekistonda ham yirik litiy konlari mavjud bo‘lib, ushbu metallni mamlakatda qazib olish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish bo'yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Tahlillarga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi «Shovvozsoy» litiy konining zaxirasi 123 ming tonnadan oshadi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #infografika #battery_production

🟢 Davlatlar kesimida batareyalar ishlab chiqarish hajmining ortishi (2022-2028)

➡️ Elektrotexnika sanoati mahsulotlariga talab ortib borishi bilan batareyalarga bo'lgan talab ham shiddat bilan ortishi kutilmoqda.

➡️ "BloombergNEF" tadqiqotiga ko'ra, litiy-ionli batareyalar ishlab chiqarish hajmi 8 barobarga ortadi. Xitoy ishlab chiqarishda o'z dominantligini nafaqat saqlab qoladi balki mustahkamlaydi ham.

➡️ Bunga uning batareya ishlab chiqarishdagi muhim materiallarni ishlab chiqarish (katod, anod) ustidan nazoratni saqlab qolishi sabab bo'ladi. Batareya ishlab chiqaruvchi 10 ta yirik korxonalardan 6 tasi bugungi kunda Xitoyda joylashgan.

➡️ 2027-yilga borib AQShda bataerya ishlab chiqarish hajmi 10 barobarga oshadi. 2022-yil holatiga ko'ra, batareya ishlab chiqarish sanoatidagi global o'yinchilar qatoriga Xitoy (77%), Polsha (6%), AQSh (6%) va boshqa davlatlar (11%) kiradi.

➡️ 2022-yilda ishlab chiqarilgan batareyalar umumiy hajmi 1,163 GWh (gigavatt-soat)ni tashkil etdi. 2027-yilga kelib ushbu ko'rsatkich 8,945 GWh ni tashkil etishi bashorat qilinmoqda.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #infografika #chip_making

🟢 Mikrochiplar qanday ishlab chiqariladi?

➡️ E'tiboringizga mikrochip ishlab chiqarish jarayonini o'zida ifoda etgan qiziqarli infografikani taqdim etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #eksport #subsidiya #infografika

🟢 Eksportyor korxonalarni qo'llab-quvvatlashga doir foydali ma'lumotlar

➡️ Elektrotexnika korxonalari o'z mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish hajmini kengaytirishi va eksport salohiyatini yuksaltirishi uchun hukumatimiz tomonidan bir qator yengilliklar yaratilgan. Xususan:

🔸 Mahalliy korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish bilan bog'liq xarajatlarning 50 foizi qoplab beriladi;

🔸 Xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda qatnashish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;

🔸 Qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha salbiy farq summasi tovarlarni eksport qilishda 3 kun ichida qaytariladi;

🔸 Xorijiy mamlakatlarga mahsulot eksport qilishning transport xarajatlari 50 foizi subsidiyalanadi;

🔸 Muvofiqlikni baholash organlarining xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari a'zosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar "Eksportni rag'batlantirish agentligi" tomonidan qoplab beriladi;

🔸 Tadbirkorlik subyektlari tomonidan tovarlar (maxsus turdagi tovarlardan tashqari), ishlar va xizmatlar eksportini shartnoma tuzmasdan hisobvaraq-fakturalar (invoyslar) asosida amalga oshirishda talab etiladigan oldindan to'lov miqdori 100 foizdan 50 foizga kamaytiriladi.

➡️ Eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilishda eksport shartnomasi, bojxona deklaratsiyasi, yuk xatlari nusxasi, sertifikat nusxasi va xizmatlar shartnomasi kabi hujjatlar taqdim qilinishi so'raladi. Bunda tadbirkorlar kompensatsiya uchun onlayn ariza berishlari mumkin.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #infografika #yarim_yillik

🟢 O'zbekiston elektrotexnika sanoatining 9 oylik faoliyati bo'yicha asosiy ko'rsatkichlar statistikasi (2023-yil yanvar-sentyabr)

➡️ 2023-yil yanvar-sentyabr oylarida O'zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan jami 16.7 trln so'mlik, 128 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarildi. O'tgan yilga nisbatan o'sish surati 125.5 % ni tashkil qildi.

➡️ Ushbu davrda sohaning eksport ko'rsatkichlari esa $725.4 mln dollarni tashkil qildi. Bunda 68 ta mamlakatga 94 ta eksportchi korxona (shulardan 17 tasi yangi eksportyor korxona) tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksport qilindi. O'tgan yilga nisbatan o'sish surati - 124.3%.

➡️ Chexiya, Fransiya, Misr, BAA kabi davlatlar bozori ushbu davrda o'zlashtirildi.

➡️ Respublikada umumiy miqdori 65,1 ming tonna mis xom-ashyosi qayta ishlandi.

➡️ "Investitsiyalar dasturi" doirasida umumiy qiymati $ 104.3 mln dollarlik investitsiya mablag'lari o'zlashtirildi. Shundan $ 55.6 mln dollarni to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar tashkil qiladi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Infografika #videoselektor

💻 INFOGRAFIKA

➡️ Prezidentimiz raisligida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilish uchun sharoitlarni yanada kengaytirish, xizmat ko‘rsatish va turizm sohalarini rivojlantirish bo‘yicha bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida belgilangan asosiy vazifalar.

Manba

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #infografika #statistika #2023

🟩🟩🟩🟩

⚙️ Oʻzbekistonda elektrotexnika sanoatining 2023-yildagi rivojlanish dinamikasi raqamlarda (infografika)

⚡️ 2023-yil yakuni bilan elektrotexnika sanoatidagi o'sish ko'rsatkichlari:

📈 Ishlab chiqarish

📈 Eksport

📈 Investitsiya

📈 Mahalliylashtirish

📈 Misni qayta ishlash

©️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi Axborot xizmati

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #infografika #qaror #elektrotexnika

🟢 “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Axborot xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-15 qarori bandlari boʻyicha tayyorlangan infografik maʼlumot eʼtiboringizga havola qilinmoqda.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #infografika #fakt #kun_raqami

📊 2024-yil yanvar-iyun oyida 560,3 mln.dollarlik elektrotexnika mahsulotlari eksport qilindi

📶 2024-yil yanvar-iyun oylarida elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan umumiy qiymati $560,3 million dollardan ortiq 630 turdagi mahsulotlar 72 ta mamlakatga eksport qilindi.

🇪🇺 “GSP+” imtiyozlaridan foydalangan holda Yevropa mamlakatlariga ham 💵40,2 mln dollarlik elektrotexnika mahsulotlari eksport qilingan.

🚚 Ushbu davrda ilk marotaba pul sanovchi mashinalar, quyosh panellari, uch fazali germetik transformatorlar, elektrodvigatellar, quyosh suv isitkichlari va moslashuvchan boshqaruv kabellari eksport qilindi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube  🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Infografika #Kazakhstan

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan Qozog‘iston Respublikasida tashkil etilgan Biznes-missiya to‘g‘risida MA’LUMOT

➡️ Joriy yilning 31-iyul - 1-avgust kunlari “O‘zeltexsanoat” uyushmasi rahbarligida sohada faoliyat yuritayotgan korxonalar bilan birgalikda Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “Home-Tech Electro” ko‘rgazmasi doirasida Biznes–missiya amalga oshirilgan edi.

➡️ Ma’lumot uchun: “Home-Tech Electro” ko‘rgazmasi maishiy texnika mahsulotlari yo‘nalishida Qozog‘istonda ilk marotaba tashkil etilgan bo‘lib, jami 83 ta kompaniya ishtirok etishgan.

➡️ Tadbirda sohada faoliyat yuritayotgan 10 dan ortiq korxona (“Premier Electrotech” MChJ, “Artel Electronics Manufacturing” MChJ, “Ideal Electro Lux” MChJ, “Sam Ferre” MChJ, “Elite Elektro Group” MChJ va “Artikul Aziya Kabel” MChJ, “Grand Technolog” MChJ, “Trinity Technology” MChJ) vakillari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

➡️ Ko‘rgazma doirasida korxonalar vakillari tomonidan o‘zlarining mahsulotlari va mavjud imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazdilar. Tadbirda Qozog‘iston Respublikasining 35 dan ortiq tadbirkorlari bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazildi.

➡️ Biznes missiya natijalariga ko‘ra 2024-2025 yillar davomida mahalliy elektrotexnika mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha (eksport) umumiy qiymati 6,7 mln dollarga teng bo‘lgan 2 ta yangi shartnoma imzolandi.

🔔 BATAFSIL»

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #infografika #statistika

⚡️ Oʻzbekistonda elektrotexnika sanoatining 2024-yildagi rivojlanish dinamikasi raqamlarda

📝Fb 📝 Tg 💻In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #infografika #loyihalar

⚡️ Hududlarda $ 515,5 mln dollarlik 85 ta loyiha amalga oshirildi

➡️ Mamlakatimiz elektrotexnika sanoati rivojida hududlarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar muhim ahamiyatga ega.

➡️ 2024-yil mobaynida republikamizning barcha hududlarida umumiy qiymati $ 515,5 mln dollarga teng 85 ta loyiha amalga oshirildi.

➡️ Buning natijasida 6108 ta yangi ish o'rinlari yaratilib, hududlar infratuzilmasi yaxshilandi.

➡️ Yakunlangan 2024-yilda hududlarda amalga oshirilgan loyihalar bo'yicha 2023-yilga ($ 191,5 mln doll.) nisbatan 2.7 barobar o'sish ko'rsatkichiga erishildi.

➡️ Mazkur loyihalar doirasida zamonaviy sim-kartalar, lazerda kesish uskunalari, mis shinalari, quyosh panellari uchun kabellar, turbokompressorlar, elektron o'lchov jihozlari, litiy-ionli batareyalar va boshqa ko'plab turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatlari yo'lga qo'yildi.

📝Fb 📝 Tg 💻In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #mahalliylashtirish #infografika

⚡️ 2024-yilda elektrotexnika sanoatida mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar

➡️ 2024-yilda Uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan 638,2 mln dollarlik import amalga oshirilgan bo‘lib, 2023-yilga nisbatan import 170,7 mln dollarga yoki 21,1 foizga kamaytirishga erishildi.

➡️ Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2024-yilda 24 ta loyihada qiymat 3 799,1 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan reja 128,0 foizga ortig‘i bilan bajarilib, 296,8 mln dollarlik import optimizatsiya qilinishiga erishildi.

➡️ Elektron kooperatsiya portali orqali 2024-yilda 1 549,3 mlrd so‘mlik mahsulotlar sotib olish va sotish bo‘yicha 3 940 ta shartnomalar imzolanib, qiymati 540,7 mlrd so‘mlik 2 886 ta shartnomalar doirasida mahsulotlar oluvchilarga to‘liq yetkazib berildi.

➡️ Shuningdek, Respublika va hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda Uyushma tarkibidagi korxonalar ishtiroki ta’minlanib, ushbu ko‘rgazmalar doirasida qiymati 568,2 mlrd so‘mlik 855 ta shartnomalar imzolanishiga erishildi.

➡️ Tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo‘yicha, Uyushma korxonalari (“O'zelektroapparat-Electroshield”, "Nura High Technologies" MChJ QK, “Techno Cable Group” MChJ, “Procab” MChJ) Masdar, ACWA POWER va “China Gezhouba Group” bilan 2023-2024-yillarda qiymati 510,5 mlrd so‘mlik (40,2 mln doll.) shartnomalar tuzilib, bugungi kunga qadar 440,6 mlrd so‘mlik (34,7 mln doll.) mahsulotlar xorijiy hamkorlarga yetkazib berildi.

📝Fb 📝 Tg 💻In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM