"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Turkiya #DAIICHI #Karel

🇹🇷 Turkiyaga tashrif: “DAIICHI Electronic” kompaniyasining yurtimizda avtomobillar uchun audio-radio qurilmalar ishlab chiqarish loyihasi taqdimoti o’tkazildi

➡️ Mamlakatimizda avtomobillar ishlab chiqarish, yangi quvvatlarni ishga tushirish hisobiga avtosanoat tarmog’ida elektrotexnika butlovchi qismlariga bo’lgan talab ortib bormoqda.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi ushbu yo’nalishda yangi investitsiya loyihalarni amalga oshirish bo’yicha yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar o’tkazmoqda.

➡️ Ayni kunlarda, uyushma raisi o’rinbosari Jahongir Jamalov boshchiligidagi vakillarimiz, “Eltech Industrial” texnoparki davlat muassasasi direktori Ilhomxo’ja Nabiyev Turkiyada xizmat safarida bo’lib turibdilar.

➡️ Safar mobaynida TurkiyaningDAIICHI Electronic” kompaniyasi va uning hamkori bo’lgan “Karel” kompaniyasiga tashrif uyushtirildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
➡️ #Turkiya #DAIICHI

🇹🇷 Turkiyaga tashrif: “DAIICHI Electronic” kompaniyasining yurtimizda avtomobillar uchun audio-radio qurilmalar ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi

➡️Bugun Turkiyaning Anqara shahrida boʻlib oʻtgan O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, "Oʻzeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov hamda Daiichi Electronics kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️Taʼkidlandiki, mamlakatimizda avtomobillar ishlab chiqarish, yangi quvvatlarni ishga tushirish hisobiga avtosanoat tarmog’ida elektrotexnika butlovchi qismlariga bo’lgan talab ortib bormoqda.

➡️“O’zeltexsanoat” uyushmasi ushbu yo’nalishda yangi investitsiya loyihalarni amalga oshirish bo’yicha yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar o’tkazmoqda.

🇹🇷Bosh ofisi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan DAIICHI Electronic” kompaniyasi dunyo avtomobilsozlik sanoatiga elektronika tizimlari yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyadir.

➡️2002-yilda tashkil etilgan kompaniya dunyoning yetakchi avtomobilsozlik kompaniyalari bilan hamkorlik qilib keladi. Xususan, Ford, Volkswagen, Mitsubishi, Hyundai, Suzuki, Fiat va boshqalar shular jumlasidan.

➡️Kompaniya Android va Bluetooth kabi eng so‘nggi smartfon ulanishlarini qo‘llab-quvvatlaydigan avtomobil ko‘ngilochar tizimlari bo‘yicha ilg‘or yechimlari bilan mashhur.

➡️Uchrashuv davomida avtomobillar uchun elektron komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, ushbu sohadagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube  🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kooperatsiya #DAIICHI

⚡️ Turkiyaning "DAIICHI" kompaniyasi yurtimizda yangi loyihani amalga oshirish istagida

➡️ Bugun ham Toshkentda "Respublika hududlararo sanoat yarmarkasi" o'z ishini davom ettiradi.

➡️ Mazkur ko'rgazmada Turkiyaning "DAIICHI" kompaniyasi ham o'z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

➡️ Ushbu korxona yurtimizda avtomobillar uchun multimedia vositalarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish taklifini bildirgan.

➡️ Bu kabi butlovchi qismlarni ishlab chiqarish orqali elektrotexnika va avtomobilsozlik sanoatlarida mahalliylashtirish darajasi sezilarli oshadi.

➡️ Kompaniyaning biznesni rivojlantirish bo'yicha direktori Doruk Kara mamlakatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha va mahalliy elektrotexnika sanoatidagi o'zgarishlar borasida "O'zbekiston 24" telekanaliga intervyu berdi.

➡️ Mazkur intervyuni e'tiboringizga havola etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM