➡️ #jihozvent
#kooperatsiya
⚡️ “Jihozvent” korxonasi va “O’zbekneftgaz” AJning Qashqadaryodagi yirik neft-gaz kompaniyalari o’rtasida kooperatsiya uchrashuvlari tashkil etildi➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalarini qo’llab-quvvatlash, turli tarmoq korxonalari bilan
kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo’yicha muntazam ishlar olib boriladi.
➡️ Xususan, uyushmaga a’zo
“Jihozvent” korxonasi mas’ullari va uyushma xodimlari ushbu maqsadda
Qashqadaryo viloyatida bo’ldilar.
➡️ Tashrif mobaynida
“UzGTL”, “Sho’rtan” GKM, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”, “Sho’rtan Neft-Gaz” MChJ kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari mutasaddilari bilan muzokaralar o’tkazildi.
➡️ Ushbu muzokaralarda
“Jihozvent” korxonasi faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari, sifati va boshqa jihatlar haqida
batafsil ma’lumotlar berildi.
🔔 BATAFSIL»
🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw