"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #hamkorlik #Belarus

🟢 Belarusning "Integral" kompaniyasi bilan mikroelektronika sohasida muzokara

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Rossiyaning Sochi shahrida Yevrosiyo Hukumatlararo Kengashi va MDH Hukumat rahbarlari kengashining majlislari boʻlib oʻtmoqda. Bu uchrashuvlar doirasida tashkil etilgan "Yevroosiyo - bizning uyimiz" xalqaro koʻrgazmasida "Oʻzeltexsanoat" uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari M.Xashimov  Belarus Respublikasining “Integral” xolding kompaniyasi rahbari bilan ham uchrashuv oʻtkazdi.

“Integral” xoldingi MDH va Sharqiy Yevropadagi mikroelektronikaga ixtisoslashgan yirik ilmiy-ishlab chiqarish majmualaridan biri hisoblanadi. Uning mahsulotlari Hindiston, Xitoy, Koreya Respublikalari, Norvegiya, Buyuk Britaniya kabi 27 ta davlatga yetkazib berilmoqda. Asosiy isteʼmolchi – Rossiya boʻlib, bu elektron komponentlar bozorining 24,6 foizini egallaydi. Rossiya Federatsiyasiga yillik yetkazib berish hajmi 90 million dollardan oshadi.

Uyushma raisining birinchi oʻrinbosari M.Xashimov mikroelektronika, yarimoʻtkazgichlar yoʻnalishida Oʻzbekistonda ham yirik klaster loyihalari boshlanganini va bu borada xalqaro tajriba muhimligi, shuningdek katta salohiyatga ega “Integral” kompaniyasi bilan ham hamkorlik aloqalari oʻrnatish lozimligini alohida taʼkidladi.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#forum #samarqand #belarus #hamkorlik

🇺🇿🇧🇾Samarqandda Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi, shuningdek, Oʻzbekiston-Belarus biznes forumi bo'lib o'tdi

➡️Yuzdan ortiq kompaniya o'z yutuqlarini taqdim etgan ushbu forumda “O’zeltexsanoat” uyushmasi va unga a’zo korxona vakillari ham ishtirok etdi.

🇧🇾Bosh vazir Roman Golovchenko boshchiligidagi Belarusь Respublikasi delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirlar mamlakatlarimiz iqtisodiy salohiyati va ko‘p qirrali o‘zaro hamkorligi ko‘lamini yaqqol namoyon etdi.

🤝B2B formatdagi muloqot chog‘ida ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida elektrotexnika sanoati ham sanab o‘tildi. Uyushma mas’ul xodimlari bir qator Belarus kompaniyalari bilan muzokara olib bordilar. Bu uchrashuvlar ikki tomon biznes vakillariga o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etish, eksport salohiyati va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashish imkonini yaratdi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенко 7-9 февраль кунлари расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Республики Беларусь Александр Лукашенко 7-9 февраля посетит нашу страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#forum #belarus #hamkorlik

🇺🇿🇧🇾Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston va
Belarus hududlararo ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi.

➡️Ikki davlat delegatsiyalariga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xodjaev va Belarus Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Leonid Zayats boshchilik qildi.

➡️Forumda talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish va yangi istiqbolli bozorlarni oʻzlashtirishga qaratilgan ikki mamlakat hududlari oʻrtasida sarmoyaviy hamkorlik va savdo aloqalarini rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

➡️O‘zaro tashriflar, investitsiya forumlari, ko‘rgazmalar, ishbilarmonlar uchrashuvlari, savdo uylari tashkil etish, iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

➡️Tadbir yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat hududlarining O‘zaro tashriflari jadvali, hududiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator ikki tomonlama kelishuvlar, shuningdek, mustahkam sarmoyaviy bitimlar va savdo shartnomalari to‘plami qabul qilindi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Кўксарой қароргоҳида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев таклифига биноан мамлакатимизда расмий ташриф билан бўлиб турган Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенкони расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.

В резиденции «Куксарой» состоялась церемония официальной встречи Президента Республики Беларусь Александра Лукашенко, пребывающего в нашей стране с официальным визитом по приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.

#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Belarus #RIPO

⚡️ Belarus Respublikasi bilan kadrlar tayyorlash bo’yicha hamkorlik masalasi muhokama qilindi

➡️ Rivojlanib borayotgan yurtimiz elektrotexnika sanoatida bugun har qachongidan ham sifatli kadrlarga talab ortgan.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi soha uchun sifatli kadrlar tayyorlash bo’yicha xorijiy davlatlar, tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan.

➡️ Xususan, bugun “O’zeltexsanoat” uyushmasiga Belarus Ta’lim vazirligi, Respublika kasb-hunar ta’limi instituti (RIPO) rahbariyati vakillari tashrif buyurdilar.

➡️ Tashrif doirasida “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Belarus Respublikasi kasb-hunar ta’limi instituti rektori Valeriy Golubovskiy bilan hamkorlik masalalarini muhokama etdilar.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #belarus #biznes_forum

⚡️ O’zbekiston-Belarus ikkinchi ayollar forumi doirasida elektrotexnika sohasi bo’yicha hamkorlik muloqoti bo’lib o’tdi

➡️ Joriy yilning 26-27-avgust kunlari poytaxtimizda Ikkinchi O’zbekiston-Belarus ayollari biznes-forumi bo’lib o’tmoqda.

➡️ Kuni kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasida “Elektrotexnika, elektroenergetika va yashil energetika sohalarida O’zbekiston Belarus savdo aloqalarini rivojlantirishning istiqbollari” mavzusida seksiya tashkil etildi.

➡️ Mazkur uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish va ekologiya qo’mitasi raisi Boriy Alixanov, Belarus Respublikasi Energetika vaziri o’rinbosari Olga Prudnikova, “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi o’rinbosari Faridun Abdualimov, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, ishbilarmonlar ishtirok etdilar.

➡️ Seksiya doirasida o’zaro istiqbolli hamkorlik aloqalari, investitsiyalar, tajriba almashish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo’yicha ishtirokchilar taqdimotlar qildilar.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #belarus #biznes_forum

⚡️ NOCOMMENT

➡️ E'tiboringizga “Oʻzeltexsanoat” uyushmasida O’zbekiston-Belarus ikkinchi ayollar forumi doirasida tashkil etilgan elektrotexnika sohasi bo’yicha hamkorlik muloqotiga oid videokontentni taqdim etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #belarus #biznes_forum

🟢Belorus tadbirkor ayollari elektrotexnika mahsulotlariga katta qiziqish bildirdi

➡️Xabaringiz bor, Toshkent shahrida Ikkinchi Oʻzbekiston-Belorus ayollari biznes-forumi yuqori saviyada boʻlib oʻtdi.

➡️Mazkur forum doirasida "O'zekspomarkaz" ko'rgazmalar saroyida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

➡️Respublikamizning boshqa yetakchi sanoat tarmoqlari qatori elektrotexnika sanoati korxonalari mahsulotlari ham ushbu ko'rgazmada namoyish qilindi. Ushbu koʻrgazmaga tashrif buyurgan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanovalar milliy elektrotexnika sanoati stendidan o'rin olgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar.

➡️Mazkur tadbir doirasida ikki mamlakat rasmiy va ishbilarmon doira vakillari o'zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, tajriba almashish bo'yicha muzokaralar olib bordilar.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM