"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.56K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.52K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
👉 #ishchi_guruh #Andijon_viloyati

📣 AVTOMOBILSOZLIK KORXONALARI BILAN KOOPERATSIYA ALOQALARINI KENGAYTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI

Ayni paytda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi Ishchi guruh Andijon viloyatidagi elektrotexnika sanoati korxonalarining ishlab chiqarish jarayoni va 2023-yilda ishga tushadigan yangi loyihalarning mavjud holati yuzasidan oʻrganishlar olib bormoqda.

Viloyatning Xonobod shahrida joylashgan “UzKodji” Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasi tomonidan “Avtomobillarga har xil turdagi kabel mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish” loyihasi doirasida qilinayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ishchi guruh a'zolari ushbu korxonaga tashrif buyurdilar.

🔎 BATAFSIL »

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐Facebook 🌐Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#elektrotexnika #ishchi_guruh #qaror

Elektrotexnika bo‘yicha Ishchi guruh rahbari “O‘zeltexsanoat” uyushmasi faoliyati bilan tanishdi


➡️Bugun Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari, Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha Ishchi guruhi rahbari Axadbek Xaydarov “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan faoliyatlar bilan yaqindan tanishdi.

➡️Uchrashuv davomida Davlatimiz rahbarining 2024 yil 10 yanvardagi “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–15-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, ularni amalga oshirish mexanizmi va boshqa muhim topshiriqlar muhokama qilindi.

➡️Shuningdek, Uyushma huzurida tashkil etilgan “Eltech-Lab» MChJ sinov laboratoriyasi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Bu yerda hozir kabel-sim mahsulotlarining alanga tarqalishini baholash, undan ajralib chiqadigan zaharli moddalar zichligi va galogen kislotalar miqdorini aniqlash kabi 50 dan ortiq ko‘rsatkich bo‘yicha turli sinovlar o‘tkazilmoqda.

➡️Shu bilan birga, Ishchi guruh rahbari elektrotexnika sanoati korxonalari malakasini oshirish va baholash bo‘yicha “Eltech-Malaka” o‘quv markazi hamda Loyihalash va injiniring markazi — «Eltexenergoloyiha» faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, uni sifat jihatidan yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6