"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.56K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.52K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #qaror #elektrotexnika

“Eltech Industrial” технопаркига 214 гектар ер майдони ажратилади


“Электротехника саноатининг ишлаб чиқариш ва экспорт салоҳиятини янада оширишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–15-сон, 10.01.2024 й.) қабул қилинди.

"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси раиси ўринбосари Ж.Жамаловнинг сўзларига кўра, қарор билан “Ohangaron Tech Industrial” технопарки номи “Eltech Industrial” технопаркини бошқариш дирекцияси” давлат унитар корхонасига ўзгартирилди.

📍Шу муносабат билан Дирекцияга доимий фойдаланиш ҳуқуқи асосида қўшимча 214 гектар ер участкалари ажратилди.

Жумладан:

➡️Тошкент вилояти Оҳангарон тумани ҳудудидан – 200 гектар
➡️Урганч шаҳри “Ал-Хоразмий” мажмуаси ҳудудидан – 4 гектар
➡️Фарғона шаҳри Эко шаҳар ҳудудидан – 10 гектар қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкалари

Хусусан, Оҳангарон туманида амалга оширилаётган ишлар ҳақида маълумот берилган.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#elektrotexnika #ishchi_guruh #qaror

Elektrotexnika bo‘yicha Ishchi guruh rahbari “O‘zeltexsanoat” uyushmasi faoliyati bilan tanishdi


➡️Bugun Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari, Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha Ishchi guruhi rahbari Axadbek Xaydarov “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan faoliyatlar bilan yaqindan tanishdi.

➡️Uchrashuv davomida Davlatimiz rahbarining 2024 yil 10 yanvardagi Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–15-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, ularni amalga oshirish mexanizmi va boshqa muhim topshiriqlar muhokama qilindi.

➡️Shuningdek, Uyushma huzurida tashkil etilgan “Eltech-Lab» MChJ sinov laboratoriyasi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Bu yerda hozir kabel-sim mahsulotlarining alanga tarqalishini baholash, undan ajralib chiqadigan zaharli moddalar zichligi va galogen kislotalar miqdorini aniqlash kabi 50 dan ortiq ko‘rsatkich bo‘yicha turli sinovlar o‘tkazilmoqda.

➡️Shu bilan birga, Ishchi guruh rahbari elektrotexnika sanoati korxonalari malakasini oshirish va baholash bo‘yicha “Eltech-Malaka” o‘quv markazi hamda Loyihalash va injiniring markazi — «Eltexenergoloyiha» faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, uni sifat jihatidan yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6