"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
#hamkorlik
#korea

🇰🇷🇺🇿 КОРЕЯДАГИ МУЛОҚОТЛАР АМАЛИЙ ИШЛАРГА ҚАРАТИЛМОҚДА
⚡️300 МВт қуёш панелларини Ўзбекистонда ишлаб чиқариш бўйича техник иқтисодий асоснинг лойиҳалари якуний муҳокамадан ўтмоқда.

📚Иқтисодий инновациялар бўйича ҳамкорлик дастури (EIPP) доирасида Инвестициялар ва ташқи савдо вазирлиги ҳузуридаги Инвестиция лойиҳаларини ишлаб чиқиш маркази директорининг биринчи ўринбосари М. Мирзаев, “Ўзэлтехсаноат” уюшмаси раиси биринчи ўринбосари М.Хашимов , “Mirsolar” АЖ директори А. Мирзабаев, "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси масъул ходимлари З.Камалов, М.Мирисхаковлар Корея Эксимбанки ва Халқаро PWC компаниясининг Кореядаги бўлинмаси раҳбарлари билан ТИАнинг сўнгги муҳокамаларида иштирок этмоқда.

📝Лойиҳанинг ҳар бир банди босқичма-босқич чуқур таҳлилдан ўтказилди. ТИАнинг мақсад ва вазифалари, амалга ошириладиган навбатдаги режалари қизғин муҳокама қилинди.

❗️Маълумки, Корея Эксимбанки молиявий манбалари ҳисобидан Корея PWC компанияси Ўзбекистонда қуёш панеллари ишлаб чиқаришни йўлга қўйиш мақсадида техник иқтисодий асосни ишлаб чиқариб, унинг дастлабки ҳисоботини тайёрлаган эди. ТИА ишлари якуний босқичга етиб, эндиликда уни амалиётга татбиқ этиш ва кутилаётган натижалари устида ишланмоқда.

✍️✔️Шунингдек, ташриф давомида Ўзбекистон ва Кореянинг қуёш панеллари ишлаб чиқариш йўналишидаги йирик компаниялари билан тор доирада бир қатор учрашувлар бўлиб ўтди.
➡️ #Korea #cooperation

🟢 Dunyodagi yirik xotira chiplari va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri bilan hamkorlik muhokama qilindi

➡️ Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi.

➡️ Delegatsiya tarkibida bo‘lib turgan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari Mansur Xashimov bir qator yirik kompaniya hamda tashkilot rahbarlari bilan muzokara olib bormoqda.

➡️ Tashrif doirasida dunyo xotira chiplari bozorida ikkinchi o‘rinda turuvchi Inchon shahrida joylashgan yirik “SK hynix” kompaniyasi Prezidenti Kim Dong Sop bilan hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.

🕐 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇺🇸 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Korea #business_forum

🇺🇿🇰🇷O‘zbekiston-Koreya biznes-forumida yurtimiz elektrotexnika sanoati taqdimot qilindi

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi Janubiy Koreyada bo’lib turibdi. Bugun tashrif doirasida Koreyaning Seul shahrida O‘zbekiston-Koreya biznes forumi bo’lib o’tdi.

Forumda iqtisodiyotning muhim “drayver" tarmoqlari qatori O’zbekiston elektrotexnika sanoatining bugungi istiqbollari, oxirgi yillarda erishilgan yutuqlari, sohaning o’sish ko’rsatkichlari, xalqaro brendlarning jalb etilishi, Koreya kompaniyalari ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari yuzasidan “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi birinchi o’rinbosari Mansur Xashimov taqdimot qildi.

🕐 BATAFSIL

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #tizer #intervyu #korea

🟢 TIZER. Koreyalik ekspert bilan suhbat

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi va Janubiy Koreyaning EIPP dasturi doirasida yurtimizda yarimo'tkazgichlar klasterini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

➡️ Biz ushbu klasterni yaratish ishlari, uning dolzarbligi va biznes uchun yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar haqida xalqaro ekspert, Janubiy Koreya iqtisodiyot va moliya vazirligi EIPP dasturining yurtimizdagi bosh maslahatchisi janob Chang Younghoon ishtirokida intervyu tashkillashtirdik.

➡️ Ushbu intervyuni tez kunlarda e'tiboringizga havola etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #LS_Group #Korea

🟢 Koreyaning “LS Group” xoldingi bilan muzokaralar olib borildi

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasiga Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalaridan biri bo’lmish “LS Group” vakillari tashrif buyurdilar.

➡️ Uyushma raisining birinchi o’rinbosari Mansur Xashimov xorijiy kompaniya ma’sullari bilan muzokaralar olib bordi.

➡️ Muzokaradan ko’zlangan asosiy maqsad, “LS Group” kompaniyasi va mamlakatimiz elektrotexnika sanoati o’rtasidagi istiqbolli hamkorlik aloqalarini muhokama qilish bo’ldi.

🗣 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Korea #cooperation

🟢 Janubiy Koreya kompaniyalari bilan hamkorlik muhokama qilindi

➡️ Janubiy Koreya – O’zbekistonning strategik savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri. Buni ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari o’rtasidagi rivojlanib borayotgan aloqalardan ham bilsa bo’ladi.

➡️ Xususan, Toshkent shahridagi “HYATT Regency” mehmonxonasida ikki davlat biznes olami vakillari o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga qaratilgan biznes-uchrashuv bo’lib o’tdi.

➡️ “Bussiness Meeting Asia 2023” nomli biznes-uchrashuvda Janubiy Koreyaning “Samjin Precision”, “Ninano”, “Yujintech” kabi yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi ma’sul xodimlari ham ushbu tadbirda faol ishtirok etib, bir necha koreys kompaniyalari bilan istiqbolli hamkorlik takliflarini muhokama etdilar.

🗣 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM