➡️ #OKMK #kooperatsiya
🟢 OKMK AJ va uyushma korxonalari o’rtasida kooperatsiya aloqalarini o’rnatish ishlari olib borilmoqda
➡️ Mamlakat iqtisodiyotida
kukun metallurgiyasi asosida ishlab chiqariladigan elektrotexnika qurilmalarining butlovchi qismlarini mahalliylashtirish muhim vazifa hisoblanadi.
➡️ Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazining
2030-yilgacha bo’lgan rivojlanish dasturiga ko’ra, kukun metallurgiyasi asosida ishlab chiqariladigan murakkab shakldagi detallarni ishlab chiqarish jarayonlarini yo’lga qo’yish maqsad qilingan.
➡️ Bu detallar esa mahalliy korxonalarda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishda o’ta
kerakli toifa hisoblanadi.
➡️ Ushbu muvofiqlik nuqtayi nazaridan, mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalarining ushbu mahsulotlarga bo’lgan talablarini,
OKMK AJ Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi va
«O’zeltexsanoat» uyushmasi korxonalari o’rtasida kooperatsiya aloqalarini o’rnatish istiqbollarini o’rganish maqsadida, uchrashuv tashkil etildi.
➡️ BATAFSIL»
🇺🇿 O'zbekcha
🇷🇺 Русский
🇺🇸 English
📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw