"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.5K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.53K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #IFA_Berlin_2025

⚡️Elektrotexnika sanoati korxonalari diqqatiga!


➡️ 2025-yil 5–9-sentabr kunlari Germaniyaning Berlin shahrida dunyodagi eng yirik maishiy texnika ko‘rgazmasi — IFA Berlin 2025 bo‘lib o‘tadi.

➡️ IFA — bu har yili 200 000 dan ortiq tashrif buyuruvchilar, 2 000 dan ziyod kompaniyalar ishtirok etadigan, global darajadagi №1 texnologik tadbir hisoblanadi.

➡️ Mazkur nufuzli tadbirda “Made in Uzbekistan” brendi ostida markazlashgan milliy stend tashkil etilib, elektrotexnika sanoatining yetakchi korxonalari ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

➡️ O‘z mahsulotlaringizni jahon bozoriga olib chiqish va yangi hamkorliklar aloqalarini o‘rnatish uchun ushbu ko‘rgazmada ishtirok etish imkoniyatini boy bermang!

➡️ Ishtirok etish bo‘yicha murojaat uchun:
+99897-700-50-00 | +99871-207-44-66 (711)

🌐 Ko'rgazma rasmiy veb-sayti: www.ifa-berlin.com

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Yashil_belgi

⚡️ “Yashil” davlat xaridlarini qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi


➡️ “Yashil” davlat xaridlarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (371-son, 18.06.2025 y.) qabul qilindi.

➡️ Qarorga koʻra, davlat xaridlarini amalga oshirishda "yashil" davlat xaridlari tizimi joriy etiladi hamda "yashil" davlat xaridlari ulushi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich 30 foizga yetkaziladi.

➡️ 2026-yil 1-yanvardan davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlardagi xarid qilish hujjatlariga majburiy tartibda kiritiladi.

➡️ Bunda:

ekologik markirovkalash hujjatining har bir turi uchun toʻplangan ballarning 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi;

ishtirokchi taklifining ushbu mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini xarid qilish tartib-taomilidan chetlatish uchun asos boʻlmaydi.

➡️Bundan tashqari, davlat buyurtmachilarining 2026-yil uchun davlat xaridi bilan bogʻliq xarajatlarda “yashil” davlat xaridlari ulushini kamida 15 foizga yetkazishi, ushbu koʻrsatkichni har yili kamida 5 foizga oshirib borish boʻyicha choralar koʻrishi belgilandi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
➡️ #Qaror_muhokamasi

⚡️ Soliq qo‘mitasida qaror talablari bo‘yicha amaliy uchrashuv o‘tkazildi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan Davlat soliq qo‘mitasida navbatdagi amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qo‘mita vakillari bilan birgalikda uyushmaga a’zo yirik elektrotexnika ishlab chiqaruvchilari — “Artel Electronics Manufacturing” va TEXNOPARK korxonalarining vakillari ishtirok etdi.

➡️ Uchrashuv davomida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi 263-sonli qarori — “Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish hamda undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat talablari muhokama qilindi.

➡️ Shuningdek, yig‘ilish davomida bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirishda mahsulotlarning identifikatsion kodi asosida aniqlash mexanizmlari Soliq qo‘mitasi mutasaddilari tomonidan korxona vakillariga batafsil tushuntirib berildi.

➡️ Tadbir doirasida ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining amaliy savollarini berdi, mavjud muammolar va yechimlar muhokama qilindi. Qaror ijrosini to‘g‘ri tashkil etish, imtiyozlardan to‘liq foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar taqdim etildi.

➡️ Ushbu uchrashuv elektrotexnika sanoatida mahalliylashtirishni jadallashtirish va soliq-boshqaruv tizimidagi yangi mexanizmlarni ishlab chiqaruvchilarga samarali tushuntirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #kasbiy_standart

⚡️Elektrotexnika sohasi bo’yicha Kasbiy standartlar Germaniya tajribasi asosida ishlab chiqiladi


➡️Shu kunlarda “O’zeltexsanoat” uyushmasi huzuridagi “Elektrotexnika va mashinasozlik sanoati sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi” Ishchi guruhi Germaniyaning “GIZ” xalqaro tashkiloti ekspertlari bilan birgalikda “Tibbiy texnikani montaj qilish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash” yo’nalishida kasbiy standartlarni ishlab chiqmoqda.

➡️Mazkur masalaga bag’ishlangan ishchi uchrashuv Toshkent shahridagi raqamli rentgen diagnostika uskunalari ishlab chiqaruvchi “TCMT” qo’shma korxonasida bo’lib o’tdi. Unda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti mutaxassislari hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ekspertlari ishtirok etib, ushbu kasb standartlarini Yevropa talablariga moslashtirish va xalqaro hamjamiyat tan oladigan yuqori mezonlar asosida uyg’unlashtirishga e'tibor qaratilishi muhokama qilindi.

➡️Ta’kidlandiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-345-son qaroriga asosan “O’zeltexsanoat” uyushmasi yil yakunigacha tarmoqqa aloqador bo’lgan 10 dan ortiq kasbiy standartlarni ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etish bo’yicha mas’ul tashkilot hisoblanadi.

➡️Bundan tashqari, Uyushma tashabbusi bilan TCMT qo’shma korxonasi huzurida Toshkent davlat texnika universitetining “Biotibbiyot muhandisligi” kafedra filiali tashkil etilgan. Endilikda kasbiy standartlarni ishlab chiqishda universitetning professor-o’qituvchilari ham keng jalb etiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Hayotingizning eng muhim qarori – nimaga e’tibor berishni tanlashingizdir.


MARK MENSON

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 06-iyul kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
➡️ #hafta_dayjesti #uzeltexsanoat

🟢 "O'zeltexsanoat" uyushmasi o'tgan hafta ichida (30-iyun - 5-iyul, 2025-yil)

➡️ "Eltechlab" laboratoriyasida o'tkazilgan kabel-sim mahsulotlari sinovi jarayonlari

➡️ "Euronews" media-xoldingining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining tantanali ochilish marosimi

➡️ “Envision Group” bilan hamkorlik yo‘lida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi

➡️ Elektrotexnika korxonalari diqqatiga! "AQUATHERM ALMATY 2025"

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasidan yangi loyiha: Tashqi savdoda bilim va salohiyatni oshirish bo'yicha ekslyuziv o'quv dasturi tashkil etiladi

➡️ “STP Global Cable” korxonasiga tashrif: elektrotexnika sohasidagi hamkorlik amaliy bosqichda

➡️ “TEXNOPARK”da yangi avlod kir yuvish mashinalarining texnik sinoviga Yevropalik muhandis-texnologlar jalb etilgan

➡️ "Eltech-malaka" o‘quv markazida kechki kurslar uchun tinglovchilar qabuli boshlanmoqda

➡️ 2025-yil 5–9-sentabr kunlari Germaniyaning Berlin shahrida o'tkaziladigan — "IFA Berlin 2025" xalqaro ko'rgazmasida yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari ishtirok etadi

➡️ “Yashil” davlat xaridlarini qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi

➡️ Soliq qo‘mitasida qaror talablari bo‘yicha amaliy uchrashuv o‘tkazildi

➡️ Elektrotexnika sohasi bo’yicha Kasbiy standartlar Germaniya tajribasi asosida ishlab chiqiladi

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #YamanKoc #export

⚡️ "GO GLOBAL" - “O‘zeltexsanoat” uyushmasidan yangi loyiha: Tashqi savdoda bilim va salohiyatni oshirish imkoniyati!


➡️ Tashqi savdo, eksport yo'nalishida kadrlar malakasini oshirishni xohlovchi korxonalar diqqatiga!

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Turkiyaning TOP-5 talikdagi eng nufuzli konsalting kompaniyalaridan biri – “Yamankoc Danışmanlık” bilan hamkorlikda eksport yo‘nalishida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni beruvchi eksklyuziv o‘quv dasturini tashkil etmoqda.

➡️ Treningni kim o‘tkazadi?

➡️ Yaman Koç - Turkiyaning tashqi savdo va marketing bo‘yicha 25 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro darajadagi ekspert. Yaman Koç Yevropa va Turkiyaning yuzlab kompaniyalari uchun tashqi savdo tahlil tizimlari, strategik rejalashtirish, bozorga chiqish modellarini yaratgan. O‘zbekistonning yirik kompaniyalari bilan ishlash tajribasiga ega.

➡️ Dastur taqvimi:

14–iyul - 01-avgustgacha – Toshkentda nazariy mashg‘ulotlar

11–15 avgust – Anqara (Turkiya) shahrida amaliyot va diplom topshirish marosimi


➡️ Dastur quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

Mahsulotlar va TIF TN kodlari bilan to'g'ri ishlash;

Maqsadli bozor matritsasini tuzish;

Bozorlarni saralash va aniqlashtirish;

Mijoz turlarini segmentatsiya qilish;

Mijozlar bazasini tuzish va tahlil qilish;

Raqobatchilarni aniqlash va baholash;

Eksport strategiyasini ishlab chiqish.


➡️ Batafsil ma’lumot: yamankoc.com

☺️ Qo`shimcha malumotlar uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+99897-744-22-44 | +99871-207-44-66 (711)

‼️ Ishtirokchilar soni cheklangan! Ro'yxatdan o'tishning so'ngi kuni 10-iyul. Dasturda ishtirok etishni istagan korxonalar imkon qadar ertaroq ro‘yxatdan o‘tishlari tavsiya etiladi.

📍 Manzil: “O‘zeltexsanoat” uyushmasi binosi, 3-qavat, Eltech malaka o'quv markazi. (geolokatsiya)

🟢 Eslab qoling: bilimli va strategik fikrlovchi kadr – har qanday kompaniya muvaffaqiyatining kalitidir.
Eksportda raqobatbardosh bo‘lish uchun birinchi qadamni bugun tashlang!


🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Lifehack #export

⚡️ Elektrotexnika korxonalariga eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar


➡️ Elektrotexnika mahsulotlarini xorijga eksport qilmoqchi yoki mavjud eksport hajmini oshirishni istayotgan korxonalar uchun bosqichma-bosqich foydali tavsiyalarni o‘z ichiga olgan "lifehack" tayyorlandi.

➡️ Ushbu yo‘l-yo‘riqlarda mahsulotni xalqaro standartlarga moslashtirishdan tortib, onlayn savdo platformalarida ishtirok etish, davlat qo‘llab-quvvatlovlaridan foydalanish va tenderlarda qatnashishgacha bo‘lgan barcha asosiy jihatlar qamrab olingan.

‼️ BATAFSIL»

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👌1
➡️ #Kooperatsiya #hamkorlik

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan strategik hamkorlik yo‘lida yana bir muhim uchrashuv amalga oshirildi


➡️ Samarqand viloyatida joylashgan “Sam-Ferre” korxonasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unga “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchi korxonalar uyushmasi raisi tashrif buyurdi.

➡️ Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad - Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchi korxonalar uyushmasi a'zolari bo'lgan International Beverages Tashkent (Pepsi), Chortoq Mineral Water, Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan Ltd, Family Group, Gorilla Energy Uzbekistan, Ricomel Beverages va Navruz International Corp kabi yirik korxonalarga "Sam-Ferre" korxonasida ishlab chiqarilayotgan "Kleo" va "Ferre" brendi ostidagi vitrinali sovutgichlarni yetkazib berish imkoniyatlarini o'rganishdan iborat bo'ldi.


➡️ Tashrif davomida mehmonlar “Sam-Ferre” korxonasida vitrinali sovutgichlarning ishlab chiqarish jarayoni, ularning mahalliylashtirilgan butlovchi qismlar bilan to‘liq ta’minlanish darajasi va sifat hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi bilan bevosita tanishdilar.

➡️ Ushbu uchrashuv ichki ishlab chiqaruvchilar bilan yirik iste’molchilar o‘rtasidagi kooperatsion aloqalarni mustahkamlash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ulushini oshirish va mahalliy sanoatni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bunday tashrif va muloqotlarni doimiy asosda tashkil etib, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni yangi bozorlarga olib chiqish, ularning mahsulotlarini kooperatsiya asosida mahalliy yirik xaridorlarga yetkazib berish orqali tarmoq integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

➡️ Mazkur tashrif ham sanoat tarmoqlari o‘rtasida amalda hamkorlik ko‘priklari qurilayotganidan dalolat beradi.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#Uzeltexsanoat #BlessedMegaService #Partnership #export #investitsiya #Tashkent

#UZELTEXSANOAT yangi a'zo - "Blessed Mega Service" korxonasini a'zolikka qabul qiladi


➡️ "Blessed Mega Service" korxonasi 2010-yilda tashkil etilgan.

➡️ Hozirgi kunda korxona Toshkent shahridagi hududda elektrotexnika mahsulotlari uchun xomashyo ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.

➡️ Mazkur korxona "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo sifatida qabul qilindi.

➡️ #BlessedMegaService korxonasini yurtimiz elektrotexnika sanoatining yetakchi kompaniyalarini birlashtirgan "O'zeltexsanoat" uyushmasi tarkibida ko'rishdan mamnunmiz.

➡️ Uyushma #BlessedMegaService korxonasini vakolat doirasida har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi.


📍"Blessed Mega Service" korxonasi yuridik manzili - geolokatsiya

🖥 Korxona haqida: ma'lumot

#Uzeltexsanoat #BlessedMegaService #Partnership #Membership #NewMember #export #investitsiya #Tashkent #uzbekistan

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Muvaffaqiyat — bu oxirgi natija emas, mag‘lubiyat ham halokat emas. Muhimi — davom etish jasoratidir.


UINSTON CHERCHILL

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯3👍1
➡️ #london_metall_birjasi

📊 07-iyul kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM