"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.5K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.53K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Standart

⚡️ Milliy standart loyihasi muhokama qilindi

➡️ O‘zbekiston standartlar institutida "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ul xodimlari ishtirokida "O‘zMSt ___:2025 “Maishiy va boshqa energiya iste’mol qiluvchi qurilmalar energiya samaradorligini tamg‘alash bo‘yicha umumiy talablar” milliy standarti loyihasi yuzasidan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Mazkur loyiha orqali energiya samaradorligi bo‘yicha iste’molchilarni aniqlik va ishonchlilik tamoyillariga asoslangan ma’lumotlar bilan ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar uchun yagona texnik talablarga rioya etilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

➡️ Yig‘ilish davomida loyihaning asosiy texnik parametrlari, hisoblash uslublari hamda tamg‘alash tartiblari batafsil ko‘rib chiqildi. Mutaxassislar tomonidan ayniqsa energiya samaradorligi belgilarining shakli, rangi va joylashuviga oid masalalar alohida muhokama qilindi.

➡️ Shu bilan birga, tamg‘alash tizimini Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan mamlakatlar amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

➡️ Yig‘ilish ishtirokchilari ushbu standartni takomillashtirish nafaqat mahalliy darajada sifatli va samarador mahsulotlar ishlab chiqarishga, balki ularni xalqaro bozorlarga olib chiqishdagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident_qarori

❗️2025-yil 22-yanvarda qabul qilingan PQ-20-sonli “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko'ra:


⚡️ Yuqori qo’shilgan qiymatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni rag’batlantirish uchun qulay moliyaviy sharoitlar yaratish maqsadida 2025-yil 1-fevraldan:

➡️ Korxonalarning rivojlanish va tadqiqot markazlari (R&D) faoliyatini yo’lga qo’yish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro’yxatlar bo’yicha o’z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, O’zbekistan Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya jihozlari va anjomlari 2028-yil 1-fevralga qadar bojxona bojidan ozod etiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
➡️ #injenerlik_maktabi #Eltech_Industrial

⚡️“MIS KLASTERI” LOYIHALARI UCHUN KADRLAR TAYYORLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI


➡️ Ohangaron tumanidagi “Eltech-Industrial” texnoparkida ish boshlayotgan investitsiya loyihalari uchun Ohangaron shahar politexnikumi huzuridagi “Injenerlik maktablari”da yuqori malakali o’rta bo’g’in kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan tadbirkorlar va ta’lim muassasalari rahbarlari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

➡️Ta’kidlandiki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvarda qabul qilingan PQ-20-sonli “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan elektrotexnika sanoati korxonalari uchun yuqori malakali o’rta bo’g’in kadrlari hamda ishchi-mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Jizzax va Toshkent viloyatidagi politexnikumlar huzurida “Injenerlik maktablari” tashkil etilgan edi.


➡️Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida tashkil etilgan “Injenerlik maktabi” da bugun "Mis klasteri" korxonalari uchun qanday o’rta bo’g’in kadrlariga ehtiyoj bor, ularni tayyorlash bo’yicha korxona rahbarlarining takliflari o'rtaga tashlandi.

➡️Tashkil etilgan yangi yo’nalishlar bo’yicha va o’quv dasturlari yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi. Asosan kabel-sim, maishiy texnika, misni qayta ishlash yo’nalishlarida zamonaviy kadrlarga bo’lgan talab va ehtiyoj inobatga olinishi alohida ta’kidlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Har qanday murakkab ish — bir vaqtlar boshlashga jur’at etilgan oddiy ish edi.


AMELIYA ERXART

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1👌1
➡️ #london_metall_birjasi

📊 29-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Yoshlar_kuni

⚡️ Hurmatli yoshlar!


O'zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi jamoasi nomidan sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Yoshlar — har bir jamiyatning kuchi, yangilanishi va taraqqiyotining asosidir. Bugun yurtimiz yoshlari ilm-fan, innovatsiya, sanoat va boshqa sohalarda faol ishtirok etib, O‘zbekiston kelajagini barpo etishda muhim o‘rin tutmoqda.

Yangi yutuqlarga intilayotgan, ezgu maqsadlar sari qat’iyat bilan harakat qilayotgan barcha yoshlarimizga mustahkam sog‘lik, ilm va ijod yo‘lida omad tilaymiz!

Yoshligingiz quvonch, muvaffaqiyat va orzu-umidlar bilan to‘lsin!

Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4
➡️ #hafta_dayjesti #uzeltexsanoat

🟢 "O'zeltexsanoat" uyushmasi o'tgan hafta ichida (23-28-iyun, 2025-yil)

➡️ O‘zbekiston–Mongoliya biznes-forumi: elektrotexnika sanoatida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va “Gerege Systems” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

➡️ Yangi induksion elektr isitish radiatorlari ishlab chiqarish loyihasi o'rganildi

➡️ Elektrotexnika korxonalari diqqatiga! "AQUATHERM ALMATY 2025" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tadi

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida matbuot xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi

➡️ “Eltech-Malaka” MCHJ menejment tizimlarini sertifikatlash bo‘yicha faoliyat yurituvchi tashkilot sifatida “Akkreditatsiya markazi” tomonidan xalqaro ISO standartlariga muvofiq deb topildi

➡️ Milliy standart loyihasi muhokama qilindi

➡️ "Mis klasteri" loyihalari uchun kadrlar tayyorlash muhokamasi bo'lib o'tdi

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бир нарсани аниқ тушуниб олиш зарур. Болани ёмони бўлмайди. Уларга катталарнинг меҳри, имкониятларини намоён қилиш учун шароит, ўзига ишонч бўлиши учун мотивация керак”,

- деди Президентимиз сўзининг давомида.

Мисол учун, Тадбиркорлик жамоатчилик кенгаши аъзолари – 108 нафар “чемпион” тадбиркор ўзларининг 308 та корхонаси атрофидаги мактабларга бориб, юқори синф ўқувчиларини касбга қизиқтираётгани мамнуният билан қайд этилди.

Энг муҳими, бу ўқувчиларнинг аксарияти келажакда ҳаётини қайси касбга боғлаш ҳақида аниқ тасаввурга эга бўлмоқда.

Бундай ташаббускор, фидойи, ватанпарвар тадбиркорлар – менинг қанотларим.

Айтинг, ёшларни қўллаб-қувватлаш, уларни касбга етаклаш, ишли ва даромадли қилиш учун сизларга яна қандай шароит қилиб берай?

Катта-катта тадбиркорларимиз ҳокимлар билан учрашиб, таклифларини тез кунда шакллантириб берсалар, буларни барчасини кўриб чиқишга тайёрман
”,

- деди Президент.

Facebook|Instagram|X
Республика бўйича 15 мингга яқин ўқув ва 7,5 мингта касбга тайёрлаш марказлари мавжуд. Сўнгги йилларда уларга 100 дан ортиқ имтиёз ва енгилликлар берилди.

Фурсатдан фойдаланиб, давлатимиз раҳбари ушбу марказларга ҳам мурожаат қилиб, ҳозирги кўрсаткичлар билан чекланиб қолмасликка, кенгайишга, замонавий касблар ва хорижий тилларни ўрганаётган ёшларни кўпайтиришга чақирди, бунинг учун ҳар қандай шароит яратишга тайёрлигини билдирди.

Вилоят, туман ҳокимлари ҳар бир болага ўз фарзандидек қараб, соғлиги, ўқиши, юриш-туриши, қизиқиш ва орзулари, муаммоларидан доим хабардор бўлиши зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Улар ёшлар билан доимий мулоқот платформасини йўлга қўйиб, мактаб, олийгоҳ, ўқув ва касб марказлари, тадбиркорларни бошини қовуштириб, ёшларга кўмаклашадиган тизим қилса, албатта натижа бўлиши таъкидланди.

Бу ишлар “кампаниябозлик” бўлмаслиги, ўзгаришларни ҳар бир маҳалладаги ҳар бир ёш ҳар куни чуқур ҳис қилиши зарур.

Ана шунда Янги Ўзбекистонда таълим олмаган, ишсиз, касб эгалламаган, бир сўз билан айтганда, уюшмаган ёшлар деган тушунчаларнинг ўзи қолмайди!
”,

- деди Президентимиз.

Facebook|Instagram|X
Стартапларни қўллаб-қувватлаш бўйича тизим яратилди. Уларни молиялаштиришга 145 миллион доллар венчур сармоя киритилди.

Президентимиз бу рақам 1 миллиард долларга етказилишини айтди.

Энди, бу ишлар мактабдан бошланади. Ўқувчилар учун “моҳирлик ва бизнес соати” киритилиб, уларнинг ғоясини стартапга айлантиришга 100 миллиард сўм грант ажратилади.

Олийгоҳлар ўртасида ҳам стартаплар бўйича ҳар йили “Энг яхши креатив ғоя” танлови ўтказилиб, ғолибларга олийгоҳ жамғармасидан 300 миллион сўмгача грант берилади.

Стартапни прототипга айлантириш ва синовдан ўтказиш учун Инновация агентлиги ва IT-парк “RnD” марказини очади.

Бунда, энг яхши лойиҳалар бўйича прототип яратиш харажатининг 50 минг долларгача қисми Ёшлар венчур жамғармасидан қопланади.

Ҳар йили инвесторлар, йирик корхона ва стартап ташаббускорлари иштирокида “Стартап-экспо” кўргазмаси ўтказиб борилади.
Ҳозир тоғ-кон, агросаноат, тўқимачилик, кимё, электротехника, қурилиш материаллари соҳасида 1 миллион ёшлар меҳнат қилмоқда.

Энди саноат, сервис, тадбиркорлик ва қишлоқ хўжалигида банд ёшларнинг касбий ривожланиши бўйича ҳам тизим яратилади.

Ҳар бир касб йўналиши бўйича айнан ёшлар ўртасида республика мусобақалари ўтказилади. Бунда давлат корхоналари ва хусусий сектор вакиллари тенгма-тенг иштирок этади.

Тармоқ раҳбарлари ҳар йили ўз тизимидаги 100 нафар ёшни селекция қилиб, хорижий стажировкага юборишни йўлга қўяди.

Бунинг учун, ҳар бир тармоқ 10 миллиард сўмдан ажратади. Бу маблағлар солиқ солиш базасидан чегириб ташланади.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltechlab #kabel

⚡️ "Eltechlab" laboratoriyasida kabel-sim mahsulotlari sinovdan o'tkazilmoqda

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi huzuridagi "Eltechlab" laboratoriyasida kabel-sim mahsulotlarining tarkibi, yong'inga chidamliligi va boshqa jihatlar bo'yicha sinovdan o'tkazish jarayonlari muntazam olib borilmoqda.

➡️ Bugun 30-iyun kuni ham laboratoriyada navbatdagi kabel-sim mahsulotlarining sinovlari bo'lib o'tdi.

➡️ Jarayonlarga oid videotasvirlarni mazkur videokontent orqali e'tiboringizga havola etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#euro_news #nocomment

Bugun InterContinental mehmonxonasida "Euronews" media-xoldingining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Qisqacha ushbu 👆🏻nocomment lavhada

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Aql bilan ishlovchi odam mehnatdan qochmaydi, lekin harakatni maqsadsiz qilmaydi.


SENEKA

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #london_metall_birjasi

📊 30-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Envision_Group

⚡️ “Envision Group” bilan hamkorlik yo‘lida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi


➡️ 2025-yil 30-iyun kuni "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Xitoyning muqobil energetika yo‘nalishida yetakchi kompaniyalaridan biri — “Envision Group” vakillari bilan navbatdagi muloqot bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuvda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Jahongir Jamalov, "Envision Group" kompaniyasining Markaziy Osiyo bo'yicha menejeri Yevgeniy Tipakov, ushbu kompaniyaning O‘zbekistondagi mahalliy hamkori — “Solar Nature” korxonasi rahbari Farrux Asralxodjayev hamda boshqalar ishtirok etdi.

➡️ Suhbat davomida mehmonlar O‘zbekistondagi mavjud vaziyat, ichki bozor salohiyati va litiy-ion batareyalarni mahalliylashtirish borasida hukumat tomonidan yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.

➡️ Tomonlar energiya saqlash tizimlari (BESS) bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini yana bir bor muhokama qilib, "O‘zeltexsanoat" uyushmasi tomonidan zarur texnik va iqtisodiy ma’lumotlarni taqdim etishga, shuningdek, kelgusida qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


➡️ Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda yashil energetika, texnologik yangilanish va sanoatni mahalliylashtirish yo‘lida yana bir muhim strategik qadam sifatida e’tirof etilmoqda.

➡️ Ma’lumot uchun: “Envision Group” — xalqaro darajadagi aqlli energiya texnologiyalari va barqaror energetika yechimlariga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalardan biridir.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
➡️ #Aquatherm #Almaty

⚡️ Elektrotexnika korxonalari diqqatiga! "AQUATHERM ALMATY 2025"


➡️ "Aquatherm Almaty 2025" – issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, sanitariya texnikasi, konditsionerlar va ventilyatsiya tizimlari bo‘yicha xalqaro miqyosdagi yirik ko‘rgazmada ishtirok etish imkoniyati!

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ ushbu ko‘rgazmada “Made in Uzbekistan” milliy stendi ostida qatnashish uchun uyushma a’zolari va elektrotexnika sohasidagi tadbirkorlarni taklif etadi.

🗓 Tashkil etilish sanasi: 3–5-sentabr 2025-yil

📍O‘tkazilish joyi: Olmaota shahri, Qozog‘iston Respublikasi

🔗Ariza topshirish uchun havola:

https://subsidiya.epauzb.uz/list/?p_slug=parent_exhibition&ch_slug=exhibition

⚠️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat:


📞 Telefon: +99871-207-44-66 (711)
📞 Telefon: +99897-700-50-00

➡️ O‘zbekiston elektrotexnika sanoati mahsulotlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib qilishga xizmat qiluvchi ushbu muhim tadbirda ishtirok etib, eksport salohiyatingizni kengaytiring!

➡️ Shoshiling, joylar soni cheklangan!

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Sen hali yetib bormagan joylarga borish uchun, hali qilmagan ishlarni qilishing kerak.


COCO CHANEL

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 01-iyul kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #YamanKoc #export

⚡️ "GO GLOBAL" - “O‘zeltexsanoat” uyushmasidan yangi loyiha: Tashqi savdoda bilim va salohiyatni oshirish imkoniyati!


➡️ Tashqi savdo, eksport yo'nalishida kadrlar malakasini oshirishni xohlovchi korxonalar diqqatiga!

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Turkiyaning TOP-5 talikdagi eng nufuzli konsalting kompaniyalaridan biri – “Yamankoc Danışmanlık” bilan hamkorlikda eksport yo‘nalishida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni beruvchi eksklyuziv o‘quv dasturini tashkil etmoqda.

➡️ Treningni kim o‘tkazadi?

➡️ Yaman Koç - Turkiyaning tashqi savdo va marketing bo‘yicha 25 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro darajadagi ekspert. Yaman Koç Yevropa va Turkiyaning yuzlab kompaniyalari uchun tashqi savdo tahlil tizimlari, strategik rejalashtirish, bozorga chiqish modellarini yaratgan. O‘zbekistonning yirik kompaniyalari bilan ishlash tajribasiga ega.

➡️ Dastur taqvimi:

07–iyul - 01-avgustgacha – Toshkentda nazariy mashg‘ulotlar

11–15 avgust – Anqara (Turkiya) shahrida amaliyot va diplom topshirish marosimi


➡️ Dastur quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

Mahsulotlar va TIF TN kodlari bilan to'g'ri ishlash;

Maqsadli bozor matritsasini tuzish;

Bozorlarni saralash va aniqlashtirish;

Mijoz turlarini segmentatsiya qilish;

Mijozlar bazasini tuzish va tahlil qilish;

Raqobatchilarni aniqlash va baholash;

Eksport strategiyasini ishlab chiqish.


➡️ Batafsil ma’lumot: yamankoc.com

☺️ Qo`shimcha malumotlar uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+99897-744-22-44 | +99871-207-44-66 (711)

‼️ Ishtirokchilar soni cheklangan! Ro'yxatdan o'tishning so'ngi kuni 5-iyul. Dasturda ishtirok etishni istagan korxonalar imkon qadar ertaroq ro‘yxatdan o‘tishlari tavsiya etiladi.

📍 Manzil: “O‘zeltexsanoat” uyushmasi binosi, 3-qavat, Eltech malaka o'quv markazi. (geolokatsiya)

🟢 Eslab qoling: bilimli va strategik fikrlovchi kadr – har qanday kompaniya muvaffaqiyatining kalitidir.
Eksportda raqobatbardosh bo‘lish uchun birinchi qadamni bugun tashlang!


🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM