"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.26K subscribers
11.6K photos
1.63K videos
20 files
5.56K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Йиғилишда Президент Администрациясининг Назорат инспекцияси фаолияти танқидий кўриб чиқилди.

"Назорат инспекциясига нима учун шунча ваколат берилган? Вазирларга яхши кўриниш учун, улар нимани берса, шуни кўтариб келмасдан, масалаларни ўрганиб, айбдорларни жазолаш бўйича нега таклиф киритмайди?",

- деди давлатимиз раҳбари.

Фаолиятидаги камчилик ва муаммоларни ҳисобга олиб, Президент Администрациясининг Назорат инспекциясини бугуннинг ўзида тугатишга қарор қилинди.

Шу боис ижро интизомини мустаҳкамлаш, аҳоли муаммолари билан ишлаш бўйича мутлақо янги тизим яратилиши белгиланди.

Бундан буён ижро интизомига Ҳисоб палатаси масъул бўлади, унинг ваколатлари кенгайтирилади.

Эндиликда Ҳисоб палатаси қарорлар билан берилган маблағларни фақатгина тўғри сарфланишини эмас, балки нима самара берганини, аҳоли бундан қанчалик рози бўлганини ҳам ўрганади.

Палата раиси ҳар бир қарор ижроси натижадорлигини таҳлил қилиб, заиф нуқталар, “аравасини тортмаётган” раҳбарлар ва ишламаётган тизимлар бўйича ўз таклифини ҳар ойда Президентга киритади.

Facebook|Instagram|X
➡️ #Samo_Techno

⚡️ “Samo Techno” korxonasining yangi bosqichdagi faoliyati o‘rganildi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Jahongir Jamalov boshchiligidagi mas’ullar Toshkent shahrida joylashgan “Samo Techno” korxonasiga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrif davomida yaqinda yangi bino va hududga ko‘chgan korxonaning ishlab chiqarish jarayoni, mavjud texnologik quvvatlar hamda so‘nggi yangilanishlar bilan yaqindan tanishildi.

➡️ Shuningdek, korxonada ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilayotgan yangi mahsulot turlari va ularni mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

➡️ Ma’lumot o‘rnida, 20 nafar xodim faoliyat yuritayotgan “Samo Techno” korxonasida 2024-yilda “HANSON” brendi ostida qiymati 52 milliard so‘mlik 8 ming dona kompyuter ishlab chiqarilgan. Mahsulotlarining korpus qismlari ham bevosita korxonaning o‘zida ishlab chiqariladi.


➡️ Uchrashuv chog‘ida korxona rahbariyati bilan faoliyatni kengaytirish, mavjud imtiyozlar va kredit liniyalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Uyushma mas’ullari korxona oldida turgan dolzarb masalalarga yechim topish borasida amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #OAV #TV
Talabalarning uyushmada bo'lib o'tgan bitiruv ishi himoyalari "O‘zbekiston 24" telekanalida yoritildi


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasining "O'zeltexsanoat" uyushmasi huzuridagi filialida bo‘lib o‘tgan bitiruv malakaviy ishlari himoyasi va unda taqdim etilgan texnik ishlanmalar haqida "O‘zbekiston 24" telekanalida maxsus lavha efirga uzatildi.

Tadbirda soha yetakchilari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Bitiruvchilar o‘z startap loyihalari va innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.

E'tiboringizga ushbu videolavhani havola etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Биринчи ярим йилликда 2 миллион 600 минг аҳолини банд қилиш, 722 минг одамни камбағалликдан чиқариш режа қилинган.

Лекин маблағ ва шароит бўлса-да, бандлик режаси 15 та туманда тўлиқ бажарилмагани кўрсатиб ўтилди. Булар – Муборак, Бўстон, Вобкент, Марҳамат, Фарғона, Зангиота, Дўстлик, Чортоқ, Қораўзак, Уйчи, Хонобод, Янгибозор, Паркент, Арнасой ва Учкўприк туманлари.

Ушбу туман ҳокимлари уч ойда режага чиқмаса, барчаси ишдан олиниши қайд этилди.

Аҳолини камбағалликдан чиқариш бўйича Учқудуқ, Ангрен ва Карманада ишлар сустлиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X
➡️ #Premier #eksport

⚡️ "Premier" korxonasi Afg'onistonga ilk eksportini yo‘lga qo‘ydi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi ko‘magida Afg‘onistonlik hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida uyushmaga a’zo “Premier” korxonasi o‘z mahsulotlarini ilk bor Afg‘oniston bozoriga eksport qilishni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ydi.

➡️ Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan raqobatbardosh va energiya tejamkor televizor, muzlatkich, kir yuvish mashinasi hamda konditsioner kabi 300 ga yaqin zamonaviy maishiy texnika vositalari Afg‘onistonga yuborildi.


➡️ Mahsulotlar o‘z sifati, funksionalligi va narx jihatidan afzalligi bilan xorijiy xaridorlar e’tiborini tortmoqda.

➡️ Hozirda “Premier” korxonasi Afg‘onistonning Mozori Sharif va Kobul shaharlarida o‘z savdo nuqtalarini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

➡️ Shu bilan birga, kompaniya Afg‘oniston bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlash va eksport hajmini oshirish maqsadida turli savdo yarmarkalari va B2B formatdagi biznes uchrashuvlarda faol ishtirok etmoqda.

➡️ Mazkur muvaffaqiyatli eksport loyihasi O‘zbekiston elektrotexnika sanoati salohiyatining mintaqada tobora ortib borayotganini, shuningdek, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan mahalliy korxonalarga ko‘rsatilayotgan tizimli amaliy ko‘mak samarasini yaqqol namoyon etmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
➡️ #raqamlashtirish #Trex #Turkiya

⚡️Raqamlashtirish bo'yicha Turkiya tajribasi o'rganilmoqda


➡️“O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullaridan iborat delegatsiya hamda soha korxonalari vakillari 2025-yil 16–18-iyun kunlari Turkiya Respublikasiga xizmat safari doirasida “2M Kablo” kompaniyasining ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

➡️Ushbu xizmat safari Turkiyaning “Trex Digital Manufacturing” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Safar davomida elektr kabellari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ilg‘or texnologik jarayonlar, ayniqsa MES (Manufacturing Execution System) tizimlarining amaliyotda qo‘llanilishi o‘rganildi.

➡️Delegatsiya “2M Kablo” korxonasida bo‘lib, mazkur zavodda MES tizimi asosida ish jarayonlarini avtomatlashtirish, sifat nazoratini real vaqt rejimida olib borish va tannarxni optimallashtirish borasidagi tajribalar bilan tanishdi. Ushbu tajriba O‘zbekiston elektrotexnika sanoatida raqamlashtirish jarayonlarini joriy etish bo‘yicha katta ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Tashrif doirasidagi uchrashuvlarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar uchun MES tizimini joriy etishning texnik va iqtisodiy afzalliklari muhokama qilindi.


➡️Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-sonli qarorining 7-bandida belgilangan raqamlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish yo‘lida amaliy qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

➡️“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, mahsulot sifatini oshirish va xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlar davom etmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Hayot hech qachon ideal bo‘lmaydi. Ammo har doim ongli tanlov qilish mumkin.


VIKTOR FRANKL

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
➡️ #london_metall_birjasi

📊 16-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаевнинг таклифига биноан "Марказий Осиё - Хитой" иккинчи саммитида иштирок этиш учун Остона шаҳрига жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева вылетел в город Астану для участия во втором саммите «Центральная Азия – Китай».

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Xitoy

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X