"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.11K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.56K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #CRPT_Turon #memorandum

⚡️ “CRPT TURON” va "O‘zeltexsanoat" o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


➡️ Toshkent shahrida "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va “ASL BELGISI” Milliy raqamli markirovkalash tizimi operatori — “CRPT TURON” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumning tantanali imzolanishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu voqea tomonlar o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi.

➡️ Imzolangan Memorandumning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

Noqonuniy tovar aylanmasiga qarshi kurashish;
Maishiy texnika bozorini raqamlashtirish darajasini oshirish;
Kasbiy tajriba va bilim almashish;
Mahsulot aylanmasi ishtirokchilari bilan qo‘shma tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish.

➡️ Ushbu hamkorlik doirasida tomonlar tovarlarning noqonuniy aylanishi belgilari va faktlari to‘g‘risida ma’lumot almashishga, konferensiyalar va davra suhbatlari kabi qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishga, shuningdek, vakolatli davlat organlari uchun O‘zbekiston Respublikasining tovarlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga kelishib oldilar.

➡️ Tomonlar tovar ayirboshlashni raqamlashtirish va maishiy texnika bozori shaffofligini oshirish sohasidagi umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida bundan buyon ham samarali hamkorlik qilish, bilim almashish va harakatlarni muvofiqlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Vaqt — hayotingizni oʻz ichiga olgan narsadir. Vaqtni boshqarsangiz, hayotingizni boshqarasiz.


ALAN LAKEIN

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 03-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Artel #yarmarka

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “Artel” kompaniyasi Buxorodagi sanoat yarmarkasida faol ishtirok etdi


➡️ Buxoro shahrida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi yordamchisi G.K. Saidova rasman ochib berdi hamda yarmarkada namoyish etilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi.

➡️ Mazkur yarmarkada “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “Artel” kompaniyasi ham faol ishtirok etib, o‘zining zamonaviy mahsulotlarini keng jamoatchilikka taqdim qildi. Kompaniya tomonidan turli maishiy texnika vositalari va innovatsion ishlanmalar ko‘rgazma stendida namoyish etildi.

➡️ Tashrif buyuruvchilar va boshqa ishtirokchilar uchun mahsulotlarning afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi, shu bilan birga, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yangi loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

➡️ “Artel” kompaniyasining bunday yirik tadbirlarda ishtiroki mamlakatimiz sanoatini rivojlantirishga, tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga va o'zaro tajriba almashishga xizmat qilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Savdo_yarmarkasi

⚡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi tashabbusi bilan Afg'onistonning Mozori Sharif shahrida "Made in Uzbekistan" brendi ostida savdo yarmarkasi tashkil etiladi


➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi mamlakatimiz elektrotexnika sanoati korxonalarining tashqi bozorlarda faol ishtirokini ta'minlash, eksport salohiyatini oshirish hamda qo'shni davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida qator tadbirlarni amalga oshirmoqda.

➡️ Joriy yilning 18-20-iyun kunlari Afg'onistonning Mozori-Sharif shahrida O'zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning savdo yarmarkasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

➡️ Mazkur yarmarkada "Made in Uzbekistan" brendi ostida ishlab chiqarilgan yuqori sifatli elektrotexnika mahsulotlari, maishiy texnika vositalari va innovatsion yechimlar taqdim etilishi ko'zda tutilgan.

➡️ Savdo yarmarkasi doirasida ikki davlat ishbilarmon doiralari va tadbirkorlari o'rtasida biznes uchrashuvlar, eksport shartnomalarini imzolash, yangi hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar o'tkazilishi ham rejalashtirilgan.

➡️ Mazkur tadbir Afg'oniston bozoridagi talab va ehtiyojlarni o'rganish, mahalliy hamkorlar bilan yaqindan muloqotni yo'lga qo'yish hamda ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro savdo aylanmasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi ushbu yarmarkada mamlakatimizning yetakchi elektrotexnika sanoati korxonalarining faol ishtirokini ta'minlaydi hamda "Made in Uzbekistan" brendi ostidagi mahsulotlar orqali tashqi bozorda raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi.

➡️ Savdo yarmarkasiga barcha mahalliy va xalqaro hamkorlar, tadbirkorlar va investorlar taklif etiladi.

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +99893-686-88-60

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Insonning eng katta kuchi — o‘z fikrini o‘zgartirishga jur’at qilgan lahzada paydo bo‘ladi.


JORJ BERNARD SHOU

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
➡️ #london_metall_birjasi

📊 04-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Statura #Kommet_Pro

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas'ullari “Statura” va “Kommet Pro” korxonalarida bo'ldilar


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasining mas’ul xodimlari tomonidan “Statura” va “Kommet Pro” korxonalarining amaldagi faoliyati o‘rganildi, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi, mavjud sharoit va imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

➡️ Korxona rahbariyati bilan suhbat davomida ayrim amaliy masalalar muhokama qilindi. Jumladan, ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik-uskunalarni yangilash, hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va fikrlar almashildi.

➡️ Shuningdek, uyushma vakillari tomonidan korxonalarning kelgusidagi rejalariga oid fikrlar tinglandi, muloqot davomida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

➡️ Bu kabi tashriflar sanoat korxonalarining faoliyati bilan bevosita joyida tanishish, ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliy yechimlar ishlab chiqish imkonini beradi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM