"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.1K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.57K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Project_Qatar #OAV

⚡️ Elektrotexnika korxonalarining "Project Qatar 2025" xalqaro ko'rgazmasidagi ishtiroki OAVda yoritildi


➡️ Joriy yilning 26-29-may kunlari Qatar davlatining Doha shahrida qurilish va infratuzilma yo‘nalishida mintaqaning eng nufuzli tadbirlaridan biri — “Project Qatar 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi.

➡️ Mazkur ko‘rgazmada “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika sanoatining ilg‘or korxonalari “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi markazlashgan stend orqali o‘z mahsulot va imkoniyatlarini namoyish etdi.

➡️ "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari mazkur ko'rgazma va unda elektortexnika sanoati korxonalarining ishtirokiga oid reportaj tayyorladilar.

➡️ E'tiboringizga mazkur reportajni havola etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Mudofaa_festivali

⚡️ Uyushma raisi Mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalida ishtirok etdi


➡️ 2025-yil 29-maydan boshlab Toshkent shahrida “MSITF-2025” – Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivalining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan mahalliy sanoat korxonalarining harbiy va texnologik yo‘nalishdagi salohiyatini namoyish etish maqsadida tashkil etilgan.

➡️ Festivalda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov ham ishtirok etdi. U tadbir doirasida elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan ilg‘or mahsulotlar va innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Uyushma raisi elektrotexnika mahsulotlari bo‘yicha ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita suhbat olib bordi, ularning mahsulotlari va texnologik yechimlari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar oldi. Shuningdek, kooperatsiyani kengaytirish va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha tadbirkorlarga tavsiyalar berdi.

➡️ Mirziyod Yunusov ushbu tadbir doirasida elektrotexnika sanoati korxonalarining mudofaa sohasiga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholab, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

➡️ “MSITF-2025” festivali 31-mayga qadar davom etadi. Unda elektrotexnika sanoatining yangi ishlanmalari, texnik namoyishlar va hamkorlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Mahalliy sanoatning harbiy soha uchun taklif etayotgan texnologik salohiyati esa yildan-yilga ortib borayotgani e’tirof etilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4
➡️ #Sport #futbol

⚡️ Uyushma xodimlari o'rtasida "Rahbar kubogi" futbol musobaqalari o'tkazildi

➡️ Bugun “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Markaziy apparati xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan “Rahbar kubogi” futbol musobaqasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori ijrosini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

➡️ Respublika Olimpiya zahiralari kolleji mini futbol maydonchasida o‘tkazilgan o‘yinlarda 4 ta jamoa“Yangi avlod”, “Yengilmas kuch”, “Vatanparvar” va “Yangi O‘zbekiston” jamoalari ishtirok etdi.

➡️ Bugungi o‘yinlar saralash bosqichi sifatida o‘tkazilib, final va 3-o‘rin uchun bahslar keyingi sport tadbirlarida bo'lib o'tadi.

➡️ Barcha ishtirokchilarga keyingi bahslarda ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥5👏3💯1
➡️ #Eltech_Malaka

NAVBATDAGI KURS BITIRUVCHILARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI


✍️Yil boshidan shu kungacha 160 nafar bitiruvchilarga sertifikatlar berildi.

➡️ Ma’lumki, “O'zeltexsanoat" huzuridagi "Eltech-malaka" o'quv markazida quyosh fotoelektrik stansiyalariga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha maxsus o'quv kurslari yanvar oyidan buyon davom etmoqda.

➡️ Mazkur kurslar malakali o'qituvchi va mutaxassislar tomonidan offlayn tarzda olib borildi.

➡️Ikki haftalik kurs yakunida barcha tinglovchilarga test sinovlari yakuni boʻyicha sertifikatlar berildi. Va ularning kelgusi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.

➡️ Eslatib oʻtamiz, keyingi guruhlar uchun o'quv kursi 9-iyundan boshlanadi.


📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko'kcha darvoza ko'chasi, 10-uy.

🤙 Telefon: +99890-964-01-97
ℹ️ Email: s.ulashov@uzeltexsanoat.uz

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Muvaffaqiyat — bu biror narsani boshlashga jur’at qilishdir.


AMELIYA ERXART

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2