"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.03K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.58K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Gruziya #hamkorlik

⚡️ “O‘zbekiston–Gruziya” biznes forumida elektrotexnika sanoati bo'yicha taqdimot qilindi


➡️ 2025-yil 21-may kuni Toshkent shahrida Gruziya Savdo-sanoat palatasi prezidenti G.Pertaya boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya tashrifi doirasida “O‘zbekiston–Gruziya” biznes forumi hamda ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

➡️ Mazkur forumda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Faridun Abdualimov ishtirok etdi va elektrotexnika sanoatining jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlari, investitsiya imkoniyatlari hamda Gruziya bilan hamkorlik qilish istiqbollari yuzasidan taqdimot qildi.

➡️ Taqdimot davomida Gruziya davlatining “10 yillik (2024-2034) energetika tarmog'ini rivojlantirish rejasi” doirasida modernizatsiya qilinayotgan Enguri, Nenskra, Adjaristsqali, Khudoni va Namakhvani, gidroenergetika inshootlarida mahalliy elektrotexnika soha korxonalarining o'z mahsulotlari bilan ishtiroki bo'yicha takliflar berildi.

➡️ Hozirda ushbu mahalliy korxonalar respublikada "Masdar", "Acwa Power", "Intesca Industrial", "Calik Enerji", "China Energy Engineering Corporation" and "China Gezhouba Group Investment Company" kabi kompaniyalar tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalarda ishtirok etib kelmoqdalar va katta tajribaga egadirlar.

➡️ Tadbir doirasida Gruzin ishbilarmon doira vakillari bilan B2B uchrashuvlar ham o‘tkazildi. Tomonlar o‘zaro qiziqish uyg‘otgan yo‘nalishlarda hamkorlik masalalarini muhokama qilib, istiqbolli tashabbuslar yuzasidan fikr almashdilar.

➡️ Shu kabi tadbirlar ikki mamlakat o‘rtasida sanoat hamkorligining yangi ufqlarini ochishga xizmat qilishi kutilmoqda. Bu esa do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlab, hamkorlikdagi ezgu niyatlarni amalga oshirishga zamin yaratadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Будапешт шаҳрида бўлиб ўтган Туркий давлатлар ташкилотининг норасмий саммитида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в работе неформального саммита Организации тюркских государств, состоявшегося в городе Будапеште.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X