"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #london_metall_birjasi

📊 15-may kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Mega_Energy

⚡️ Xitoyning "Mega Energy" kompaniyasi vakillari mahalliy kabel sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

➡️ O‘zbekiston elektrotexnika sanoatida xalqaro hamkorlikni kengaytirish doirasida, Xitoyning "Mega Energy" kompaniyasi texnik direktori janob Wei Xing boshchiligidagi delegatsiya "O‘zeltexsanoat" uyushmasi mas’ullari hamrohligida “Uzkabel” va “Artikul Aziya Kabel” korxonalariga tashrif buyurdi.

➡️ Mazkur tashrif chog‘ida Xitoy kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik energetika loyihasi – Sergeli tumani hududida quvvati 150 MW bo‘lgan BESS (Battery Energy Storage System) tizimini barpo etish loyihasi doirasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Jumladan, loyiha ehtiyojlari uchun DC kabellar hamda 35 kV kuchlanishli elektr kabellarini yetkazib berish yuzasidan aniq takliflar ko‘rib chiqildi.

➡️ Tashrif davomida mehmonlar korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik imkoniyatlari, mahsulot turlari va sifat nazorati tizimi bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Mahalliy korxonalar tomonidan xalqaro standartlarga javob beruvchi mahsulotlarning mavjudligi xitoylik hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

➡️ Uchrashuvlar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan yuqoridagi loyiha uchun zarur bo‘lgan kabel-sim mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha amaliy hamkorlik ustida ishlashga kelishib oldilar.

➡️ Mazkur tashrif ikki tomonlama savdo aloqalarini mustahkamlashda muhim qadamlardan biri bo‘lib, yurtimiz elektrotexnika sanoati salohiyatining xalqaro maydondagi ishonchli hamkor sifatida e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kooperatsiya

⚡️ “L&T Construction” kompaniyasi vakillari mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

➡️ Saudiya Arabistonining “ACWA Power” investitsiyalari asosida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan muqobil energetika loyihalarining bosh pudratchisi – “L&T Construction” kompaniyasi vakillari “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari hamrohligida ChTZ, Elstan va Mega Trans Energy korxonalariga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrif doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan yirik energetika loyihalari ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan kuchlanish qurilmalarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

➡️ Xalqaro miqyosda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lgan “L&T Construction” vakillari, korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik imkoniyatlari va mahsulot turlari bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Uchrashuv davomida tomonlar o'zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, kelgusidagi qo‘shma loyihalar va texnik yechimlarni hayotga tatbiq etish borasida fikr almashdilar.

➡️ Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda muqobil energetika sohasidagi yirik loyihalarni kengaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar salohiyatidan samarali foydalanish va sanoat infratuzilmasini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Rossiya #hamkorlik

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Rossiya Savdo vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

➡️ Joriy yilning 16 may kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolatxonasi vakillari hamda uyushma raisi Mirziyod Yunusov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuvda Rossiya tomonidan Savdo vakili K.Zligostev boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etdilar. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ikki mamlakat o‘rtasida elektrotexnika sanoati yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, ishlab chiqarish va savdo aloqalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

➡️ Muzokaralar davomida tomonlar Rossiyaning elektrotexnika sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish, ularning Toshkent viloyatida joylashgan “Eltech Industrial” texnoparkida joylashtirish masalalarini muhokama qildilar.

➡️ Shuningdek, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmlarini oshirish, O‘zbekistonga Rossiya kapitali ishtirokidagi investitsion loyihalarni jalb qilish va texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

➡️ Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sanoat-innovatsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga yordam berishi ta'kidlandi. Tomonlar kelgusida ham izchil va amaliy sheriklikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 – 22-may kunlari rasmiy tashriflar bilan Vengriya va Sloveniya Respublikasida boʻladi.

—————

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 19 – 22 мая посетит с официальными визитами Венгрию и Республику Словения.