"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
1.77K subscribers
11.8K photos
1.64K videos
20 files
5.63K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️
#kooperatsiya #vagon

⚡️
Temiryo’l vagonlari ishlab chiqarishda elektrotexnika mahsulotlarini yetkazib berishni kengaytirish muhokama qilindi

➡️
“O’zeltexsanoat” uyushmasi mamlakatimizda elektrotexnika sanoati korxonalari va boshqa tarmoq tashkilotlari o’rtasidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo’yicha amaliy ishlarni olib bormoqda.

➡️
Kuni kecha uyushmaning “Mahalliylashtirish va kooperatsiyani kengaytirish” boshqarmasi mas’ullari boshchiligidagi 10 dan ortiq elektrotexnika sanoati korxonalari “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tizimidagi “Toshkent yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi”ga tashrif buyurdilar.

➡️
Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad – vagonlarni ishlab chiqarish va modernizatsiya qilishda foydalaniladigan elektrotexnika mahsulotlarini yetkazib berishni muhokama qilishdan iborat bo’ldi.

➡️
Bugungi kunda “Toshkent yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” o’z faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi turdagi vagonlarni ishlab chiqarish maqsadida xorijlik investorlarni jalb qilgan.

➡️
Taklif etilgan investorlar ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda elektrotexnika sanoati korxonalari bilan hamkorlik qilish bo’yicha muhokamalar olib borildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿
Uz
🇷🇺
Рус
🇬🇧
En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 31
➡️
#Uzavtosanoat #kooperatsiya

⚡️
“O’zavtosanoat” tizimidagi korxonalar bilan kooperatsiyani kengaytirish bo’yicha uchrashuvlar o’tkazildi

➡️
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20-sonli (22.01.2025) qarorida, vazirlik, idora va xo’jalik birlashmalari tomonidan 28,4 trln so’mga yaqin elektrotexnika mahsulotlari mahalliy korxonalardan xarid qilinishi belgilangan.

➡️
Mazkur belgilangan vazifalarni o’z vaqtida bajarish, mahalliy korxona, tarmoq va tashkilotlar o’rtasida kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish bo’yicha “O’zeltexsanoat” uyushma faol ish olib bormoqda.

➡️
Xususan, uyushmaning Mahalliylashtirish va kooperatsiyani kengaytirish boshqarmasi mas’ullari joriy yil 7-8-fevral kunlari Andijon viloyatida xizmat safarida bo’ldilar.

➡️
Mazkur safar mobaynida mahalliy korxonalar o’rtasida uchrashuvlar o’tkazilib, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo’yicha muzokaralar olib borildi.

➡️
“Artikul Kabel”, “Texno Cable Group”, “Grand Texnolog” kabi mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari ham mazkur muzokaralarda ishtirok etdilar.

➡️
Xususan, avtomobillar uchun butlovchi qismlar (jgut) ishlab chiqaruvchi “O’z KOJI”, “ADM Electrics” va “Auto Tech Harness” korxonalariga tashrif buyurildi. Shuningdek, mazkur korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

➡️
Tashrif doirasida avtomobillar uchun jgut ishlab chiqarishda foydalaniladigan kabel-sim mahsulotlarini mahalliy korxonalar tomonidan yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

➡️
Shu bilan birga, mahalliy elektrotexnika korxonalari tomonidan kelgusida avtomobil dvigatellari uchun simlarni ishlab chiqarib, yetkazib berish fikrlar almashildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿
Uz
🇷🇺
Рус
🇬🇧
En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 11
➡️
#Kooperatsiya #hamkorlik

⚡️
Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarga vitrinali sovutgichlarni yetkazib berish muhokama qilindi

➡️
Kuni kecha "O'zeltexsanoat" uyushmasida kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirishga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

➡️
Uchrashuvda "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ullari, Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilar uyushmasi va unga a'zo korxonalar vakillari ishtirok etdilar.

➡️
Shu bilan birga, ko'plab turdagi sovutgichlar ishlab chiqaruvchi "Sam-Ferre", "Premier", Texnopark", "Artel" va "Devi Tashkent" kabi mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari mutaxassislari ham ushbu uchrashuvda qatnashdilar.

➡️
Uchrashuvda vitrinali sovutgichlarga bo'lgan ichki talabni mahalliy mahsulotlar hisobiga qoplash, kooperatsiya asosida mahsulotlarni yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

➡️
Xususan, Pepsi, Lipton, Coca-cola, Fanta, Dinay, Montella, Chortoq, Tropic kabi ko'plab brendlar ostida ishlab chiqarilayotgan ichimliklarni saqlashga mo'ljallangan bir necha turdagi vitrinali sovutgichlar bilan ta'minlash bo'yicha fikrlar almashildi

➡️
Ushbu turdagi mahsulotlarga ehtiyoji bo'lgan ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonalardan mazkur mahsulotga oid texnik talablarni olishga kelishildi.

➡️
Tomonlar hamkorlikdan o'zaro manfaatdor ekanliklarini, bu borada birgalikda ish olib borishlarini ta'kidladilar.

➡️
Importni optimizatsiya qilish, mahalliy tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo’yicha uyushma va a’zo korxonalar tomonidan olib borilayotgan bu kabi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 28
➡️
#Kooperatsiya

⚡️
Kooperatsiyani kengaytirish bo'yicha tadbirlar tashkil etilmoqda

➡️
Bugungi kunda “Texnopark", “Artel Electronics Manufacturing” va boshqa yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida qurilmalar ishlab chiqarish va energiya samarador texnologiyalarni keng joriy etish borasida muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.

➡️
So‘nggi yillar davomida quyosh energiyasidan foydalanuvchi quyosh panellari, elektromobillar uchun quvvatlash qurilmalari, quyosh kollektori asosidagi suv isitkichlari, qattiq yoqilg‘ida ishlovchi isitish tizimlari, individual issiqlik punktlari, shuningdek, energiya samarador maishiy texnika vositalari kabi zamonaviy va ekologik mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

➡️
Ushbu mahsulotlar nafaqat sanoat, balki turar-joy sektorida ham keng qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, mamlakatda energiya samaradorligini oshirish va ekologik muvozanatni saqlashga xizmat qilmoqda.

➡️
Shu munosabat bilan, “Texnopark” hamda “Artel Electronics Manufacturing” kompaniyalari tomonidan "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ, "UzAuto Motors" AJ va boshqa yirik sanoat obyektlari hududida ko‘chma ko‘rgazma-savdolar tashkil etildi.

➡️
Ushbu tadbirlar doirasida iste’molchilar, sanoat mutaxassislari va soha vakillari energiya samarador qurilmalar bilan bevosita tanishish, ularning ishlash mexanizmi va foydalari haqida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo'ldilar.

➡️
Mazkur tashabbuslar O‘zbekistonda sanoatni ekologik jihatdan barqaror rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi texnologiyalarni mahalliylashtirish va aholining innovatsion mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 11
➡️
#Kooperatsiya #uchrashuv

⚡️
"Acwa Power" va "L&T Construction" kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi

➡️
Kuni kecha “O‘zeltexsanoat” uyushmasida yirik xalqaro hamkorlikka oid muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Saudiya Arabistonining “Acwa Power” kompaniyasi mintaqaviy direktori Jon Zaidi, ushbu kompaniyaning strategik pudratchi hamkori – Hindistonning “L&T Construction” kompaniyasi MDH davlatlari bo‘yicha rahbari Radjan Bansal boshchiligidagi delegatsiya hamda O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining 20 dan ortiq yetakchi korxonalari vakillari ishtirok etdilar.

➡️
Uchrashuvning asosiy mavzusi – O‘zbekiston hududlarida “Acwa Power” investitsiyalari hisobidan qurilishi rejalashtirilgan quyosh elektr stansiyalarini barpo etish jarayonida, “L&T Construction” tomonidan pudrat asosida amalga oshiriladigan qurilish va montaj ishlari uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarning elektrotexnika mahsulotlarini, jumladan: kabel-sim mahsulotlari, kuchlanish qurilmalari metall-karkas, sovutish tizimlari va boshqa shu kabi zaruriy jihozlarni yetkazib berish masalalarini muhokama qilish bo‘ldi.

➡️
Uchrashuv davomida tomonlar o‘z talab va ehtiyojlari, texnik spetsifikatsiyalar hamda yetkazib berish imkoniyatlari haqida batafsil taqdimotlar qilishdi.

➡️
Xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, xalqaro standartlarga mos sertifikatsiyalangan mahsulotlari va eksport salohiyatlari bilan tanishtirdilar.

➡️
Mazkur muzokaralar, nafaqat milliy sanoat salohiyatini namoyon etish, balki “yashil energetika” sohasidagi global investitsiyaviy loyihalarga mahalliy kooperatsiyani kengaytirish nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etdi.

➡️
Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari tomonidan 2030-yilga borib O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan elektr stansiyalarining umumiy quvvatini 27 gigavattga yetkazish vazifasi belgilangan.

➡️
Shu munosabat bilan yurtimizda amalga oshiriladigan yashil energetika loyihalari uchun $500 million dollarlik kabel-sim mahsulotlariga ehtiyoj mavjudligi qayd etilgan.

➡️
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi mazkur strategik yo‘nalishda “Acwa Power”, “Masdar”, “L&T Construction” kabi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga va mahalliy mahsulotlar eksportini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy hamkorlikni davom ettiradi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 29
➡️
#Kooperatsiya #hamkorlik

⚡️
“Acwa Power” va “L&T Construction” kompaniyalari vakillari O‘zbekistonning elektrotexnika sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

➡️
Saudiya Arabistonining “Acwa Power” kompaniyasi mintaqaviy direktori Jon Zaidi, ushbu kompaniyaning strategik pudratchisi – Hindistonning “L&T Construction” kompaniyasi MDH davlatlari bo‘yicha rahbari Radjan Bansal boshchiligidagi delegatsiya “Uzelectroapparat-electroshield” va Texnopark korxonalariga tashrif buyurdi.

➡️
Tashrifdan asosiy maqsad – O‘zbekiston hududlarida “Acwa Power” investitsiyalari hisobidan qurilishi rejalashtirilgan quyosh elektr stansiyalari loyihalari doirasida, “L&T Construction” tomonidan amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari uchun zarur bo‘lgan kabel-sim mahsulotlari, kuchlanish qurilmalari, metall-karkas, sovutish tizimlari va boshqa elektrotexnika jihozlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan yetkazib berish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

➡️
Delegatsiya vakillari mazkur korxonalar ishlab chiqarish maydonlari, texnologik liniyalari, mahsulot sifati, xalqaro standartlarga muvofiqlik va eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.

➡️
Shuningdek, tomonlar o‘zaro texnik talablar, hamkorlik shartlari hamda ehtimoliy kelishuvlar yuzasidan fikr almashdilar.

➡️
Mazkur tashrif O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlarini xalqaro energetika loyihalariga integratsiya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning “yashil energetika” sohasidagi global loyihalarda ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 30
➡️
#kooperatsiya #Acwa_Power

⚡️
“Acwa Power” va “L&T Construction” vakillari “Enter Steel” va Texnopark korxonalariga tashrif buyurdi

➡️
Saudiya Arabistonining yirik energetika investori — “Acwa Power” kompaniyasi mintaqaviy direktori Jon Zaidi hamda uning strategik pudratchisi, Hindistonning “L&T Construction” kompaniyasi MDH davlatlari bo‘yicha rahbari Radjan Bansal hamda Energetika vazirligi mas'ul xodimlari boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonning elektrotexnika sanoatida faoliyat yuritayotgan “Enter Steel” va Texnopark korxonalariga tashrif buyurdi.

➡️
Tashrifdan asosiy maqsad“Acwa Power” tomonidan investitsiya kiritilayotgan quyosh elektr stansiyalari loyihalari doirasida, “L&T Construction” tomonidan amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlariga zarur bo‘lgan elektrotexnika jihozlari va materiallarini — xususan, elektr uzatish liniyasi metall ustunlari (лэп опора), metall konstruksiyalar va boshqa elektrotexnika vositalariga bo'lgan ehtiyojni O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisobidan ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

➡️
Delegatsiya vakillari korxonalar ishlab chiqarish maydonlari, texnologik jarayonlari, mahsulot sifati va xalqaro standartlarga muvofiqlik darajasi bilan yaqindan tanishdilar.

➡️
Uchrashuv davomida texnik talablar, hamkorlik shartlari va ehtimoliy kelishuvlar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.

BATAFSIL»

🇺🇿
Uz
🇷🇺
Рус
🇬🇧
En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 1
➡️
#DHMT_Global #kooperatsiya

⚡️
“DHMT Global” korxonasida mahsulotlarni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

➡️
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi Mahalliylashtirish va kooperatsiyani kengaytirish boshqarmasi mutaxassislari Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilgan, Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan “DHMT Global” korxonasiga xizmat safari uyushtirdilar.

➡️
Mazkur korxonada bugungi kunda KOMT brendi ostida mikrofonlar, ovoz kuchaytirgichlar, miksherlar, konferensiya tizimlari, audio ekvalayzerlar, ovoz yozish uskunalari kabi zamonaviy audiovizual multimedia mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

➡️
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — korxona mahsulotlarini mahalliylashtirish darajasini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, shuningdek, mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

➡️
Uchrashuv davomida korxonaning yangi o‘zlashtirilayotgan mahsulotlarini bosqichma-bosqich mahalliylashtirish, ularni respublikadagi boshqa tarmoq korxonalari, vazirlik va idoralarga yetkazib berish yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo'yicha fikr almashildi.

➡️
Shuningdek, mahsulotlarni nafaqat ichki bozorga, balki eksport bozorlariga olib chiqish, xorijiy bozorlarni o‘rganish va eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish belgilandi.

➡️
Tashrif doirasida yangi tashkil etilgan korxonalar uchun amal qiladigan soliq, bojxona, mahalliylashtirish hamda eksport faoliyatiga oid imtiyozlar yuzasidan zaruriy ma’lumot va tushuntirishlar taqdim etildi.

➡️
Tomonlar kelgusida korxona faoliyatini rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha yaqindan ishlashga kelishib oldilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 7
➡️
#Kooperatsiya #uchrashuv

⚡️
"L&T Construction" va mahalliy korxonalar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

➡️
Bugun "O‘zeltexsanoat" uyushmasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi investitsiyasi asosida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan muqobil energetika loyihalarining bosh pudratchisi – "L&T Construction" kompaniyasining rahbari Radjan Bansal, kompaniyaning ta’minot bo‘yicha direktori Ravikiran Ransubhe, hamda mahalliy kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalar – "Uzkabel", "TCG", "Prokab" va "Artikul Aziya Kabel" vakillari ishtirok etdi.

➡️
Uchrashuvda "L&T Construction" kompaniyasi tomonidan yurtimizda barpo etilayotgan quyosh elektr stansiyalariga zarur bo‘lgan kabel-sim mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan yetkazib berish bo‘yicha narx takliflari va hamkorlik shartlari atroflicha muhokama qilindi.

➡️
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilib, kelgusida ishlab chiqiladigan tijorat takliflarini o‘rganish va batafsil ko‘rib chiqish niyatida ekanliklarini bildirdilar.

BATAFSIL»

🇺🇿
Uz
🇷🇺
Рус
🇬🇧
En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 8
➡️
#kooperatsiya

⚡️
“L&T Construction” kompaniyasi vakillari mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

➡️
Saudiya Arabistonining “ACWA Power” investitsiyalari asosida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan muqobil energetika loyihalarining bosh pudratchisi – “L&T Construction” kompaniyasi vakillari “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari hamrohligida ChTZ, Elstan va Mega Trans Energy korxonalariga tashrif buyurdi.

➡️
Tashrif doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan yirik energetika loyihalari ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan kuchlanish qurilmalarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

➡️ Xalqaro miqyosda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lgan “L&T Construction” vakillari, korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik imkoniyatlari va mahsulot turlari bilan yaqindan tanishdi.

➡️
Uchrashuv davomida tomonlar o'zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, kelgusidagi qo‘shma loyihalar va texnik yechimlarni hayotga tatbiq etish borasida fikr almashdilar.

➡️
Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda muqobil energetika sohasidagi yirik loyihalarni kengaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar salohiyatidan samarali foydalanish va sanoat infratuzilmasini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 16
➡️
#Xitoy #kooperatsiya

⚡️
"O‘zeltexsanoat" uyushmasida Xitoyning yirik energetika kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


➡️
Joriy yil 22-may kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida Xitoyning yirik energetika kompaniyalari – "China Electrical Equipment", "China Huadian Overseas Investment" va "Poly Changda" vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

➡️
Uchrashuvda Xitoy tomonidan "China Electrical Equipment" kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh vakili Ma Jun, shuningdek "China Huadian Overseas Investment" va "Poly Changda" kompaniyalarining mas’ul vakillari ishtirok etdi.

➡️
O‘zbekiston tomonidan Energetika vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda mamlakatda faoliyat yuritayotgan kabel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalar vakillari qatnashdi.

➡️
Muhokama mavzusi: Jizzax viloyati Forish tumanida barpo etilishi rejalashtirilayotgan 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi hamda kompaniyalarning respublika hududida muqobil energetika yo'nalishida kelgusida amalga oshirishi rejalashtirilgan loyihalari doirasida, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kabel mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.


➡️ Tomonlar ushbu yirik energetika loyihasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan keng foydalanish, ayniqsa kabel mahsulotlarini mahalliylashtirish, transport va logistika jarayonlarini optimallashtirish, shuningdek uzoq muddatli hamkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdilar.

➡️
Uchrashuv yakunida loyiha ishtirokchilari o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va mahalliy sanoat salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy choralarni belgilab olishdi.

➡️
Mazkur loyiha O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish hamda milliy energetika tizimini modernizatsiya qilishda muhim bosqichlardan biri bo‘lib, xususiy sektor bilan xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish imkonini beradi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 22
➡️
#Uzkabel #kooperatsiya

⚡️ “Uzkabel” mahsulotlari "ACWA Power" loyihalarida qo‘llanilishi kutilmoqda: xalqaro pudratchi bilan muzokaralar o‘tkazildi


➡️
Bugun “Uzkabel” AJ QKda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruv raisi, korxona rahbariyati hamda Hindistonning yirik sanoat va inshoot qurilish kompaniyasi — “L&T Construction” kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

➡️
Ushbu kompaniya O‘zbekiston hududida “ACWA Power” tomonidan amalga oshirilayotgan muhim muqobil energetika loyihalarining bosh pudratchisi hisoblanadi.

➡️ Uchrashuv davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan energetika loyihalari doirasida yuqori kuchlanishli 220 kV kabel mahsulotlarini “Uzkabel” korxonasidan kooperatsiya asosida xarid qilish masalasi muhokama qilindi.


➡️
Muzokaralar kabel mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha tijorat shartlari, texnik parametrlar va hamkorlik formatlarini aniqlashtirishga qaratildi.

➡️
Shuningdek, mahsulotlarning texnik talablarga muvofiqligi, sifat darajasi, tashqi omillarga chidamliligi, sertifikatlash jarayonlari va laboratoriya sinovlari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

➡️
Mazkur muloqot “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xalqaro loyihalarga jalb etish, eksport salohiyatini oshirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish yo‘lida navbatdagi muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 24
➡️
#Kooperatsiya #Dongfang

⚡️ Xitoyning yirik energetika investori “Dongfang Electrical Corporation” vakillari bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi


➡️
Bugun, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas'ullari tashabbusi bilan “Uzkabel” AJ va “Procab” MCHJ QK korxonalarida Xitoyning “Dongfang Electrical Corporation” kompaniyasining MDH (MDH – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi) bo‘yicha vakili janob Wu Hao ishtirokida navbatdagi uchrashuvlar tashkil etildi.

🔹 “Dongfang Electrical Corporation” – xalqaro miqyosda tan olingan, energetika infratuzilmasini barpo etishga ixtisoslashgan yirik kompaniya bo‘lib, bugungi kunda Masdar, ACWA Power, China Datang, China Huadian Overseas kabi global miqyosdagi investorlarga Bosh pudratchi sifatida xizmat ko‘rsatmoqda.

➡️
Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan O‘zbekiston hududida amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan qator strategik loyihalar muhokama qilindi. Jumladan:

Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanida quvvati 320 MW bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi qurilishi;

Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida 300 MW quvvatdagi quyosh elektr stansiyasi loyihasi;

Buxoro viloyati, Olot tumanida 150 MW quvvatga ega energiya saqlash tizimi;

Shamol va gidro elektr stansiyalari qurilishiga oid istiqbolli loyihalar.


➡️
Uchrashuvda asosiy e’tibor mazkur loyihalarda foydalaniladigan kabel-sim mahsulotlarini O‘zbekistonning mahalliy elektrotexnika korxonalaridan kooperatsiya asosida xarid qilish masalasiga qaratildi.

➡️
Bu orqali nafaqat mahsulot yetkazib berish bo‘yicha yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi, balki elektrotexnika sanoatining salohiyati va mahalliylashtirish ko‘rsatkichlari ham sezilarli darajada oshadi.

➡️
Tomonlar o‘rtasida mahsulot turlari va texnik parametrlar yuzasidan fikr almashinuvi asosida muzokaralar olib borilib, yaqin kunlarda amaliy kelishuvlarga erishish bo‘yicha o‘zaro manfaatli takliflar bildirildi.

➡️
Xorijiy yirik kompaniyalar bilan bunday strategik aloqalar elektrotexnika sanoatining yirik loyihalarda faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 27
➡️ #Kooperatsiya #hamkorlik

⚡️
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan strategik hamkorlik yo‘lida yana bir muhim uchrashuv amalga oshirildi


➡️
Samarqand viloyatida joylashgan “Sam-Ferre” korxonasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unga “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchi korxonalar uyushmasi raisi tashrif buyurdi.

➡️ Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad - Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchi korxonalar uyushmasi a'zolari bo'lgan International Beverages Tashkent (Pepsi), Chortoq Mineral Water, Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan Ltd, Family Group, Gorilla Energy Uzbekistan, Ricomel Beverages va Navruz International Corp kabi yirik korxonalarga "Sam-Ferre" korxonasida ishlab chiqarilayotgan "Kleo" va "Ferre" brendi ostidagi vitrinali sovutgichlarni yetkazib berish imkoniyatlarini o'rganishdan iborat bo'ldi.


➡️ Tashrif davomida mehmonlar “Sam-Ferre” korxonasida vitrinali sovutgichlarning ishlab chiqarish jarayoni, ularning mahalliylashtirilgan butlovchi qismlar bilan to‘liq ta’minlanish darajasi va sifat hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi bilan bevosita tanishdilar.

➡️
Ushbu uchrashuv ichki ishlab chiqaruvchilar bilan yirik iste’molchilar o‘rtasidagi kooperatsion aloqalarni mustahkamlash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ulushini oshirish va mahalliy sanoatni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

➡️
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi bunday tashrif va muloqotlarni doimiy asosda tashkil etib, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni yangi bozorlarga olib chiqish, ularning mahsulotlarini kooperatsiya asosida mahalliy yirik xaridorlarga yetkazib berish orqali tarmoq integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

➡️
Mazkur tashrif ham sanoat tarmoqlari o‘rtasida amalda hamkorlik ko‘priklari qurilayotganidan dalolat beradi.

🇷🇺
Рус
🇬🇧
En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 7
➡️
#Kooperatsiya

⚡️
"O‘zeltexsanoat" uyushmasida muqobil energetika bo‘yicha yirik xalqaro kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi


➡️ 2024-yil 11-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-139-sonli Farmoni talablarini bajarish doirasida, joriy yilning 16-iyul kuni "O‘zeltexsanoat" uyushmasi binosida Energetika vazirligi bilan hamkorlikda muhim ishchi uchrashuvlar tashkil etildi.

➡️ Tadbirda muqobil energetika yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yirik xalqaro investor kompaniyalar, ularning bosh pudratchilari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, Energetika vazirligi vakillari hamda uyushma mas'ullari ishtirok etdi.

➡️
Uchrashuvlarning birinchi kuni Saudiya Arabistonining "ACWA Power", Birlashgan Arab Amirliklaridan "AMEA Power", "Masdar", Xitoyning "Universal Energy", Yaponiyaning "Toyota Tsusho Corporation" kabi yetakchi kompaniyalari hamda ularning bosh pudratchilari – "Larsen & Toubro", "Power China Huadong Engineering Corporation Limited" (HDEC), "Jackson Green", "Dongfang Electric Corporation", "SEPCO III" vakillari mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan bevosita muloqot olib bordilar.


➡️ Uchrashuvlar davomida muqobil energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarda mahalliy ishlab chiqarilgan elektrotexnika mahsulotlarini yetkazib berish zanjiriga o‘zbek korxonalarini faol jalb qilish, hamda loyihalarda mahalliy kontent ulushini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

➡️
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z korxonalarining texnologik salohiyati, mahsulot turlari va imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazib, xorijiy kompaniyalar vakillarining savollariga batafsil javob berdilar.

➡️
Uchrashuvlar yakunida tomonlar o‘zaro aloqa va hamkorlikni mustahkamlash, kelgusidagi loyihalarda mahalliy kontent ulushini oshirish hamda kooperatsiya asosida ishlash borasida kelishuvlarga erishdilar. Bu esa loyihalar doirasida mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar ulushini oshirishga va ishlab chiqarish salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 16
➡️ #Kooperatsiya

⚡️
"O‘zeltexsanoat" uyushmasida muqobil energetika loyihalari bo‘yicha xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik muloqotlari davom etdi


➡️ 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Prezident farmoni ijrosi doirasida, 2025-yil 17-iyul kuni "O‘zeltexsanoat" uyushmasi binosida Energetika vazirligi bilan hamkorlikda muqobil energetika yo‘nalishida ish olib borayotgan yirik xalqaro kompaniyalar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokida ikkinchi kun uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

➡️
Bugungi uchrashuvda Germaniya, Yaponiya, BAA, Qatar va Xitoy kabi davlatlardan tashrif buyurgan "Hyper Partners", "Tepelen Group", "Sojits Corporation", "Nebras Power", "China Energy Overseas Investment", "China Electrical Equipment", "Poly Changda", "Sany Renewables", "Eagle Rise", "Sinoma Energy" va "China Energy ZEPDI" kabi kompaniyalar vakillari mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita muzokaralar olib bordilar.


➡️
Muloqot davomida xorijiy investorlar va ularning bosh pudratchilari amalga oshirayotgan muqobil energetika loyihalariga o‘zbek elektrotexnika mahsulotlarini keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.

➡️
Xususan, loyihalarda mahalliy kontent ulushini oshirish, ishlab chiqaruvchilar salohiyatini chuqur o‘rganish, hamkorlikda ishlab chiqarish va kooperatsion aloqalarni kengaytirish yuzasidan aniq taklif va fikrlar almashildi.

➡️
Mahalliy kompaniyalar o‘z mahsulotlari, ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik imkoniyatlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazib, xorijiy mutaxassislarning savollariga javob berdilar.

➡️
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, loyihalarda o‘zbek mahsulotlarining ishtirokini kengaytirish va uzoq muddatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar. Bu esa elektrotexnika sanoati salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 17
➡️ #Kooperatsiya #Akfa #gorelka

⚡️ Respublikamizda ilk bor gaz plitalar uchun "GORELKA" mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yildi


➡️
Mamlakatimizda gaz plitalari uchun mo‘ljallangan gorelka mahsuloti ilk bor ishlab chiqarila boshlandi. Mazkur yangi ishlab chiqarish loyihasi AKFA GROUP kompaniyasi tomonidan yo‘lga qo‘yildi.

➡️
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunga qadar gorelka mahsuloti mamlakatimizga asosan xorijdan import qilinar edi va o'rtacha yillik import hajmi $ 7 million AQSh dollarini tashkil etar edi. Endilikda esa, AKFA GROUP kompaniyasida ushbu mahsulotni mahalliylashtirish hisobiga nafaqat ichki bozor ehtiyojlari to‘liq qondiriladi, balki import hajmini optimallashtirish hamda valyuta chiqimini qisqartirish imkoniyati yaratiladi.


➡️
Bundan tashqari kelgusi yillarda ushbu mahsulotlarni eksportga yo'naltirish ham maqsad qilingan.

➡️
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi Mahalliylashtirish va kooperatsiyani rivojlantirish boshqarmasi mas’ullari tomonidan AKFA GROUP kompaniyasia tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida korxonada gaz plitalari uchun gorelka ishlab chiqarish texnologik jarayonlari, mahsulotning turlari, sifati va standartlarga muvofiqligi chuqur o‘rganildi.

➡️ Muzokaralar davomida AKFA GROUP kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan gorelkalarni maishiy texnika ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalariga yetkazib berish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, mahsulot sifatini oshirish va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


➡️ Shuningdek, mutasaddilar tomonidan ishlab chiqarish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan va ilg‘or sifat nazorati tizimlaridan foydalanilayotgani, korxonaning ishlab chiqarish quvvati va kengaytirish salohiyati alohida qayd etildi.

➡️ Mazkur loyiha doirasida mahalliy ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, shuningdek, mahalliy mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlari ham kengayadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 24
➡️ #HDEC #kooperatsiya

⚡️ Muqobil energetika loyihalari doirasida xalqaro hamkorlik muloqotlari davom etdi


➡️ 2025-yil 25-iyul kuni Uzkabel korxonasida "ACWA Power" kompaniyasining Bosh pudratchisi Xitoyning "Power China Huadong Engineering Corporation" (HDEC) kompaniyasi vakillari ishtirokida ishchi uchrashuv tashkil qilindi.

➡️ Uchrashuvda HDEC tomonidan respublikamizda muqobil energetika yo'nalishida amalga oshirilayotgan loyihalarga kabel-sim mahsulotlari yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.


➡️ Uchrashuv davomida xorijiy kompaniya vakillari korxonaning ishlab chiqarish hududiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari, sinov labaratoriyalari, mahsulotlar sifati, texnologik xususiyatlarini o'rgandilar.

➡️ Bundan tashqari tomonlar kooperatsiya asosida yetkazilib berilishi kutilayotgan mahsulotlarning texnik parametrlari hamda standartlari bo'yicha muzokara o'tkazdilar.

➡️ Ma'lumot uchun: "Power China Huadong Engineering Corporation Limited" (HDEC) 1954-yilda Xitoyning Xanjou shahrida tashkil topgan hamda muqobil energetika sohasida qurilish va injenerlik ishlarini olib boruvchi yirik xalqaro kompaniya hisoblanadi. Kompaniya bugungi kunda dunyoning 70 dan ortiq davlatida 400 dan ziyod loyihalarga ega.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 25
➡️ #Midea #kooperatsiya #Jizzax

⚡️ “Midea” brendi ostidagi konditsionerlar uchun 20 dan ortiq butlovchi qismlar birinchi bosqichda mahalliylashtiriladi


➡️ Xabaringiz bor, yaqinda Davlatimiz rahbari Jizzaxga tashrifi chog’ida Zomin texnoparki hududidagi yangi sanoat loyihalari bilan tanishgan edi. Ular orasida yiliga 300 ming dona maishiy elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, “Midea” brendi ostida faoliyat yurituvchi korxona ham bor.

➡️ Davlat rahbari tashrif chog’ida qiymati $42 million dollar bo'lgan mazkur loyihaning mahalliylashtirish darajasini oshirib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar turini kengaytirish hamda mahalliy korxonalardan kooperatsiya asosida butlovchi qismlarni yetkazib berish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan edi.

➡️ Bugun “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Mahalliylashtirish va kooperatsiyani rivojlantirish boshqarmasi mas’ullari tomonidan “Midea Uzbekistan” kompaniyasiga tashrif buyurildi.

➡️O'rganish davomida korxonaga zarur bo’lgan konditsionerlar uchun butlovchi qismlarni kooperatsiya asosida mahalliy korxonalardan yetkazib berish, mahsulot sifatini oshirish va import o‘rnini bosuvchi 20 dan ortiq butlovchi qismlarni esa shu yerning o’zida mahalliylashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi va keyingi rejalar belgilab olindi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 29
➡️ #Roison #kooperatsiya

⚡️ “Roison” korxonasi faoliyatida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish muhokama qilindi


➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi Mahalliylashtirish va kooperatsiyani kengaytirish boshqarmasi mas’ullari Jizzax viloyatida joylashgan mamlakatimizning yetakchi maishiy texnika ishlab chiqaruvchilardan biri — “Roison” korxonasida bo‘lib, uning ishlab chiqarish jarayonlari va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ Korxona bugungi kunda muzlatgichlar, televizorlar, gaz plitalar va konditsionerlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi. Shuningdek, “Roison” mahsulotlari eksport yo‘nalishlarida ham o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.

➡️ Tashrif davomida korxonaning texnologik liniyalari va ishlab chiqarish jarayonlari batafsil o‘rganildi. Mahalliy korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, butlovchi qismlar va tayyor mahsulotlar yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Shu bilan birga, ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini bosqichma-bosqich oshirish, yangi texnologiyalarni tadbiq etish va eksport salohiyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

‼️ BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 30