Uzbekistan Chess Federation
4.28K subscribers
16.5K photos
348 videos
78 files
2.04K links
Ўзбекистон Шахмат Федерацияси
расмий телеграм канали

Официальный телеграм канал
Федерации Шахмат Узбекистана

🌐 instagram.com/uzchessofficial/
🌐 fb.me/uzchessofficial/

Тел.: +998955111200
Download Telegram
🏆 Ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova tantanali kutib olindi!

😄Xabar berganimizdek, Braziliyada o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan FIDE jahon chempionatida tarixiy g‘alabaga erishgan hamyurtimiz Afruza Hamdamova bugun tongda Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Marosimda Yoshlar ishlari agentligi direktori, Shaxmat Federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev, Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudovlar ishtirok etib, ikki karra jahon chempioni va uning murabbiyga pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

👏O'zbekiston shaxmat federatsiyasi jamoasi, xalqimizning faxri bo‘lgan Afruza Hamdamova va uning murabbiylarini mazkur tarixiy g‘alaba bilan samimiy qutlaydi!

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🔥23👏18🏆7🎉5❤‍🔥3🤩1
Para shaxmat bo'yicha Osiyo Chempionati boshlandi!

🌍 Qirg'izistonning Bishkek shahrida nogironligi bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Yurtimiz shaxmatchilari ham ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston sharafini himoya qilishmoqda.

📊Yurtdoshlarimizning 2 turdan keyingi natijalari:

- Zayniddinov Sirojiddin — 2 ochko
- Kimsanboyev Axadxon — 1.5 ochko
- Mamarajov Sardorbek — 1.5 ochko
- Ergashev Ilhom — 0.5 ochko
- Eshmuratov Abbas — 1 ochko
- Ikromaliyeva Sabohat — 1.5 ochko
- Izentayeva Aynura — 1 ochko
- Do'stmurodov Bobur — 1 ochko


🤝 Shaxmatchilarimizga keyingi turlarda ham omad tilab qolamiz!

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🔥9🏆5👏4❤‍🔥1🤩1
⚡️Afruza Hamdamovaning jahon chempionatidagi statistikasi:

😄G'alabalar: 10
🤝Duranglar: 1
👎Mag'lubiyatlar: yo'q

➡️2508 performans
📈+30.4 reyting ochkolari

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🔥47👏10🤩5
Para shaxmat bo'yicha Osiyo Chempionati davom etmoqda

🌍 Yurtimiz shaxmatchilari ham ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston sharafini himoya qilishmoqda.

📊Yurtdoshlarimizning 5 turdan keyingi natijalari:

- Zayniddinov Sirojiddin — 4 ochko
- Kimsanboyev Axadxon — 3.5 ochko
- Mamarajabov Sardorbek — 3.5 ochko
- Ergashev Ilhom — 2 ochko
- Eshmuratov Abbas — 2.5 ochko
- Ikromaliyeva Sabohat — 3 ochko
- Izentayeva Aynura — 3 ochko
- Do'stmurodov Bobur — 3.5 ochko


➡️To'liq natijalar


🤝Shaxmatchilarimizga keyingi turlarda ham omad tilab qolamiz!

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🔥8👏4🏆4
⚡️Nilufarxon Imomqo'ziyevaning jahon chempionatidagi statistikasi:

😄G'alabalar: 6
🤝Duranglar: 2
👎Mag'lubiyatlar: 3

➡️2044 performans
📈+94 reyting ochkolari

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
👏25🎉5🔥4
Prezident kubogi boshlanishiga 5 kun qoldi

⚡️2024-yil 20-30-noyabr kunlari Toshkent shahri yirik xalqaro turnirga mezbonlik qiladi.

➡️Ushbu musobaqada ishtirok etadigan Top 10 shaxmatchilar va ularning FIDE reytinglari:

1. 🇺🇿 GM Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) – 2777
2. 🇮🇷 GM Parham Maghsoodloo (Eron) – 2712
3. 🇮🇷 GM M. Amin Tabatabaei (Eron) – 2686
4. 🇺🇿 GM Javohir Sindarov (O‘zbekiston) – 2682
5. 🇺🇿 GM Shamsiddin Vohidov (O‘zbekiston) – 2681
6. 🇮🇳 GM Nihal Sarin(Hindiston) – 2676
7. 🇺🇿 GM Nodirbek Yoqubboyev (O‘zbekiston) – 2668
8. 🇮🇳 GM Abhimanyu Puranik (Hindiston) – 2652
9. 🇮🇳 GM Murali Kartikeyan (Hindiston) – 2625
10. 🇮🇳 GM M. Pranesh (Hindiston) – 2580

🔥Ushbu 10 nafar shaxmatchining o‘rtacha FIDE reytingi 2674.9 bo‘lib, bu turnirning naqadar yuqori saviyada o‘tishini ko‘rsatadi.

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🔥12👏4🏆31
🏆TASHKENT CHESS 2024!

"Sky Chess" maktabi "Toshkent shahar hokimligi" va "O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi" bilan birgalikda 16-22 dekabr kunlari Toshkent shahrida “TASHKENT CHESS” xalqaro turnirini o‘tkazadi!

🤑Sovrin jamg'armasi - 300 000 000 so'm!


Turnir uchta guruhga bo'lingan:
- Masters - Grossmeysterlar va professionallar, bu yerda jang shiddatli va qiziqarli bo'ladi!
- Challengers- o'zlarining kuchlari va ambitsiyalarini namoyish etishga tayyor ishtirokchilar!
- Age group - professional shaxmat arenasiga ilk qadamlarini qo'yadigan yosh iste'dodlar uchun guruh!

Ro'yxatdan o'tish uchun havola
👏16🏆4🎉3
🏆Para shaxmat bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda, va yurtimiz shaxmatchilari O'zbekiston sharafini munosib himoya qilishmoqda.

🇺🇿Yurtdoshlarimizning 7-turdan keyingi natijalari:

- Zayniddinov Sirojiddin — 5 ochko
- Mamarajabov Sardorbek — 5 ochko
- Kimsanboyev Axadxon — 4 ochko
- Ergashev Ilhom — 3,5 ochko
- Eshmuratov Abbas — 3 ochko
- Ikromalieva Sabokhat — 4 ochko
- Izentayeva Aynura — 4 ochko
- Dustmurodov Bobur — 4,5 ochko


👉To'liq natijalar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Shaxmatchilarimizga keyingi turlarda ham omad tilaymiz!

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
👏5🔥2🤩1
Bugun Prezident Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 9 nafar a’zolari tayinlandi.

Jumladan Yoshlar ishlari agentligi direktori, O'zbekiston shaxmat federatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari Sa'dullayev Alisher Zafarovich Oliy Majlis Senatining a'zosi etib qayta tayinlandi.

O'zbekiston shaxmat federatsiyasi Sa'dullayev Alisher Zafarovich va boshqa Senat a'zolarining faoliyatiga omad va zafarlar tilaydi.
🔥39👏12❤‍🔥6🎉21
🌍FIDE Jahon Kadetlar Shaxmat Chempionati 2024 - Montesilvano, Italiya 🇮🇹

🔥Shaxmatning yosh iqtidorlari Montesilvanoda g‘alaba uchun kurashmoqda! 15-noyabrdan 26-noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqada dunyoning turli burchaklaridan eng kuchli U8, U10 va U12 toifasidagi yosh shaxmatchilar ishtirok etmoqda.

➡️Chempionatda 77 ta davlatdan kelgan shaxmatchilar g'oliblik uchun kurash olib borishyapti
🏅Har bir toifadagi g‘oliblar medallar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
📈Chempionat davomida yosh iqtidorlar xalqaro reytinglar uchun muhim natijalar qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.

🇺🇿Musobaqada O'zbekiston sha'rafini 17 nafar shaxmatchimiz himoya qilmoqda.

🤝Hamyurtlarimizga turnir davomida omad tilab qolamiz!

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
👏11🔥3🏆1
Osiyo chempionatida shaxmatchilarimizdan yorqin g‘alabalar!

🏆Qirg'izistonda o'tkazilgan Para shaxmat bo'yicha Osiyo chempionatida yurtimiz shaxmatchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini yuksaltirdilar. Ular quyidagi yutuqlarga erishdilar:

Kattalar o'rtasida:

- Eshitish qobiliyati cheklanganlar toifasi:
- 🥇Zayniddinov Sirojiddin — 1-o'rin
- Mamarajabov Sardorbek — 5-o'rin

- Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar toifasi:
- 🥉Kimsanboyev Axadxon — 3-o'rin

- Jismoniy imkoniyati cheklanganlar toifasi:
- Eshmuratov Abbas — 5-o'rin
- Ergashev Ilhom — 9-o'rin

Yoshlar o'rtasida:

- Eshitish qobiliyati cheklanganlar toifasi:
- 🥉Dustmurodov Bobur — 3-o'rin

- Eshitish qobiliyati cheklangan qizlar toifasi:
- 🥈Izentayeva Aynura — 2-o'rin

- Ko‘rish qobiliyati cheklangan qizlar toifasi:
- 🥈Ikromalieva Sabohat — 2-o'rin

🇺🇿G‘olib va sovrindor shaxmatchilarimizni chin yurakdan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ularga yanada yuksak zafarlar tilaymiz!

➡️To'liq natijalar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
👏20🔥6🏆5❤‍🔥2🤩2
🏆FIDE Jahon Kadetlar Shaxmat Chempionati davom etmoqda

🇺🇿 O‘zbekiston shaxmatchilarining 3-turdan keyingi natijalari:

O‘g‘il bolalar:

- OBIDOV Biloliddin — 2 ochko (12 yoshgacha)
- CM OBIDJONOV Oriyat — 2,5 ochko (12 yoshgacha)
- SOBIROV Afruzbek — 2,5 ochko (12 yoshgacha)
- SOBIROV Feruzbek — 1 ochko (12 yoshgacha)
- MAMARASULOV Husan — 1 ochko (12 yoshgacha)
- MAMARASULOV Hasan — 0 ochko (12 yoshgacha)
- AKRAMOV Khasan — 1,5 ochko (10 yoshgacha)
- AKRAMOV Khusan — 1,5 ochko (10 yoshgacha)
- RAJABOV Abdurahmon — 1 ochko (8 yoshgacha)


Qiz bolalar:


- XIKMATKHONOVA Mokhinur — 2 ochko (12 yoshgacha)
- KHUSNITDINOVA Husnorakhon — 1,5 ochko (10 yoshgacha)
- KUVANDIKOVA Nafisa — 1,5 ochko (10 yoshgacha)
- NORKULOVA Malika — 2,5 ochko (10 yoshgacha)
- SOBIROVA Mumtozbegim — 1,5 ochko (10 yoshgacha)
- MAMARASULOVA Yasmina — 0 ochko (10 yoshgacha)
- ASADOVA Madinabonu — 2,5 ochko (8 yoshgacha)
- BOZOROVA Farzonabonu — 2 ochko (8 yoshgacha)


👉To'liq natijalar bilan tanishing

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🔥8🏆4👏2