Chempionlik kurashi boshlanmoqda
⚡️ Braziliyaning Florianopolis shahrida o‘tayotgan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallaga kirmoqda...
➡️16 yoshgacha bo‘lgan qizlar toifasida Afruza Hamdamova 6 round natijalariga ko'ra yetakchi, 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida esa Imomqo‘ziyeva Nilufarxon kuchli uchlikda bormoqda. Xuddi shu yosh toifasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida Bozorov Javohir 3 ochkoga ega bo'lib turibdi.
🤝Barcha shaxmatchilarimizga ushbu musobaqada katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram

👏13🤩4🏆2
Jahon chempionatida ajoyib natijalar
🏆4-noyabr kuni Braziliyada shaxmat boshqotirmalarini yechish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Oʻzbekiston vakillari 2 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
🔝Afruza Hamdamova 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar guruhida chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa,14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Imomqo‘ziyeva Nilufarxon faxrli 3-o'rinni egalladi.
🤝O'zbekiston shaxmat federatsiyasi ushbu muvaffaqiyat bilan yosh shaxmatchilarimizni tabriklaydi!

👏45🏆9❤🔥6🔥3
Forwarded from Uzbekistan Chess Federation
#XalqaroTashkilotchi #seminar
FIDE 3.4 zonasi prezidenti boshchiligida Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi va O'zbekiston Shaxmat Federatsiyasi koʻmagida 2024-yil 8-noyabrdan (seminar boshlanishi) 9-noyabrgacha (seminarning oxirgi kuni, testlar) xalqaro tashkilotchilari seminari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.
Seminarni xalqaro tashkilotchi Ozgur Solakoglu (Turkiya) va assistent – xalqaro tashkilotchi Husan Turdialiyev (O‘zbekiston) olib boradi.
Ishtirok etish uchun arizalar tashkiliy qo‘mitaga 2024-yil 1-noyabrgacha kechiktirmay elektron pochta orqali yuborilishi kerak.
Seminar va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar “Xalqaro tashkilotchi” unvoniga sazovor bo‘lish standartiga ega bo‘ladilar.
Test sinovlaridan o‘tayotgan barcha hakamlar seminarda qatnashish uchun O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga 50 yevro miqdorida kirish to‘lovini to‘laydilar, keyinchalik bu to‘lov FIDEga yuboriladi.
Katnashchilarni seminarga yuborish ularni yuboruvchi tashkilotlar hisobidan amalga oshiriladi.
O’rinlar soni cheklangan.
Shuningdek, kerakli hujjatlarning skanerini telegram orqali oldindan yuborishingiz va onlayn ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏1
Axadxon Kimsanboyev IBSA jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi!
26 oktyabr – 3 noyabr kunlari Chernogoriyaning Petrovas shahrida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxmatchilar o‘rtasida IBSA jahon chempionati o‘tkazildi.
Uchinchi bor tashkil etilgan dunyo birinchiligida sayyoramizning 13 ta mamlakatdan eng kuchli 36 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada 4 nafar shaxmatchi bilan qatnashdi.
Yakunda iste’dodli shaxmatchimiz Axadxon Kimsanboyev jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Qayd etish lozimki, musobaqa reytingida 20-raqamda saralangan vakilimiz birorta ham mag‘lubiyat qayd etmadi va to‘qqiz turda 7 ochko jamg‘argan holda shohsupaga ko‘tarildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🔥14👏3🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆“Yoshlar ishlari agentligi kubogi” g'oliblari aniqlandi
"Masters open" guruhi g'oliblari quyidagilar👇
🥇 Muhammadzohid Suyarov 25 mln so'm
🥈 Abdimalik Abdisalimov 15 mln so'm
🥉 Muhiddin Madaminov 10 mln so'm
"Masters woman" guruhi g'oliblari quyidagilar👇
🥇 Umida Omonova 25 mln so'm
🥈 Madinabonu Halilova 15 mln so'm
🥉 Asal Salimova 10 mln so'm
👏Bundan tashqari, sovrindorlarning hammasiga xalqaro musobaqada ishtirok etish xarajatlari to'liq qoblab beriladi. Final bosqichiga yetib kelgan har bir ishtirokchiga ham 1 million so'mdan pul mukofotlari berilishi belgilangan.

🔥6👏4🎉4❤🔥1
Afruza Hamdamova 2 karra jahon chempioni
🇺🇿 Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida hamyurtimiz Afruza Hamdamova yana bir tarixiy natijaga erishdi!
🏆 Afruza Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining 16 yoshgacha qizlar guruhida muddatidan avval g'alaba qozonib, 2 karra jahon chempioniga aylandi! Eslatib o'tamiz, 2023-yilda Hamdamova Italiyada o‘tkazilgan 14 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lib, ayollar orasida O'zbekistonlik birinchi jahon chempioniga aylangandi.
👏Barakalla, Afruza! Ota-onangiz va ustozlaringizga rahmat!

👏50🔥11🤩10⚡5
Xalqaro tashkilotchilar seminari yakuniga yetdi
2024-yil 8-9 noyabr kunlari Toshkentda Xalqaro Shaxmat akademiyasi va O'zbekiston Shaxmat Federatsiyasi hamkorligida xalqaro tashkilotchilar uchun muhim seminar bo'lib o'tdi. O'zbekiston shaxmat federatsiyasi boshchiligida o'tkazilgan mazkur tadbirda xalqaro tashkilotchi sifatida tan olingan turkiyalik Ozgur Solakoglu va o‘zbekistonlik Husan Turdialiyev tomonidan ma'ruzalar tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar xalqaro tashkilotchi unvoniga ega bo'lish uchun nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamladilar.
Seminar yakunida barcha ishtirokchilar sinovlardan o'tib, “Xalqaro tashkilotchi” unvonini qo'lga kiritish uchun zarur bo'lgan sertifikatlarga sazovor bo'ldilar.

🔥7👏5🤩2❤🔥1🎉1
Para shaxmat bo'yicha Osiyo chempionati boshlanmoqda
🌎 Joriy yilning 10-18 noyabr kunlari Qirg'izistonning Bishkek shahrida nogironligi boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
🇺🇿O'zbekiston delegatsiyasi ushbu nufuzli turnirda ishtirok etish uchun Qirg'izistonga jo'nab ketdi.
🎉 Shaxmatchilarimizga Osiyo chempionatida omad tilab qolamiz!

🏆18👏7🔥4
2 karra jahon chempioni yurtimizga qaytmoqda!
📣Ertaga (12-noyabr) tonggi soat 08:00 da Toshkent xalqaro aeroportida jahon chempionatida tarixiy natijalar qayd etgan O'zbekiston terma jamoasini tantanali ravishda kutib olish uchun barcha muxlislar va shaxmatsevarlar taklif qilinadi.
🤝Keling 2 karra jahon chempioni Afruza Hamdamova va O'zbekiston terma jamoasini birgalikda qarshilaylik.
Kutib olish marosimi uchun ertaga soat 08:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti "Terminal 2"ga kelishingizni so'raymiz!

👏41🎉12🔥5❤🔥4