Uzbekistan Chess Federation
4.28K subscribers
16.5K photos
348 videos
78 files
2.04K links
Ўзбекистон Шахмат Федерацияси
расмий телеграм канали

Официальный телеграм канал
Федерации Шахмат Узбекистана

🌐 instagram.com/uzchessofficial/
🌐 fb.me/uzchessofficial/

Тел.: +998955111200
Download Telegram
"Prezident Kubogi" Evolyutsiyasi

⚡️Prezident kubogi shaxmat turniri yildan-yilga yanada keng ko‘lamga ega bo‘lib bormoqda. Quyida 2021-2022 yillardagi bo'lib o'tgan va 2024-yilda bo'lishi kutilayotgan turnirning statistikalarga asoslangan o‘zgarishlarini ko‘rishingiz mumkin:

🌐Ishtirok etgan federatsiyalar soni:


2021-yilda 9 ta federatsiya qatnashgan bo‘lsa, 2022 bu ko‘rsatkich 16 taga yetgan. 2024-yilda esa 20 dan ortiq federatsiyalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Grossmeysterlar (GM) soni
2021-yilda 23 nafar GM ishtirok etgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 19 nafarni tashkil qilgan, lekin 2024-yilda bu ko'rsatkich 30(hozircha 22 ta) dan oshishi kutilmoqda.

Xalqaro masterlar (IM) soni:
2021-yilda 16 ta xalqaro sport ustalari ishtirok etgan, 2022-yilda ham bu ko‘rsatkich o‘zgarishsiz qolgan, ammo 2024-yilda bu son sezilarli darajada ortib, 39 taga(hozircha) yetgan.

FIDE masterlari (FM) soni:
FIDE masterlar soni ham yildan-yilga ortganini ko‘rishimiz mumkin. 2021-yilda 12 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda 8 taga tushgan, ammo 2024-yilda yana ko‘payib, 18 nafarni tashkil etgan.

Ayol grossmeyster va xalqaro masterlar soni: (WGM va WIM):
Ayol xalqaro sport ustalari (WGM) soni 2021-yilda 1 ta bo‘lgan, ammo keyingi yillarda bu ko‘rsatkich 2 taga ko‘paygan. Bu yilgi turnirda esa bu raqam 10 taga yetishi kutilmoqda

🇺🇿Bu o‘zgarishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Prezident kubogi har yili yanada ko‘proq ishtirokchilar va yuqori darajali shaxmatchilarni jalb qilmoqda, bu esa o‘z navbatida mamlakatimiz va xalqaro shaxmat hamjamiyatining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🔥5👏3🏆31🎉1
02-11-24.pdf
1.1 MB
Oʻzbek shaxmati rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qoʻymoqda!
👏9🏆4
#tabriklar

⚡️O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi O‘zbekistonning 29-grossmeysteri, yosh va iste'dodli shaxmatchi Muhiddin Madaminovni tavallud ayyomi bilan tabriklaydi!

🤝Shaxmatdagi faoliyatingizda yanada katta g‘alabalar, o‘qishlaringizda muvaffaqiyatlar, barcha orzularingiz ro‘yobga chiqishi, sihat-salomatlik va farovonlik tilaymiz!

Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
🎉27👏10🔥42❤‍🔥2🏆2
Xalqaro shaxmat akademiyasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Abdulla Aripov shaxmat faxriylari, murabbiylar va terma jamoa shaxmatchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda shaxmatni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yillik musobaqalar rejasini tasdiqlash va ishlarni tizimli tashkil qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot shaklida o‘tkan davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan shaxmatni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.
👏33🏆3
President Cup 2024.PDF
4.4 MB
"Prezident Kubogi" musobaqasi uchun ro'yxatdan o'tishga shoshiling!

📣Bu yilgi nufuzli shaxmat turnirida ishtirok etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! Ammo esda tuting: joylar cheklangan!

Joylar tobora kamayib bormoqda! Shunday ekan, o'zingizga tegishli o'rinni hoziroq band qiling va shaxmatning eng qiziqarli musobaqalaridan birida ishtirok eting.

🔝Shaxmat taxtasida o'z kuchingizni sinab ko'rish va yangi yutuqlar sari qadam qo'yish fursatini qo'ldan boy bermang!

🚀 Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
👏6🏆3🔥2🤣1