Fan va texnologiyalar universiteti
11.7K subscribers
1.1K photos
282 videos
7 files
654 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
📲 Onlayn test: test.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +998788883888

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
#Rasmiy_xabar

“UNIVERSITY OF SCIENCE AND TECHNOLOGIES” MCHJga
berilgan litsenziya o‘z kuchida qoldi!


Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “UNIVERSITY OF SCIENCE AND TECHNOLOGIES” MCHJga 2024-yil 29-iyulda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun berilgan 331658-sonli litsenziyani bekor qilishni so‘rab sudga da’vo ariza bilan murojaat qilgan edi.

2025-yil 13-mart kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisida sudya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining arizasini rad qilish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilindi.

Ishni ko‘rib chiqqan sudya universitetga berilgan litsenziyani o‘z kuchida qoldirish to‘g‘risida xulosaga keldi.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM