🌙Rasman! Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun, yakshanba kuniga toʻgʻri kelishi eʼlon qilindi!
💥Yaqin qolgan ulugʻ ayyom — Qurbon hayiti hamma moʻmin-musulmonlarga, USATning barcha xodimlari, oʻqituvchi va talabalariga muborak boʻlsin!
✨16-iyun — Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan universitetimizda ushbu yakshanbadagi dam olish17-iyun, dushanba kuniga ko‘chiriladi.
❗️18-iyun, seshanba kuni esa barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
💫 Bayram kunlarini yaxshilik va xursandchilikda oʻtkazing!
💫Shunday ulugʻ va fayzli kunda barcha yurtdoshlarimizni Qurbon Hayiti bayrami bilan, Fan va texnologiyalar universiteti jamoasi nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
💥Xonadoningizga baxt-saodat, yurtimizga tinchlik va davlatimizga har sohada taraqqiyot nasib etaversin!
😃 Fan va texnologiyalar universitetida kechki taʼlim shakli uchun kontrakt narxlari pasaytirildi!
🎉 Endi bizning universitetda sifatli taʼlim olish yanada osonlashdi.
Siz va ota-onalaringiz uchun eng yaxshi oliy taʼlim maskanini tanlash qanchalik muhim ekanligini tushunamiz. Shu sababli, barchada sifatli taʼlim olish imkoniyati bo’lishi uchun biz shunday yo’l tutdik.
Fan va texnologiyalar universiteti bu:
🔹 12 ta yo‘nalish bo‘yicha taʼlim dasturlari: psixologiya va iqtisodiyotdan tortib, dasturiy injiniring va turizmgacha; 🔹 Malakali professor-o‘qituvchilardan sifatli ta’lim; 🔹 Xalqaro universitetlar bilan memorandumlar va hamkorlik aloqalari; 🔹 O‘zbekistonda tan olinadigan davlat namunasidagi bakalavr diplomi; 🔹 4 yil davomida grant asosida ta’lim olish imkoniyati; 🔹 Har semestrda talabalarga beriladigan “Rektor stipendiyasi”; 🔹 Kontraktni yil davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati; 🔹 Talabalar uchun birinchi kursdan amaliyot o‘tash imkoniyati.
Agar siz ham shunday universitet talabasi bo’lishni istasangiz, hoziroq hujjatlaringizni topshiring.
😃 Fan va texnologiyalar universitetida qabul jarayonlari boshlandi!
⁉️ Universitetimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlar, shu yerdamisiz?
Bizda quyidagi yoʻnalishlarda taʼlim olishingiz mumkin:
1. Dasturiy injiniring 2. Bank ishi va audit 3. Moliya va moliyaviy texnologiyalar 4. Logistika 5. Iqtisodiyot 6. Buxgalteriya hisobi va audit 7. Maktabgacha taʼlim 8. Boshlangʻich taʼlim 9. Tarix 10. Xorijiy til va adabiyoti 11. Psixologiya 12. Turizm
✨ Ta'lim grantini yutib olish, stipendiya olish, kontraktni yil davomida boʻlib toʻlash imkoniyati ham mavjud.
✅ Shoshiling! Zamonaviy muhitda sifatli taʼlim olish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!
😃Fan va texnologiyalar universitetiga qabul davom etmoqda!
Fan va texnologiyalar universiteti talabalar uchun zarur boʻlgan barcha imkoniyat va qulayliklarni taqdim etadi. Jumladan:
🔹 Malakali professor-o‘qituvchilardan sifatli ta’lim; 🔹 Xalqaro universitetlar bilan memorandumlar va hamkorlik aloqalari; 🔹 O‘zbekistonda tan olinadigan davlat namunasidagi bakalavr diplomi; 🔹 4 yil davomida grant asosida ta’lim olish imkoniyati; 🔹 Har semestrda talabalarga beriladigan “Rektor stipendiyasi”; 🔹 Kontraktni yil davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati; 🔹 Talabalar uchun birinchi kursdan amaliyot o‘tash imkoniyati.
Agar siz ham shunday universitet talabasi bo’lishni istasangiz, hoziroq hujjatlaringizni topshiring.
— Rivojlanish uchun keng imkoniyatlar; — Xalqaro universitetlar bilan hamkorlik aloqalari; — Har semestrda talabalarga beriladigan “Rektor stipendiyasi”; — Amaliyotga chiqish va tajriba oshirish imkoniyati…
😃 Fan va texnologiyalar universiteti yana nimasi bilan ajralib turadi?
🎞 Yuqoridagi video orqali universitetimiz haqidagi asosiy 5 faktni bilib oling! ⁉️ Siz uchun yana qaysi faktlar muhim? Izohlarda fikringizni qoldiring.
27-iyun kuni Fan va texnologiyalar universiteti homiyligida Mandat.uz platformasida onlayn diagnostik test tashkil etildi. Unda 30 mingga yaqin abituriyentlar ishtirok etishdi va o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.
😃 Aytib o’tish lozim, ushbu test imtihonida ishtirok etib, 56 balldan yuqori natijaga erishgan va sertifikatga ega bo’lganlar Fan va texnologiyalar universitetiga imtihonsiz qabul qilinadi.
Buning uchun nima qilish kerak?
⌨️ Hujjatlarni onlayn https://qabul.usat.uz sayti orqali yoki oflayn — universitetimizga kelib topshirish kerak. Sertifikatni esa https://t.me/usat_admins ga pasport yoki ID karta seriyasi va raqami bilan birga tashlab berish kerak.
Operatorlar barcha hujjatlarni tekshirib, sizga o’qishga qabul qilinganligingiz to’g’risida shartnomani tashlab berishadi.
🔥Xitoy universitetlari bilan talabalar almashinuvi yo'lga qo'yiladi
😃 27-iyun kuni Fan va texnologiyalar universiteti (USAT) hamda dunyoning nufuzli QS reytingining TOP 300 taligidan o'rin olgan Pekin texnologiyalar instituti o'rtasida muzokaralar o'tkazildi.
Unda dastlab USAT vakillari tomonidan O'zbekistonning hozirgi kundagi rivojlanish darajasi, ilm-fan sohasida bo'layotgan ijobiy o'zgarishlar haqida so'z yuritildi. Shu bilan birga, bugungi kunda Fan va texnologiyalar universitetida amalga oshirilayotgan ishlar, talaba-yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda professor-o'qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari xususida ham to'xtalib o'tildi.
👩🎓👨🏻🎓 Suhbat davomida ikki tomonlama diplom dasturi (double degree), professor-o'qituvchilarni stajirovka va malaka oshirishga yuborish, talabalar almashinuvi, professor-o'qituvchilar tomonidan ma'ruza darslarini o'tish, magistratura hamda doktorantura dasturlarini amalga oshirish to'g'risida kelishib olindi.
Oktyabr oyida ushbu oliygoh vakillarining universitetimizga tashrif buyurishi kutilmoqda.
🎉Prezident Fan va texnologiyalar universiteti talabasini medal bilan taqdirladi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi.
Farmonga ko'ra, Fan va texnologiyalar universiteti Moliya fakultetining sirtqi ta'lim shakli 2-kurs talabasi, universitet "Zakovat" terma jamoasi a'zosi Bahodir Anorov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi!
Bahodir Anorovni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz va kelgusida bundan ham katta yutuqlarga erishishiga tilakdoshmiz!
Eslatib o’tamiz, 2023-yilda universitetimizning “Zakovat” terma jamoasi intellektual haftalikda 1-o’rinni egallab, 2 milliard so’m Prezident sovg’asini qo’lga kiritgan edi.
Siz ham shunday universitetda ta’lim olishni xohlaysizmi? Unda hoziroq ariza topshiring!
✔️ Albatta, Fan va texnologiyalar universitetiga boshqa oliygohlardan oʻqishni koʻchirish mumkin.
1️⃣ Oʻqishni koʻchirish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi? 2️⃣ “Perevod” qilish uchun imtihon topshirish kerakmi? 3️⃣ Turdosh boʻlmagan yoʻnalishga ham oʻqishni koʻchirsa boʻladimi?
🎞 Bular haqida batafsil yuqoridagi videoda koʻring!
📌 "Moliya va moliyaviy texnologiyalar" yoʻnalishi bo'yicha USATda sifatli taʼlim oling!
📄Bu yoʻnalishda talabalarga nimalar o’rgatiladi?
- moliya va moliyaviy texnologiyalar yoʻnalishida talabalarga moliya sohasida chuqur bilim beriladi, ushbu sohada qoʻllaniladigan zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtiriladi. - talabalar moliyaviy tahlil, investitsiyalarni boshqarish usullari, moliyaviy vositalar va texnologik yechimlar bilan ishlash koʻnikmalarini egallaydilar.
⁉️Bu yoʻnalish bitiruvchilari qayerda ishlay oladilar?
⚡️Bitiruvchilar bank va kredit tashkilotlarida moliyaviy tahlilchi, risklarni boshqarish bo'yicha mutaxassis bo’lib, investitsiya kompaniyalari va fondlarda investitsion maslahatchi, fond bozori tahlilchisi sifatida, shuningdek FinTech, konsalting, auditorlik, sug'urta kompaniyalarida ishlashlari mumkin. 🖥 Video so‘ngidagi jadval orqali ushbu yoʻnalishdagi o'qish davri va kontrakt narxlari haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.