Joriy yilning 28-mart sanasida Fan va texnologiyalar universitetida «Raqamli texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
📝 Konferensiyada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha ta’lim agentligi, Citibank, Malaysia Terengganu University, Markaziy Osiyo innovatsion universiteti, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Nizomiy nomidagi TDPU, Toshkent kimyo texnologiyalar instituti, Fan va texnologiyalar universiteti hamda Kenya, Hindiston kabi davlatlardan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar o‘zlarining maqola va tezislari bilan ishtirok etishdi.
Konferensiya yuqori saviyada o‘tkazildi va qo‘yilgan masalalarga yechimlar hamda takliflar berildi.
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya
🔵🟡FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETIDA OCHIQ ESHIKLAR OYLIGI
Fan va texnologiyalar universitetida 1-aprel kunidan boshlab "Ochiq eshiklar" oyligi boshlandi. O’tgan ikki kun davomida ko'plab maktab o’quvchilari oliygohimizga tashrif buyurib, universitetdagi muhit, o’quv xonalari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
🎭 Tadbirning badiiy qismida universitetimizning QVZ jamoasi faollar zalida barcha o’quvchilar uchun maxsus sovg’a sifatida sahna ko’rinishlarini taqdim etishdi.
🎁 Tadbir oxirida o'quvchilar orasida qimmatbaho sovg'alar va 2 million so’mgacha bo’lgan vaucherlar o'ynaldi hamda o’z egalariga topshirildi.
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya
😃 Bugun ham “Ochiq eshiklar” kuni doirasida universitetimizga bir nechta maktablarning bitiruvchi sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi. Oliygohimiz haqida ma’lumotlar va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, qiziqarli tanlovlarda ishtirok etgan o’quvchilar turli xil sovg’alar va 1 million so’mlik vaucherlar bilan taqdirlanishdi. 🎁
Bugun biz bilan bo'lgan har bir o’quvchi uchun bu lahzalar yodda qolishiga ishonamiz. Barcha ishtirokchilarga ushbu unutilmas kun uchun rahmat! 🙏
Qadrli o’quvchilar! Siz bilan universitetimizning talabasi sifatida yana uchrashishimizni sabrsizlik bilan kutib qolamiz! 🤗
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya
📞 Eslatib o'tamiz, Fan va texnologiyalar universiteti sizlarni oliygohimizning “call-center” va sotuv bo’limiga ishga taklif etadi.
Talabgorlar 18 dan 25 yoshgacha bo‘lishi, nutqi ravon, stressga chidamli, odamlar bilan chiroyli muloqot qila olish qobiliyati bor, sotuvga va psixologiyaga qiziqadigan bo’lishi kerak.
💳 Ushbu lavozimdagi xodimlarga 3 mln so’mdan 10 mln so’mgacha oylik ish haqi olish imkoniyati yaratiladi.
📝 Agar siz ham odamlar bilan muloqotdan qo’qrmasangiz va sotish mahoratingiz borligini sezayotgan bo’lsangiz, quyidagi havola orqali o'tib, o'z haqingizda ma'lumotlarni qoldiring va biz siz bilan bog'lanamiz.
Bugun universitetimiz navbatdagi maktab bitiruvchilariga o’z eshiklarini ochdi! “Ochiq eshiklar” kuni oddiy tadbir emas, balki butun bir bayram sifatida o’tkazildi.🎉
O’quvchilar universitetimiz bilan tanishib chiqib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni alohida ta'kidladilar. 📚✨
Ularning ko’pchiligi Fan va texnologiyalar universiteti oilasining bir qismi bo'lishni va o'z ta'lim yo'lini aynan shu yerda, eng yaxshi oliygohlardan birida davom ettirish istagini bildirdilar. Biz esa ularni bu yo'lda qo'llab-quvvatlashga va o'qish hamda rivojlanish uchun zarur barcha vositalarni taqdim etishga tayyormiz. 🎓
Bugun universitetimizga tashrif buyurgan barcha o’quvchilarga qiziqishi va faolligi uchun minnatdorchilik bildiramiz! Siz bilan universitetimizning talabasi sifatida yana uchrashishimizni sabrsizlik bilan kutib qolamiz! 🤗
📞Call-markaz: +99878-888-38-88 📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍Lokatsiya
❓ "Fan Javohirlari" loyihasi kuzatuvchilari tomonidan universitet haqida ko'plab savollar kelib tushmoqda va biz sizga ma'lumotlarni oson topishingiz uchun havolalarni qoldirib o'tamiz: