Fan va texnologiyalar universiteti
11.7K subscribers
1.1K photos
284 videos
7 files
656 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
📲 Onlayn test: test.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +998788883888

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😃 Bugun universitetimizga "Ochiq eshiklar" kuni doirasida poytaxtimizdagi bir nechta maktablarning 11-sinf oʻquvchilari tashrif buyurishdi.

Avval mehmonlarimiz uchun oliygohimiz bo’ylab ekskursiya o’tkazdik. O’quvchilar ta’lim olish va ijodkorlik uchun cheksiz imkoniyatlar ochadigan, hamda eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari bilan tanishib, talabalar bilan suhbatlashishdi.

💻 Ko’plab kitoblarga ega kutubxona, 100 dan ortiq kompyuterga ega kovorking xonasi talabalar qanday qilib do'stona muhitda fikr almashish, loyihalar ustida ishlash va ilm izlash uchun birlashishlari mumkinligini ko'rsatdi.

Universitetimizning faollar zali esa haqiqiy bilim bayrami maydoniga aylandi! U yerda o’quvchilar uchun turli xil qiziqarli o'yinlar va viktorinalar tashkil etildi. Shuningdek, ular talabalarning qiziqarli chiqishlaridan bahramand bo'lishdi. Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga universitet tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va 1 million so‘mlik vaucherlar topshirildi. 🎭 🎉

Umuman olganda oliygohimiz o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi va ularning ko’pchiligi kelajakda Fan va texnologiyalar universitetining bir qismi bo'lish istagini bildirdilar. Biz esa ularni kelajakda o‘z sohasining eng yaxshi mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga va’da beramiz. Birgalikda biz ko'proq narsaga erisha olamiz! 🤗

📞 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun!

Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.

Amir Temur shaxmatga ishtiyoqi bilan mashhur bo'lgan. U hatto o'yinning "Temur shaxmati" deb nomlanuvchi o'z versiyasini ham ishlab chiqqan. Unda o'yin maydoni kengroq bo'lgan va noyob harakat yo'nalishiga ega yangi figuralar qo'shilgan.

Siz Amir Temur haqida qanday qiziqarli va noyob ma'lumotga egasiz? Izohlarda yozib qoldiring. 👇

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1402-yil Anqara yaqinida bo‘lib o‘tgan jang sahnasi qayta tiklandi.

Amir Temur, uning o‘g‘illari Shohruh Mirzo va Mironshoh, shuningdek, 20 yoshli nabirasi Abu Bakr Mirzolarning tasvirlari sun’iy intellekt — Midjourney yordamida qayta tasvirlandi.

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥

Iqtisodiyot fakulteti 1-kurs sirtqi ta'lim shakli talabalari diqqatiga!

"Buxgalteriya hisobi va audit", "Bank ishi va audit" hamda "Logistika" yo'nalishi talabalari uchun o'qish 22- va 29-aprel kunlaridan boshlanadi.

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar! Qadrli talabalar!

🌙 Yurtimiz bo'ylab keng nishonlanayotgan ulug' va muborak ayyom — Ramazon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz.

🤲 Ushbu kunda har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog'liq omonlik va baxtu-saodat hamda fayzu baraka tilaymiz!

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli talabalar!

📞 Eslatib o'tamiz, Fan va texnologiyalar universiteti sizlarni oliygohimizning “call-center” va sotuv bo’limiga ishga taklif etadi.

Talabgorlar 18 dan 25 yoshgacha bo‘lishi, nutqi ravon, stressga chidamli, odamlar bilan chiroyli muloqot qila olish qobiliyati bor, sotuvga va psixologiyaga qiziqadigan bo’lishi kerak.

💳 Ushbu lavozimdagi xodimlarga 3 mln so’mdan 10 mln so’mgacha oylik ish haqi olish imkoniyati yaratiladi.

📝 Agar siz ham odamlar bilan muloqotdan qo’qrmasangiz va sotish mahoratingiz borligini sezayotgan bo’lsangiz, quyidagi havola orqali o'tib, o'z haqingizda ma'lumotlarni qoldiring va biz siz bilan bog'lanamiz.

👉🏻 https://forms.gle/u9t1hxRvQnNXuiaM8

Savollaringiz bo’lsa, +998947113888 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib, murojaat qilishingiz mumkin.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😃 Fan va texnologiyalar universitetida “Ochiq eshiklar” kuni davom etmoqda!

Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan o’quvchilar nafaqat universitet, undagi talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishmoqda, balki madaniy xordiq ham chiqarishmoqda.

Tadbir davomida ular turli xil qiziqarli o'yin va viktorinalarda ishtirok etib, qimmatbaho sovg’alar va 1 million so’mlik vaucherlarni qo’lga kiritishmoqda.

Aziz o’quvchilar! Sizlarga qiziqishingiz va faolligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz! Siz bilan universitetimizning talabasi sifatida yana uchrashishimizni sabrsizlik bilan kutib qolamiz! 🤗

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM