😃 Universitetimiz prorektori Gaibnazarova Zumrat Talatovna Belarus Respublikasiga tashrif buyurib, Belarus Milliy Fanlar akademiyasining "Materialshunoslik ilmiy-amaliy markazi" Davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi olimlari bilan uchrashdi. Markaz zumrad, olmos, sapfir va aleksandrit kabi sintetik qimmatbaho toshlar ishlab chiqarishning noyob texnologiyasini yaratib, yuqori sifatli zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani e’tiborga molik.
🤝 Zumrat Talatovna, shuningdek, Belarus Milliy Fanlar akademiyasining Tizimli tahlil va strategik tadqiqotlar markazi direktori Valeriy Goncharov bilan uchrashib, ilmiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Bundan tashqari, prorektorimiz "Fan-texnologiya-innovatsiyalar" tizimi: metodologiya, tajriba, istiqbollar" mavzusidagi IX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning plenar majlisida ishtirok etib, ma’ruza bilan chiqish qildi.
🇺🇿🇧🇾 Eslatib o‘tamiz, 26-avgust kuni Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Kengashi raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida Belarus Milliy Fanlar akademiyasi vakillari universitetimizga kelib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishgan edi. Shu kuni universitetlarimiz o’rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnoma imzolangan.
😃Fan va texnologiyalar universiteti prorektori Gaibnazarova Zumrat Talatovna Belarus Respublikasiga tashrifi davomida bir qator xalqaro seminar va konferensiyalarda faol ishtirok etdi.
Jumladan, prorektorimiz "Jahon iqtisodiyoti va biznes boshqaruvi" mavzusidagi 20-Xalqaro ilmiy seminarning plenar majlisida "Yangi O‘zbekistonning jahon savdosiga integratsiyalashuvi" mavzusida ma’ruza qildi va hamkasblarining katta qiziqishini uyg‘otdi.
Shuningdek, Zumrat Talatovna Belarus milliy texnika universiteti tomonidan tashkil etilgan "Scientific, Industrial and Educational Integration" xalqaro ilmiy konferensiyasining plenar majlisida ham so‘zga chiqdi. Konferensiya ingliz tilida o‘tkazildi va prorektor o‘zining "Integration of Education, Production and Science is the Main Driver of Economic Growth" nomli ma’ruzasida iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun ta’lim, ishlab chiqarish va ilm-fanni birlashtirish muhimligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Belarus milliy texnika universiteti QS WUR reytingida 801-o‘rinda, QS EECA reytingida 82-o‘rinda turgan yirik universitet bo‘lib, unda 32 ming talaba, 1200 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi.
🇺🇿🇧🇾Belarus Respublikasiga tashrif buyurgan Fan va texnologiyalar universiteti prorektori Gaynazarova Zumrat Talatovna 3-oktyabr kuni Belarus milliy texnika universiteti "Muhandislik iqtisodiyoti" yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun "Xalqaro iqtisodiyot" fani bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazdi.
4-oktyabr kuni prorektorimiz Belarus davlat iqtisodiyot universiteti "Tijorat va turizm sanoati" fakultetining 3-kurs talabalari uchun ham ma’ruzalar o‘tkazdi. "Ta’lim sohasida davlatning ijtimoiy siyosati" va "Yangi O‘zbekistonning jahon savdosiga integratsiyalashuvi" mavzulari talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Shu kunning o‘zida Zumrat Talatovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor va Belarus Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi G.A. Korolenko hamda "Tijorat va turizm industriyasi" fakulteti dekani A.I. Yerchak bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar ilgari imzolangan ikki tomonlama kelishuvga asoslanib, universitetlar o‘rtasida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
❔ Ingliz tilida erkin gaplashishni xohlaysiz, ammo nimadan boshlashni bilmayapsizmi? ❔ O‘quv markazlariga uzoq qatnovlardan charchadingizmi? ❔ Ko’p joylarda ingliz tili kurslari qimmatmi?
👍 Biz sizga bu muammolarning barchasiga yechim bo’la oladigan eng zo’r taklifni taqdim etmoqchimiz – bu Unicum Academy!
Nega aynan Unicum Academy’ni tanlashingiz kerak?
✅Qulay joylashuv: Akademiya Fan va texnologiyalar universiteti binosida joylashgan bo‘lib, talabalar uchun juda qulay. Hech qayoqqa borish shart emas - hammasi shu yerda!
✅Moslashuvchan dars jadvali: O‘zingizga qulay vaqtni tanlang - ertalab, tushlikkacha, tushlikdan so‘ng yoki kechqurun. Biz sizning kundalik tartibingizga moslashamiz!
✅Sifatli ta’lim: IELTS bo‘yicha yuqori ball olgan o‘qituvchilar xalqaro Oksford universiteti dasturi asosida dars berishadi. Oxford Navigate darsligi va daftarlar - bepul!
✅Hamyonbop narx: Oktyabr oyida kursga yozilib, 3 oy uchun 50% chegirmaga ega bo’ling. Kurslarimizning narxi 688 ming so’m, chegirma bilan esa atigi 344 ming so’m!
🤳 Aksiya bo‘yicha joylar soni cheklangan - hoziroq bizning @UnicumAcademy_bot Telegram-botimiz orqali ro’yxatdan o’tishga ulguring!
Unicum Academy bilan kelajakdagi muvaffaqiyatingiz sari birinchi qadamni tashlang!