Fan va texnologiyalar universiteti
11.8K subscribers
1.15K photos
314 videos
7 files
698 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +99878-888-38-88

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎁 USAT ayollariga bayram tuhfalari!

😊 8-mart munosabati bilan universitetimizda faoliyat yuritayotgan ustoz ayollarimiz va xodim ayol-qizlarimizga bayram sovg‘alari topshirildi.

Bu kichik tuhfa – sizlarning fidoyiligingiz, sabringiz va ezgu mehnatingizga bo‘lgan hurmatimizning bir ifodasi xolos. Sizning borligingiz – universitetimizning gullab-yashnashidir. 🌷

💐 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24👍15🎉3👏2😁1
⚠️ Endi USAT universitetida Work & Travel dasturi yo'lga qo'yildi!

Germaniya Work & Travel 🇩🇪 dasturiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar uchun ajoyib imkoniyat!

Shoshiling, joylar cheklangan!

Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/FANvawgsqMhSLrU4A

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 📞 +998 94 950 46 66
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🎉4
📢 USAT universitetida Navro‘z oldi hashar va tozalash ishlari!

Universitetimiz sharqona qadriyatlarni yuqori e’zozlaydi. Shu sababli, 15-mart kuni Fan va texnologiyalar universitetida rahbariyat, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida Navro‘z bayrami oldi umumiy hashar tashkil etiladi.

🌳 Hashar doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

Universitet hovlisi va atrof hududlarni obodonlashtirish;
Daraxt va butalarga shakl berish, ularni oqlash;
Yo‘laklar, sport maydonlari va binolarni tozalash;
Ariqlarni chiqindilardan tozalash;
300 tup manzarali gul va daraxt ko‘chatlarini ekish.


⚠️ Diqqat! 17-18 mart kunlari universitet avtomobil turar joyi bayram tadbirlari sababli yopiq bo‘ladi. Hamma haydovchilar mashinalarini boshqa joyga qo‘yishlari so‘raladi.

🌿 Hasharda barcha ustozlar, xodimlar va talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

🚀 Birgalikda universitetimizni yanada obod qilaylik!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
📚 USATda Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi!

13-mart kuni Fan va texnologiyalar universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Ijtimoiy fanlarni o‘qitishda yangi innovatsion yondashuv: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

🔹 Tadbirda yurtimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan yetakchi olimlar ishtirok etishdi. Konferensiya davomida quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi:

Ijtimoiy-falsafiy tafakkur va axborotlashgan jamiyat;
Ijtimoiy sohalarda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik aspektlari;
Yangi O‘zbekiston jamiyatida bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish masalalari;
Yangi O‘zbekistonda mediasavodxonlik va axborot madaniyatining dolzarb muammolari;
O‘zbekiston tarixini o‘qitishda innovatsion yondashuv va tajribalar


🔎 Konferensiya davomida dolzarb muammolar muhokama qilinib, ijtimoiy fanlarni o‘qitish bo‘yicha zamonaviy innovatsion yechimlar taklif etildi.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍85
#Rasmiy_xabar

“UNIVERSITY OF SCIENCE AND TECHNOLOGIES” MCHJga
berilgan litsenziya o‘z kuchida qoldi!


Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “UNIVERSITY OF SCIENCE AND TECHNOLOGIES” MCHJga 2024-yil 29-iyulda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun berilgan 331658-sonli litsenziyani bekor qilishni so‘rab sudga da’vo ariza bilan murojaat qilgan edi.

2025-yil 13-mart kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisida sudya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining arizasini rad qilish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilindi.

Ishni ko‘rib chiqqan sudya universitetga berilgan litsenziyani o‘z kuchida qoldirish to‘g‘risida xulosaga keldi.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉73👏28👍24😁76
🌿 FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETIDA BAHORIY HASHAR!

Bugun Fan va Texnologiyalar Universitetida haqiqiy jamoaviy hamjihatlik va ahillik ruhi sezildi!

🎉 Talabalar va universitet jamoasi yelkama-yelka birlashib, universitet hududini yanada obod qilish yo‘lida katta hissa qo‘shdilar.

🏠 Obod muhit – sof tafakkur! Hashar davomida daraxtlar ekildi, atrof-muhit tozalandi va shinamlikka yo‘l ochildi. Ushbu tadbir nafaqat universitetimizni yanada ko‘rkamlashtirishga, balki jamoamizda mas'uliyat va birdamlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Bir jamoa – bitta maqsad! Bugun universitetimiz a’zolari nafaqat bilim va innovatsiyalar bilan oldinga siljiyotgan ta’lim maskani ekanligini, balki jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shadigan fidoyi insonlar ekanligini yana bir bor isbotladilar!

📌 Har bir kichik hissa – katta natija! O‘z atrof-muhitimizga g‘amxo‘rlik qilish kelajak uchun mas’uliyatni his qilish demakdir. Bunday tashabbuslar nafaqat bugun, balki har doim davom etishi lozim!

🌱 Tabiatni asraylik, atrofimizni obod qilaylik va birgalikda kelajakka intilaylik!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍175😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETIDA BAHORIY HASHAR!

Bugun USAT universitetida jamoamiz birlashib, hududni yanada obod qilish yo‘lida katta hissa qo‘shdi.

📌 Har bir kichik hissa – katta natija! Atrof-muhitni asrash va obod qilish – kelajak avlodga qo‘shgan eng katta hissamizdir.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍275😁2🎉1
📢 USAT universitetida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi!

📅 Tadbir sanasi: 18-mart
Boshlanish vaqti: 12:00
📍 Joylashuv: USAT universiteti avtoturargohi

⭐️ Bayramning eng qiziqarli qismi – yulduzli mehmonlar!
Doston Ergashev;
King Macarella;
Ilyos Yunusiy.


Bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun barchangizni yaqinlaringiz bilan birga "Assalom Navro‘z" tadbirida kutib qolamiz.

Hurmat bilan USAT jamoasi!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20
🌸 USAT universitetida “Assalom Navro‘z” bayram tadbiri

Kecha USATda unutilmas Navro‘z bayrami bo‘lib o‘tdi.

Ko‘tarinki kayfiyat, ajoyib chiqishlar va yulduzli mehmonlar ishtirokida talabalarimiz haqiqiy bayram shukuhini his qilishdi.

🥳 Ushbu qadrli an’analarni birga nishonlagan barcha talabalar va ustozlarga rahmat!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉3625👏20👍19😁18