Fan va texnologiyalar universiteti
11.7K subscribers
1.1K photos
283 videos
7 files
655 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
📲 Onlayn test: test.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +998788883888

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
Fan va texnologiyalar universiteti
#Xalqaro_hamkorlik 😃 Fan va texnologiyalar universiteti prorektori Gaibnazarova Zumrat Talatovna Belarus Respublikasiga tashrifi davomida bir qator xalqaro seminar va konferensiyalarda faol ishtirok etdi. Jumladan, prorektorimiz "Jahon iqtisodiyoti va biznes…
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇧🇾Belarus Respublikasiga tashrif buyurgan Fan va texnologiyalar universiteti prorektori Gaynazarova Zumrat Talatovna 3-oktyabr kuni Belarus milliy texnika universiteti "Muhandislik iqtisodiyoti" yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun "Xalqaro iqtisodiyot" fani bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazdi.

4-oktyabr kuni prorektorimiz Belarus davlat iqtisodiyot universiteti "Tijorat va turizm sanoati" fakultetining 3-kurs talabalari uchun ham ma’ruzalar o‘tkazdi. "Ta’lim sohasida davlatning ijtimoiy siyosati" va "Yangi O‘zbekistonning jahon savdosiga integratsiyalashuvi" mavzulari talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Shu kunning o‘zida Zumrat Talatovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor va Belarus Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi G.A. Korolenko hamda "Tijorat va turizm industriyasi" fakulteti dekani A.I. Yerchak bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar ilgari imzolangan ikki tomonlama kelishuvga asoslanib, universitetlar o‘rtasida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ingliz tilida erkin gaplashishni xohlaysiz, ammo nimadan boshlashni bilmayapsizmi?
O‘quv markazlariga uzoq qatnovlardan charchadingizmi?
Ko’p joylarda ingliz tili kurslari qimmatmi?

👍 Biz sizga bu muammolarning barchasiga yechim bo’la oladigan eng zo’r taklifni taqdim etmoqchimiz – bu Unicum Academy!

Nega aynan Unicum Academy’ni tanlashingiz kerak?

Qulay joylashuv: Akademiya Fan va texnologiyalar universiteti binosida joylashgan bo‘lib, talabalar uchun juda qulay. Hech qayoqqa borish shart emas - hammasi shu yerda!

Moslashuvchan dars jadvali: O‘zingizga qulay vaqtni tanlang - ertalab, tushlikkacha, tushlikdan so‘ng yoki kechqurun. Biz sizning kundalik tartibingizga moslashamiz!

Sifatli ta’lim: IELTS bo‘yicha yuqori ball olgan o‘qituvchilar xalqaro Oksford universiteti dasturi asosida dars berishadi. Oxford Navigate darsligi va daftarlar - bepul!

Hamyonbop narx: Oktyabr oyida kursga yozilib, 3 oy uchun 50% chegirmaga ega bo’ling. Kurslarimizning narxi 688 ming so’m, chegirma bilan esa atigi 344 ming so’m!

🤳 Aksiya bo‘yicha joylar soni cheklangan - hoziroq bizning @UnicumAcademy_bot Telegram-botimiz orqali ro’yxatdan o’tishga ulguring!

Unicum Academy bilan kelajakdagi muvaffaqiyatingiz sari birinchi qadamni tashlang!

📞 Batafsil ma'lumot uchun: +99871-200-76-77
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kunni xursandchilik bilan boshlash juda muhim.

😃 Xo‘sh, USAT talabalarining kayfiyatlarini nima ko‘taradi?

🎤 Buni ularning o‘zlaridan so‘radik.

⭐️Qiziqarli o‘tgan jarayon sizning ham kayfiyatingizni ko‘tarishi aniq.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍁Yurtimizda oltin kuz!

Bu faslning o‘zgacha husn-tarovati bor.

🍂 Tabiat oltin libosga burkangan. Yerga to‘kilayotgan sap-sariq barglar o‘zgacha olamni yuzaga keltiradi.

😃 Albatta, bunday chiroyli ko‘rinish Fan va texnologiyalar universitetini ham chetlab o‘tmadi.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Chegirma muddati tugashiga bir necha soat qoldi!

📌 Bugun 1-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalariga beriladigan chegirmaning oxirgi kuni.

🗓 Ular 15-oktyabrgacha kontraktning kamida 25% to‘lagan taqdirda yo‘nalishga qarab 3–4 mln chegirmaga ega bo‘lishlari belgilangan edi.

Hurmatli 1-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalari! Shoshiling! Kontraktni hamyonbop narxda to‘lashga ulgurib qoling!

🔖 Eslatib o'tamiz, kontraktni Payme va Click ilovalari orqali ham to'lash mumkin.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌧 Siz ham yomgʻirni sogʻinganmidingiz?

🙂 Shu kunlardagi ajoyib ob-havo barchaga oʻzgacha kayfiyat bagʻishladi.

🎥 Biz ham jim oʻtirolmadik va chiroyli atmosferani siz bilan ham boʻlishishga harakat qildik.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Til — millatning o‘zligi va eng muhim qadriyatlaridan biri

🗓 Bugun 21-oktyabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

🎤 Shu munosabat bilan universitetimiz tomonidan Adiblar xiyobonida bayram tadbiri o‘tkazildi.

🔖 Unda “O‘zbek tili” mavzusiga oid chiqishlar, milliy o‘yinlar namoyish etildi. Qo‘shiqlar kuylandi.

⭐️ Tadbir tilimiz ahamiyatini anglashga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shganidan mamnunmiz.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

😃 Bugun, 21-oktyabr kuni Fan va texnologiyalar universiteti dunyoning yetakchi ta’lim muassasalaridan biri - QS reytingida TOP-300 talikka kirgan Pekin texnologiya instituti delegatsiyasini qabul qildi.

🤝 Tashrif davomida Pekin texnologiya instituti vitse-prezidenti janob Wang Bencong oliygoh faoliyati haqida batafsil so‘zlab berdi va universitetimiz bilan mustahkam aloqalar o‘rnatganidan mamnunligini bildirdi. U ushbu sheriklikni mustahkamlash va kelgusida rivojlantirish niyatida ekanini ta’kidladi.

✍️ Uchrashuvning muhim yakuni sifatida professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkillashtirish, talabalar almashinuvi dasturlarini ishga tushirish, stajirovka va malaka oshirishni tashkil etishga qaratilgan ikki tomonlama memorandum imzolandi.

🇺🇿🇨🇳 Pekin texnologiya instituti vakillari imzolangan memorandum kelajakda ulkan maqsadlarga erishish uchun asos bo‘lishini ta’kidlashdi. Tashrif yakunida uzoq muddatli va samarali hamkorlikning boshlanishi ramzi bo‘lgan esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM