Fan va texnologiyalar universiteti
11.7K subscribers
1.14K photos
313 videos
7 files
695 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +99878-888-38-88

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
📣 Bir yilni ichida hayotingizni o’zgartirib, moliyaviy mustaqil bo'lib, dunyoning istalgan nuqtasidan ishlab, mo’maygina pul topish imkonini beruvchi zamonaviy kasbni egallashni xohlaysizmi?

🔖 Unda bu post aynan siz uchun!

😂 Universitetimizning ikkinchi qavatida Django Academy o'quv markazi faoliyat ko'rsatmoqda. Bu yerda siz eng talabgir yo'nalishlarni o'rganishingiz mumkin:

🖥 Frontend
👨‍💻 Backend
🐍 Python
🎨 Veb-dizayn

Nega aynan Django Academy’ni tanlash kerak?

- Tajribali mentorlar bilan amaliy mashg'ulotlar;
- Bozor talablariga mos zamonaviy o'quv dasturlari;
- Universitetdagi o'qish bilan mos keladigan qulay jadval;
- Karyera imkoniyatlari va ishga joylashishda yordam;
- USAT talabalari uchun 20% chegirma.


Bugun o'z kelajagingizga sarmoya kiritish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

😂 Django Academy bilan kelajakni bugundan boshlang!

🔈 Batafsil 👉🏻 https://t.me/DjangoAcademy

Murojaat uchun: +998712007377 | @djangoacademy_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍203👏3😁2
👩‍🎓 1-kurs sirtqi ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar diqqatiga!

📆 2024/2025-o'quv yili 1-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun o’quv jarayonlari oktyabr oyidan boshlanadi. Ta’lim yo’nalishi hamda oqimlar kesimida guruhlarning aniq kelish kunlari alohida e’lon qilinadi. Shu bilan birga o’qish boshlanishidan 10 kun oldin ushbu talabalarga qo’ng’iroq qilib, xabar beriladi.

🎁 Ammo bu hali hammasi emas. Bugun 1-kurs “sirtqi”larimiz uchun ajoyib yangiligimizni e’lon qilamiz!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍187🎉7
🎁 Sirtqi ta’lim shakliga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun xushxabar!

😃 Fan va texnologiyalar universiteti ma’muriyatining qaroriga binoan 2024/2025-o'quv yilida 1-kurs sirtqi ta'lim shakliga qabul qilingan talabalar to’lovni 15-oktyabrga qadar amalga oshirsa, quyidagi miqdorda chegirmaga ega bo’ladi:

1. “Bank ishi” yo’nalishi talabalari – 4 mln so’m;
2. Moliya va moliyaviy texnologiyalar – 4 mln so’m;
3. Iqtisodiyot – 4 mln so’m;
4. Buxgalteriya hisobi – 4 mln so’m;
5. Logistika – 3 mln so’m;
6. Dasturiy injiniring – 3 mln so’m;
7. Kompyuter injiniringi – 3 mln so’m;
8. Turizm va mehmondo’stlik – 3 mln so’m;
9. Boshlangʻich taʼlim – 3 mln so’m;
10. Maktabgacha taʼlim – 3 mln so’m;
11. Psixologiya – 3 mln so’m;
12. Ijtimoiy ish – 3 mln so’m;
13. Tarix – 3 mln so’m.


Misol uchun, bu yil "Dasturiy injiniring" yo'nalishining sirtqi ta'lim shakliga qabul qilingan 1-kurs talabalari to'lovni 15-oktyabrgacha amalga oshirsa, kontrakt uchun 12,9 mln so'm emas, balki 9,9 mln so'm to'lashi mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, kontrakt narxlari bilan quyidagi havola orqali o'tib tanishishingiz mumkin: https://t.me/usatuzb/1019

🏃Shoshiling! Tezroq ushbu imkoniyatdan foydalaning! Qabul davom etmoqda!

🔔 Ariza topshirish:

👉🏻 Telegram bot orqali - @usat_bot
👉🏻 Saytda - usat.uz

📄 Litsenziya (№ 331658, 27.07.2022)

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍443👏2😁1🎉1
Xayrli kech, hurmatli talabalar! 👋

📣 Kecha e’lon qilingan 1-kurs sirtqi ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar uchun chegirmalar haqidagi postimizga javoban sizlardan ko’plab savollar kelib tusha boshladi. Shu sababdan biz ularga javob berib o’tmoqchimiz:

1️⃣ 1-kurs sirtqi ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar uchun o’qish qachondan boshlanadi?

❗️Javob: 1-kurs sirtqi ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar uchun o’qish jarayonlari oktyabr oyidan boshlanadi. Aniq kuni va soati haqidagi ma’lumotlarni yaqin kunlarda e’lon qilamiz. Shu bilan birga, har bir talabaga o’qish boshlanishidan 7-10 kun avval SMS orqali hamda qo’ng’iroq qilib, xabar beriladi.

2️⃣ Chegirma kontraktni 100% to’lasa amal qiladimi yoki boshlang’ich 25% to’lasa ham bo’ladimi?

❗️Javob: Kontrakt summasidan 25% to’lov qilsangiz ham chegirma amal qiladi. Misol uchun, kontrakt summasi 12,6 mln so’m bo’lsa, shundan 25% ya’ni 3,15 mln so’mini to’lov qilsangiz, kontrakt summangiz 3 mln so’mga kamayadi va 12,6 – 3 = 9,6 mln so’mni tashkil qiladi. Shunda sizda 9,6 – 3,15 = 6,45 mln so’m qarzdorlik qoladi.

3️⃣ Men kontrakt bo’yicha to’liq ya’ni 100% to’lov qildim. Menga chegirma summasi qaytarib beriladimi?

❗️Javob: Chegirma summasi (3 yoki 4 mln so’m) keyingi yil kontrakt summasidan ayrilib tashlanadi. Ya’ni siz shu kungacha 100% to’lov qilgan bo’lsangiz, chegirma keyingi yil uchun amal qiladi. Siz keyingi yil kontrakt summasidan chegirmani ayirib, kamroq to’lov qilishingiz mumkin bo’ladi.

4️⃣ Agar men avval boshqa dastur bo’yicha kontrakt uchun chegirma (masalan, yaqin qarindoshlar uchun 10% chegirma, IELTS uchun 30% gacha chegirma va h.k.) olgan bo’lsam, yana chegirma berasizlarmi?

❗️Javob: Yo’q, agar avval boshqa chegirma olgan bo’lsangiz, bu chegirma sizga tadbiq etilmaydi.

5️⃣ Kontraktim 12,6 mln so’m, shunda 9,6 mln so’m to’lasam 100% bo’ladimi?

❗️Javob: Ha, chegirmani hisobga olgan holda kontrakt summasini to’lasangiz, 100% to’lov qilingan deb hisoblanadi.

🏃Shoshiling! Tezroq ushbu imkoniyatdan foydalaning! Qabul davom etmoqda!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍423
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😃 USATning chiroyli "atmosferasi" va oʻqitish tizimi meni lol qoldirdi!

⁉️ 1-kurs talabalari universitetimiz haqida qanday fikrda?

💬Ular quyidagi savollarga javob berishdi:

— Universitetdagi dastlabki taassurotlaringiz qanday?
— Dars jarayonlari sizga maʼqul boʻlyaptimi?
— Boshqalarga bizning universitetni tavsiya qilgan boʻlarmidingiz?


🎞 Yuqoridagi videoni koʻrib, talabalarimizning javoblari bilan tanishing!

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2811😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😃 "Xalqaro tozalik kuni" munosabati bilan Fan va texnologiyalar universitetining faol talabalari hamda tyutorlari "Hayot uchun joy ajrating" nomli ommaviy ekoaksiyasida ishtirok etishdi.

♻️ Atrof-muhitni asrash va toza kelajak yaratish yo‘lida barchamiz birlashaylik!

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏106😁6
😃 O‘z bilimingizni O'zbekistonning eng nufuzli oliy ta'lim muassasalari talabalari bilan birga bir maydonda sinab ko'rmoqchimisiz? O'z bilmingiz orqali "Zakovat" arenasida eng zo'ri bo'lmoqchimisiz? Unda Fan va texnologiyalar universitetida tashkil qilingan “USAT Ligasi”ga marhamat!

🙋🏻‍♂️ Ligada ishtirok etish uchun talabalar 6 kishidan iborat jamoa tuzishlari hamda uni @owner44'ga murojaat qilgan holda ro'yxatdan o'tkazishlari kerak bo'ladi.

🎁 Liga g'oliblari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi. Asosiysi, faol ishtirok etgan talabalar Respublika miqyosida bo'lib o'tadigan talabalar o'rtasidagi "Intellektual Olimpiada"da USAT jamoasi safida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

🏆 Eslatib o'tamiz, 2023-yil dekabr oyida universitetimiz talabalari "Zakovat" intellektual olimpiadasida ishtirok etib, Respublikada 1-o'rinni qo'lga kiritib, 2 mlrd so’mlik Prezident sovg’asiga ega bo’lishgan. Agar siz ham jamoa a'zosi sifatida shunday yutuqlarga erishishni istasangiz, albatta ishtirok eting! Biz sizni kutamiz!

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍204👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Mening universitetimda dars jarayonlari

Ilmga chanqoq yoshlar, professor-oʻqituvchilar va ajoyib taʼlim muhiti.

😃 Bularning bari Fan va texnologiyalar universiteti dars jarayonlarida.

🔔 Ariza topshirish:

👉🏻 Telegram bot orqali - @usat_bot
👉🏻 Saytda - usat.uz

📄 Litsenziya (№ 331658, 27.07.2022)

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😃 26-sentyabr kuni soat 14:00 da Fan va texnologiyalar universitetining Ma'naviyat xonasida (317-xona) talabamiz Jo'rayeva Zevar Tolibovna tomonidan seminar-trening o’tkaziladi.

Seminar “Shaxsiy rivojlanish uchun o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish” mavzusiga bag'ishlanadi.

Ushbu uchrashuvda ishtirok etib, siz:

- qo‘rquvlarni yengish;
- gumonlardan xalos bo‘lish;
- liderlik qobilyati;
- alamzadalikdan xalos bo‘lish;
- meditatsiyalar;
- ayniqsa, shaxsiy rivojlanish haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.


Zevar Tolibovna talaba bo’lishi bilan bir vaqtda:

Psixolog amaliyotchi;
Psixologlar assotsiatsiyasi a’zosi;
“Badavlat ayol” loyihasida farzand tarbiyasi bo‘yicha ekspert maslahatchi;
“Serqirra ayol” loyihasi asoschisi;
Motivator kouch;
“Yuqori ong egalari” klubida shaxsiy rivojlanish bo’yicha spiker.

Barcha talabalarni uchrashuvga taklif etib qolamiz!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍197
😃 Fan va texnologiyalar universiteti hamda 🏦 Xalq banki o'rtasida talabalarga ortiqcha hujjatlarsiz va tez muddat ichida ta'lim kreditini ajratish bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yildi.

⌨️ Endi universitetimizda kunduzgi ta'lim shakliga qabul qilingan talabalar kredit olish uchun t.me/+998881750888 (Sherzodbek) yoki t.me/+998971737337 (Asadbek) telegram raqamlariga quyidagi hujjatlarni yuborishlari kifoya:

- talaba pasporti yoki ID-kartasi;
- birgina kafil pasporti yoki ID-kartasi.


🏦 Shu bilan birga, bankning quyidagi manziliga borib, hujjatlarni oflayn topshirsangiz ham bo'ladi: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol ko'chasi, 46-uy.

❗️ Eslatib o'tamiz, ta'lim krediti uchun hech qanday dastlabki to'lov talab qilinmaydi. Foiz stavkasi: erkaklar uchun 13,5%, ayollar uchun 0%. Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍107👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ Universitetdagi dastlabki taassurotlaringiz qanday? (2-qism)

🎤 Navbatdagi 1-kurs talabalarimiz USAT haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

🤔 Ko‘proq qaysi jihatlar ularning e’tiborini tortdi?

— ajoyib o‘quv muhiti;
— talabalarga doim ko‘mak berilishi;
— malakali professor-o‘qituvchilar;
— sifatli ta’lim va boshqalar.


🎞 Video orqali batafsil bilib oling!

🔔 Ariza topshirish:

👉🏻 Telegram bot orqali - @usat_bot
👉🏻 Saytda - usat.uz

📄 Litsenziya (№ 331658, 27.07.2022)

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍176
📣 Shoshiling! Qabul tugashiga 3 kun qoldi!

Sizda hali ham bu yilning o‘zida talaba bo‘lish imkoniyati bor.

😃 Fan va texnologiyalar universitetida qabul 30-sentyabrgacha davom etadi.

📄Hujjatlarni topshirishga ulgurib qoling!


✔️ Zamonaviy muhitda sifatli ta’lim olish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!

🔔 Ariza topshirish:

👉🏻 Telegram bot orqali - @usat_bot
👉🏻 Saytda - usat.uz

📄 Litsenziya (№ 331658, 27.07.2022)

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112
😃 Hurmatli talabalar!

📆 3-oktyabr payshanba kuni soat 13:30da USAT Zakovat ligasi kuzgi mavsum o'yinlarining birinchi turi boshlanadi.

Ligada o'quv shaklidan qat'iy nazar barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

🎁 Agar siz ham intellektual bilimingizni sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz, 6 kishidan iborat jamoa yig’ing, uni ro'yxatdan o'tkazing va musobaqada ishtirok etib, qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiriting!

Jamoasi yo'q talabalar yakka tartibda ro'yxatdan o'tishi mumkin. Bunda ularga tashkilotchilar tomonidan jamoa shakllantirib beriladi.

✍️ Ro'yxatdan o'tish uchun @owner44 akkauntiga quyidagi ma'lumotlarni yuboring:

1. Jamoa nomi;
2. Guruh raqami;
3. Jamoa sardorining telegrammdagi akkaunti (username);
4. Jamoa a'zolarining ism familiyalari.


Batafsil ma'lumotlar @zakovatusat kanalida.

🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍171
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😃 “USATga hech borib ko‘rmadim-da, ko‘pchilik maqtayapti”

⁉️ Siz ham shu toifadanmisiz?

Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi.

🎞 Yuqoridagi video siz uchun!

Eslatib o’tamiz, bugun - ariza topshirishning oxirgi kuni. Shoshiling!

🔔 Ariza topshirish:

👉🏻 Telegram bot orqali - @usat_bot
👉🏻 Saytda - usat.uz

📄 Litsenziya (№ 331658, 27.07.2022)

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍328👏6😁2
🥳 Bugun 1-oktyabr — oʻqituvchi va murabbiylar kuni!

Qadri baland ustozlar, bayramingiz muborak boʻlsin!

🔖 Siz borsizki, farzandlarimiz ilm va odob oladilar. Siz tufayli yoshlar kasb-hunarli boʻlib, hayotda oʻz oʻrinlarini topadilar.

🤩 Sizga sogʻlik va oilaviy baxt tilaymiz! Yoshlarga taʼlim-tarbiya berishdan hech qachon charchamang!

😃 Hurmat bilan, Fan va texnologiyalar universiteti jamoasi!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉52👍227👏5😁2
📣 USATda qabul rasman yopildi!

😃 Fan va texnologiyalar universitetida 2024–2025-o‘quv yili uchun qabul 30-sentyabrgacha davom etdi.

🔖Kelasi o‘quv yili uchun qabul va imtihon jarayonlari 2025-yil iyun oyidan boshlanadi.

Bu yil qabul qilingan talabalarga o‘qishlarida omad va zafarlar tilaymiz.

Bo‘lajak abituriyentlarga esa “Kelgusi yilda ko‘rishguncha!” — deb qolamiz!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49🎉8👏74
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbirdan lavhalar.

😃 Universitetimizning faollar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirni rektorimiz Xamdamov Anvar Norovich kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.


🎤 Ustozlar uchun atalgan tabrik va chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

📃 Tadbirda qatnashgan talabalarga faol ishtiroklari uchun tashakkurnomalar topshirildi.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2314🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

😃 Fan va texnologiyalar universitetida “Zakovat” intellektual oʻyinlari boʻlib oʻtdi

Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan oʻyinlarda universitetimiz professor-oʻqituvchilari va tyutorlar ishtirok etishdi.


📌 Intellektual oʻyin juda qizgʻin va murosasiz tarzda kechdi.

🔖 Tadbir yakunida yuqori oʻrinlarni egallagan jamoalarga diplom va pul mukofotlari topshirildi.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27👏6
#Xalqaro_hamkorlik

😃 Universitetimiz prorektori Gaibnazarova Zumrat Talatovna Belarus Respublikasiga tashrif buyurib, Belarus Milliy Fanlar akademiyasining "Materialshunoslik ilmiy-amaliy markazi" Davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi olimlari bilan uchrashdi. Markaz zumrad, olmos, sapfir va aleksandrit kabi sintetik qimmatbaho toshlar ishlab chiqarishning noyob texnologiyasini yaratib, yuqori sifatli zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani e’tiborga molik.

🤝 Zumrat Talatovna, shuningdek, Belarus Milliy Fanlar akademiyasining Tizimli tahlil va strategik tadqiqotlar markazi direktori Valeriy Goncharov bilan uchrashib, ilmiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Bundan tashqari, prorektorimiz "Fan-texnologiya-innovatsiyalar" tizimi: metodologiya, tajriba, istiqbollar" mavzusidagi IX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning plenar majlisida ishtirok etib, ma’ruza bilan chiqish qildi.

🇺🇿🇧🇾 Eslatib o‘tamiz, 26-avgust kuni Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Kengashi raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida Belarus Milliy Fanlar akademiyasi vakillari universitetimizga kelib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishgan edi. Shu kuni universitetlarimiz o’rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnoma imzolangan.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3712🎉2👏1😁1