Sevimli TV
βœ”
56.9K subscribers
9K photos
17.6K videos
6 files
12.8K links
Β«Sevimli TVΒ» telekanalining rasmiy sahifasi!βœ…

πŸ“± https://instagram.com/tvsevimli_official
πŸ’» facebook.com/tvsevimli
🚩YouTube: http://bit.ly/Sevimli-TV
🌍 https://sevimlitv.uz
Download Telegram
#Tanishing Nodira Nizamova #Sevimli telekanalining loyihalar kordinatori. "Xayrli oqshom", "Zirapcha" va yana boshqa yangi loyihalarda faoliyat yuritmoqdalar. Telekanalimiz jamoasining eng mehribon, doimo yordamga shay, ba'zan sodda va tez til topishadigan inson. Bir jamoada ekanligimizdan faxrlanamiz!

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
#Tanishing Nodira Mahkamova πŸ™‹β€β™€οΈ
"Sevimli" telekanalining bosh dasturchisi va faxriy xodimlaridan biri. Ularning mehnatlari balki siz aziz muxlislarga bilinmas, lekin ular tufayli siz barcha ko'rsatuv va filmlarni o'z vaqtida tomosha qila olasiz. Gazeta jurnallarga ham "Sevimli" telekanalining haftalik dasturlarini shu inson berib boradilar.
O'z ishiga juda sadoqatli va ma'suliyatli. Ishga erta keladigan, kamsuqum, kamgap inson.
"Sevimli" telekanalida ish boshlaganlaridan buyon xali shu xodimamiz biron bir insonga qattiq gapirganlarini eshitmaganmiz. Kadr ortida ishlasalar-da, lekin,
ko'pgina shou-biznes yulduzlari ularni taniydilar ☝️
P/s: Mana hozir ham, hamkasblarim salqinda o'tirsin deb, konditsionerni -16 C ga yoqib, o'zlari esa muzlab, sharflarini yelkalariga tashlab olganlar. πŸ˜… Haqiqiy mehribon inson! πŸ₯°
#SevimlidaTanishing #SevimliBirgaBaxtlimiz

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
#Tanishing Kulib telefon ushlab turgan bu yigit Ilhom Mahkamov nima ish qiladi deysizmi? Ular "Sevimli" telekanlining bosh operatorlardan biri 😎Sifatli kadrlani ko'rsangiz bilingki, bunda ushbu operatorning hissasi bor β˜οΈπŸ˜… Hozirda sitkom serialni tasvirga olish ishlari bilan band. "Oliftalar" , "Zirapcha" ko'rsatuvlarida ishlagan. Nafaqat operator vaqti kelsa kranda ham katta tasvirga olish ishlarini boshqara olgan mas'uliyatli xodim. Qiziq jihati, dron uchirishni juda yaxshi ko'radi πŸ˜…Yosh bo'lishlariga qaramasdan hozirdan shogirdlari bor. Ko'rib turibsizki, hozir ham nimalardir bilan band πŸ€”
#SevimlidaTanishing #IlhomMahkamov #Sevimlitv #SevimliBirgaBaxtlimiz 😍

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
#Tanishing Muxlisa Abdurasulova
"Sevimli" telekanalida Dizayner va dekorator bo'lib ishlaydi. Har bir ishini o'zi mustaqil yaratishni istaydi. O'zlari ham "G'oya ko'chirilmaydi u o'ylab topiladi, axir dizayner nomiga mos bo'lishi kerak-da " deydi ☝️Siz ekranda tomosha qiladigan studiyalar yaratuvchisi ham aynan ularning o'zlari πŸ’£Sayohat qilishni sevadi yangi g'oyalarni sayr qilib topadi! Tabiatdan pozitiv inson, hazilni yaxshi ko'radi. Charchagan paytlarida yana ertangi ishning rejasi haqida o'ylaydi πŸ˜…Ishlarining fidoyisi ekan deysizmi? Ha adashmadingiz πŸ‘πŸ˜‰
#SevimliTv #Tanishing #Muxlisa_Abdurasulova

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
#Tanishing
Jahongir Olimov "Sevimli" telekanalida "Zamon" informatsion-tahliliy dasturi muharriri va boshlovchisi.
Pasportlarida esa Jahongirxon deb yozilgan ekan πŸ€”
"Maktabda hamma meni Olimov deb chaqirgan", deydi o'zlari ham kulib πŸ˜… Televideniye sohasidagi faoliyatini 2012-yilda boshlagan.
Ishda ishni o'ylaydigan mas'uliyatli inson. Ular har doim online, ya'ni nima yangilik bo'lmasin barchasini bilib, o'rganib yuradilar. Jonli internet desak to'g'riroq bo'ladi πŸ˜…. Aslida juda jiddiy va talabchan bo'lgan bu inson farzandi bilan o'ynagan vaqtida butunlay o'zgarar ekanπŸ˜ƒπŸ˜‰

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
Xosiyat Rajabova "Sevimli" telekanalining kino muharriri lavozimida ishlaydilar. Ishga har doim o'z vaqtida keladi, lekin ishdan o'z vaqtida ketmaydiπŸ˜…Ishini oilasidan ustun qo'ygan paytlari juda ko'p bo'lgan. Ular siz sevgan "Ichkarida" , "Istanbullik kelin" , "Fazilat xonim va qizlari" , "So'yla Qoradengiz" , "Olamga nur sochgan oy" va bir qator Kinofilm va seriallarni efirga tayyorlab beradi. πŸ“½ "Jannat rangi" filmini har safar efirga berishiga tayyorlaguncha, yig'idan o'zini to'xtata olmaydi.
#SevimliTv #Tanishing #XosiyatRajabova

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
#Tanishing
Shokirov Hakim "Sevimli" telekanalida operator bo'lib ishlaydiπŸŽ₯😎
Xo'sh, qaysi biridan boshlasak ekan πŸ€”
- O'z ishini juda yaxshi ko'radi.
- Adashmasak 9 ta operator ularni ko'p gapiradigan odatini aytishdi πŸ˜…
- Ko'ngli tozaligini ham yozish kerak deganlar ham bor ☝️
- O'z ishiga jonkuyar va ma'suliyatliligi bilan ko'pgina syomkalarda operatorlik qilgan, qaysilari deysizmiπŸ™‹β€β™‚οΈ
Bular: "Eslab eslab" , "Sevimli ovoz" , "O'zbegim" ko'rsatuvlaridir.
#Tanishing #SevimliTv #Shokirov_Hakim

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
Bugun Fazilat xonim haqidagi faktlar bilan tanishamizπŸ˜‰

1. Nazan Kesal 1969-yil 28-martda Turkiyaning Manisa shahrida tugβ€˜ilgan.
2. U mashhur aktrisa va teatr rejissori.
3. Nazan boshqa aktrisalar kabi ilk rolini kino va seriallarda emas, balki reklamalarda ijro etish bilan boshladi.
4. Sevimli mashgβ€˜uloti har qanday holatda boβ€˜lishidan qa’tiy nazar rasmga tushish.
5. Aktrisaning seriallardagi barcha rollari salbiy boβ€˜lsa-da, aslida u tabiatan umuman boshqa inson.
6. U model sifatida bir nechta taniqli brendlar yuziga aylandi.
7. Uni yanada mashhur qilgan β€œFazilat xonim va qizlari” serialidagi Fazilat rolidir.
#Fazilatxonim #SevimliTv #Tanishing

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
#Tanishing
Samira Rajabova koordinatorimizπŸ₯°
"Sevimli" telekanalidagi ko'rsatuvlarning barcha tashkiliy ishlarini qoyilmaqom bajaruvchi xodimamiz. Bizning quyoshimiz! Sababi hamisha a'lo kayfiyatda yuradilari, o'z kayfiyatlarini barchaga yuqtira olish qobiliyatiga ega optimist, maftunkor, pozitiv inson. Mabodo bir zum, kulishdan to'xtasalar bilingki, qornilari ochganπŸ˜‚πŸ˜‚πŸ˜‚Albatta xazil, ishxonamizni ikkinchi uylaridek bilganlaridan nonushtani ham Sevimlida qiladilarπŸ˜…Muomala borasida yetakchi Samira opaning tanimagan, bilmagan insoni, quyoshimizni ham bilmagan, u haqida eshitmagan insonning o'zi yo'q, xullas har bir sohada tanishlari yetarlicha topiladi. O'zlariga yarashgan kechagi soch turmaklari "Qo'ng'iroqsoch Syu"ni xuddi o'ziπŸ˜‚gapning qisqasi betakror ayol, ta'rifga til ojizβ˜οΈπŸ’
#SevimliTv #Tanishing #SamiraRajabova

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
#Tanishing
Shoira Shagiahmedova "Sevimli" telekanalining "Xayrli oqshom" ko'rsatuvida muharrir lavozimida ishlaydilar❀️
Ularni yaxshi bilgan General qaynonamiz Muhabbat Hamroyeva shunday deydilar: -"Shoiraxon sokin oquvchi daryoga o'xshaydi, lekin bu sokinlik tubida chiroyli olamiga ega inson bor"😘
Telekanalimizdagi "Uydagi gap" , "Sevimli kun" , "Mening qaynonam General" ko'rsatuvlarida ishlaganlar. Har yili muborak Ramazon oyida maxsus ko'rsatuvlarini tayyorlaydilar.
#Sevimlitv #Tanishing #Shoira_Shagiahmedova #Sevimli_sizni_sevadi

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
Davron Akimbayev "Sevimli" telekanalida montajchi bo'lib ishlaydilar πŸ–₯
-Tabiatdan juda og'ir-bosiq inson 😎
-O'z ishiga mas'uliyatli ☝️
-Ular "Uydagi gap", "O'zbegim", "Eslab, eslab" singari ko'rsatuvlarda ishlaganlar.
- Shogirdi Shahzod Abdikarimov ustozi haqida shunday deydi: "Ustozim bilan 1-yildan beri ishlayman. Ishimni o'z vaqtida bajarib, xato qilmasam bo'ldi, shunda gap eshitmayman" πŸ˜… Shunday insonga shogird bo'lganimdan faxrlanaman!πŸ™‹β€β™‚οΈ
-Mana shunday xodimlariz hali juda ko'p πŸ˜‰
#Sevimlitv #Tanishing #Davron_Akimbayev

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
#Tanishing
-Nasriddin Asriddinov "Sevimli" telekanalida Bosh musiqiy muharrir hamda ijrochi prodyuser lavozimida ishlaydilar 😎
-Kimdir ularni ko'ngli toza, beg'ubor inson desa va yana kimlardir bu inson qo'li ochiq va hammaga yordam beradilar deb ta'rif beradi.
-Taomni maromiga yetkazib tayyorlaydilar, qo'llari juda shirin πŸ€—
-Ishda bo'la turib, ish haqida o'ylaydigan qiziq jihatlari bor πŸ˜…
-Ularni yaxshi biladiganlar esa Nasriddin Asriddinov oddiylikni yaxshi ko'radigan inson deyishadi☝️
▢️ Jamoamizdagi yana bir xodim bilan tanishdingiz, biz hali yana davom etamiz...
#Sevimlitv #Tanishing #Nasriddin_Asriddinov

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
- Rayhon Hoshimova "Sevimli" telekanalida efirga uzatilayotgan "Mahallada duv-duv gap" ko'rsatuvining loyiha rahbari va ssenariy muallifi.
-Ko'rsatuvga mavzu tanlashda eng yaxshi mavzular odamlar orasida va ijtimoiy tarmoqlarda degan fikrdalar.
-Mavzu qidirishda ijtimoiy tarmoqlarni birma bir qarashdan erinmaydilar πŸ˜„
- Ko'rsatuv administratori Dildoraxonning aytishicha, Rayhon opa barcha uchun o'zining kerakli maslahatlarini berguvchi mehribon inson va sevimli hamkasb.
-Telekanalimizga kelganlariga ko'p bo'lmadi, ammo hozirda jamoamizda o'z o'rniga ega xodimlarimizdan biri.
#Sevimlitv #Tanishing #Mahallada_duvduv_gap

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
#Tanishing
Abduqodir G'aniyev "Sevimli" telekanalining eng ishongan va Sevimli operatorlaridan biri πŸŽ₯
-Yuqorida ularni operator dedi-ku ammo Abduqodir aka haqiqiy universal inson. Bir qarasangiz, ular tasvirga olish ishlari uchun chiroq o'rnatsalar yana bir qarasangiz montaj boshidalar ☝️
- Bu sohada 10 yillik tajribalari va ko'plab shogirdlar bor 😎
- Tasvirga olish ishlarida ertalabgacha qolib ketadilar, buni esa ishlariga mehr desak bo'ladi ❀️
- Ular sizga tanish bo'lgan: "Sevimli ovoz", "Xayrli oqshom", "Eslab, eslab...", "Oshxonada gaplashamiz", "Mahallada duv-duv gap" va yana ko'plab ko'rsatuvlarda ishlaganlar ☺️
#Sevimlitv #Tanishing #Yangi_mavsum

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
#Tanishing
Hasan Alimov "Sevimli" telekanalining eng ishonchli va qadrdon bo'lgan operatorlaridan biri ☝️πŸŽ₯
- Kasblariga bo'lgan mehri boshqacha, mana ko'rib turibsizki, rasm ham tasvirga olish jarayonida olingan 😎
- Ular siz bilgan: "Sevimli kun", "Sevimli ovoz", "Yoshimni top", "Mening qaynonam General", "Kelgindi kelin", "Bingo", "Salomat bo'ling", " Oshxonada gaplashamiz", "Xayrli oqshom", "Mahallada duv-duv gap" va yana ko'plab ko'rsatuvlarda ishlaganlar πŸ™‹β€β™‚οΈ
- Tasvirga olishda o'z taklif va yangiliklarini qo'shadilar, fikrimizcha ularda rejissorlik qobilyati bor β˜οΈπŸ€”
- Hasan akani yaxshi fotograf ekanliklarini ham qo'shing deganlar ko'p bo'ldi πŸ“Έ
#Sevimlitv #Tanishing #Hasan_alimov #Sevimlida_sevimlisiz

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
#Tanishing
Yusuvaliyev Davron "Sevimli"telekanalining Sevimli va qadrdon operatorlaridan biri 😎πŸŽ₯
- Sevimlida hamma ularni Davron "Doda"πŸ‘³β€β™‚ deb chaqiradi πŸ˜‚
- Ular telekanalimizdagi: "Kelgindi kelin", "Eslab, eslab...", "Oliftalar", "Sevimli Ovoz", "Bugun Boshqachasiz" ko'rsatuvlarida ishlaganlar.
- Hozirda esa siz bilgan "Zirapcha" πŸ’£ ko'rsatuvida bosh operator bo'lib ishlayaptilar πŸ˜ŽπŸ™‹β€β™‚
- Instagramdagi rasmlarni ko'rsangiz model deb o'ylashingiz tabiiy πŸ˜‰βœŠ
- Yosh boβ€˜lishiga qaramasdan hozirda shogirdlari soni anchagina ☝️
- O'z ishiga mas'uliyatli va qolganlardan ham shuni talab qiladigan inson ☺️
#Tanishing #Davron_Yusuvaliyev #Yangi_mavsum

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
#Tanishing
- Yunusov Mavlon "Sevimli" telekanalida "Texnik ta'minot bo'limi muhandisi" lavozimida ishlaydilar 😎
- Mmm... qaysi biridan boshlasak ekan...πŸ€”
- Yuqorida ularni texnik xodim dedik-ku, ammo vaqti kelsa Mavlon aka operatorlik ham qiladilar πŸŽ₯
- Qo'llaridan kelgancha hammaga yordam beradilar πŸ‘
- Hazilni yaxshi ko'rganlaridan ba'zida shunday jiddiy hazil qiladilarki, asti qo'yaverasiz πŸ€ͺ
- Lekin jahllari chiqqan paytida yonlarida bo'lmagan ma'qul🀣
- Qisqa qilib aytganda, Mavlon aka o'zlari haqida mana shunday samimiy ta'riflarga va Sevimlida o'z o'rniga ega bo'lgan inson πŸ€—
#Sevimlitv #Tanishing #Yunusov_mavlon #Yangi_mavsum

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
#Tanishing
Muhamedjonov Komoliddin "Sevimli" telekanalining qadrdon va Sevimli bo'lgan haydovchilaridan biriπŸš™
- Ular telekanalimizdagi barcha ko'rsatuv ijodkorlari bilan ishlaganlar yani ijodiy guruhni bir zumda manzillariga eson-omon yetkazib qo'yadilar 😎☝️
- Komoliddin aka asli kabi quvnoq va samimiy insonlar πŸ˜‰
- Hayotda har qanday voqealar bo'lmasin doim kulib yuradilar. So'z isboti bilan deganlaridek, rasmda ham tabassumdalar πŸ€—
- Hamkasblari orasida o'zining hazilkashligi bilan ajralib turadilar😎
- Sizga tanishtirmoqchi bo'lgan xodimlarimiz hali juda ko'p...❀️☝️
#Sevimlitv #Tanishing #Komoliddin_muhamedjonov #Yangi_mavsum

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat
#Tanishing
- Avezova Maktuba "Sevimli" telekanalida "Kinomuharrir" lavozimida ishlaydilar
- Maktuba opaning asosiy vazifalari kino va seriallarni efirga tayyorlab berishdan iborat ☝️
- Ular siz uchun sevimli bo'lib ulgurgan "Ayol", "Qizim", "Beqaror" kabi ko'plab turk seriallarini va hozirda telekanalimizda efirga uzatilayotgan "Bokira" milliy serialini ham efirga tayyorlab kelmoqda 😘
- Ahamiyat bering, o'zlari ham turk aktrisalariga o'xshaydilar 😍
- "Kinotahririyati" bo'limida Maktuba opani mehribon va samimiy inson, mas'uliyatli, o'z o'rniga ega xodim sifatida juda ham hurmat qilishadi 🀩

#Sevimlitv #Tanishing #Maktuba_Avezova #Sevimlida_sevimlisiz #MehrVAmuhabbat_bilan_yashang

βœ… @tvsevimli
βœ… @tvsevimlichat