Ushbu hujjatni ishlab chiqishda barcha manfaatdor soha vakillari tomonidan ilgari surilgan taklif va talablar inobatga olindi. Madaniyat va san’at sohalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Farmonning qabul qilinishi jamiyatimiz uchun muhim qadam bo‘ldi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davlat va noddavlat telekanallarining vakillari Farmonda ko‘zda tutilgan madaniy-ma’rifiy mavzularni mamlakatimiz tele-radio kanallarida targ‘ibot qilish, yosh avlodni madaniy va ma’rifiy merosimizni o‘rganishga qiziqtirish, ularning ma’naviyatini yuksaltirish, yangi islohotlarning mazmun-mohiyatini xalq ongiga chuqur yetkazib berish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Onlayn-formatda o‘tgan brifingda hududiy telestudiyalar vakillari ham ishtirok etdi.
Muloqot chog‘ida yurtimizdagi nodavlat telekanallar va O‘zbekiston EOAVMA vakillari ta’kidlab o‘tganidek, madaniyat va san’at sohasidagi keng qamrovli islohotlarni hayotga joriy qilishda nodavlat tele va radiokanallarning tutgan o‘rni nihoyatda muhim. Bugungi kunda yoshlarimizning qanday inson bo‘lib voyaga yetishi republikamizdagi OAVlar va telekanallar faoliyatiga xam bog‘liq. Shu sababdan, Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda madaniy-o‘quv ommabop dasturlarini tayyorlash va yangi medialoyihalarni faol joriy qilishga kirishish lozim.
Tadbir xotimasida tomonlar yagona media-reja hamda memorandum ishlab chiqish va imzolashga kelishib olishdi.
#Ozbekkino #Sevimlitv
✅ @tvsevimli
✅ @tvsevimlichat
✅ @zamonuz
🌏 zamon.uz - Kunning eng muhim yangiliklari☝️