Transport litseyi
811 subscribers
2.93K photos
172 videos
22 files
1.01K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
🏛️Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi o‘quvchilari ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida “Meros” badiiy filmini kinoteatrda tomosha qilishdi. Ushbu tashrif o‘quvchilarda milliy qadriyatlar, tarixiy meros va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada chuqurlashtirish maqsadida tashkil etildi. Film tomoshasi davomida o‘quvchilar o‘zbek xalqining boy tarixi va ajdodlarimiz qoldirgan bebaho meros haqida chuqur taassurot oldilar.
👉Tadbir yakunida o‘quvchilar va ustozlar filmning g‘oyaviy-badiiy qiymati hamda unda aks etgan tarixiy voqealar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini almashdilar.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🏛️Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyidan bir guruh yoshlar o‘zbek kino san’ati vakillari — taniqli rejissyorlar va san’atkorlar bilan bo‘lib o‘tgan “Uch avlod uchrashuvi”da ishtirok etishdi.
❗️Mazkur tadbir yoshlar, o‘rta avlod va faxriy san’atkorlar o‘rtasida ijodiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, milliy kino san’atining tarixiy yo‘lini yoritish hamda yosh avlodda san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar mashhur filmlar, aktyorlik mahorati, rejissyorlik tajribalari hamda kino san’atining hozirgi rivojlanish yo‘nalishlari haqida fikr almashdilar.
⭕️Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan chiqish qilib, san’at ustalaridan qimmatli maslahatlar olishdi hamda ijodiy ilhom oldilar.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi Shayxontohur tumani Labzak ko'chasida joylashgan
Bizning akademik litseyda quyidagi yo'nalishlar mavjud:
- Aniq fanlar-1 (texnika)
- Aniq fanlar - 2 (iqtisod)
- Xorijiy tillar
Akademik litseyda yuqori malakali, xorijiy va milliy sertifikatlarga ega bo'lgan ustozlar yangi ta'lim texnologiyalari asosida darslarni noan'anaviy shaklda olib boriahadi.
Akademik litseyda fa'ol, iqtidorli va fanlarni a'lo baholarga o'zlashtirgan 10 nafar o'quvchilar "Akademik litsey iftihori" stipendiyasi bilan taqdirlanadi.
Darslarni o'qitish o'zbek va rus tillarida olib boriladi.
🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ochiq suhbat

🏛️Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi o‘quvchilari 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Shayxontohur tumani “Nuroniy” jamg‘armasi a’zosi Usmonov Maruf Nigmanovich bilan ochiq suhbat tashkil etishdi.
👉Uchrashuv davomida Maruf Nigmanovich yoshlarga o‘z hayot yo‘li, mehnat faoliyati, o‘zbek xalqining sabr-toqati va birlikdagi kuchi haqida samimiy fikrlar bilan o‘rtoqlashdi. U tarixiy xotira, faxriylarimizga hurmat, tinchlik va barqarorlikning qadriga yetish haqida so‘z yuritdi.
O‘quvchilar faxriy bilan suhbat davomida qadriyatlar, milliy birlik va o‘zaro hurmat haqida chuqur mulohazalar yuritishdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar M.Nigmanovichga samimiy minnatdorlik bildirishdi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🏛Toshkent davlat transport universitetining akademik litseyida Kasbiy (Texnik dasturchi) fanidan yakuniy davlat attestatsiya imtihoni jarayoni qizg'in ketayotgani juda muhim voqea.
👉Bu kabi imtihonlar talabalar uchun katta ahamiyatga ega, chunki ular nafaqat bilim darajasini, balki professional ko‘nikmalarni ham tekshiradi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi va Milliy tiklanish demokratik partiyasining "Korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusidagi o‘quvchi yoshlarga maruza o‘tkazishi, ayniqsa hozirgi vaqtda juda muhim tadbir. Korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlat darajasida, balki yoshlar o‘rtasida ham keng muhokama qilinishi zarur bo‘lgan masala.
👉Bunday tadbirlar o‘quvchilarni korrupsiya haqida ongli va mas'uliyatli qarashlarga olib kelishi, jamiyatda adolatni ta'minlashga hissa qo‘shish uchun katta ahamiyatga ega. Maruzada korrupsiyaning zararli ta'siri, uning oldini olish usullari, va korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir fuqaroning roli haqida gapirilgan bo‘lishi mumkin.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook