Transport litseyi
813 subscribers
2.93K photos
172 videos
22 files
1.01K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni innovatsion rivojlantirishda yosh tadqiqotchilarning roli” mavzusidagi talabalar xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi!
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi o'quvchilari 2025-yil 25-aprel kuni Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti, "INNO" innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparki bilan hamkorlikda "Muhandislik oyligi” doirasida tashkil qilgan ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashishdi. Konferensiyada yosh tadqiqotchilarning innovatsion rivojlanishdagi o‘rni va ilm-fan sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

👉Akademik litseyning 200 nafar o'quvchisi bu konfirensiyada qatnashishdi va faxrli o'rinlarni egallashdi.
🥇Zuxriddinov Dilshod
🥈Karimjonov Mahmudjon
🥉Jaloliddinov Ibrohim

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛Open Grants kompaniyasi Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyiga tashrif buyurdi

❗️2025-yilning aprel oyida Open Grants kompaniyasi vakillari Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyiga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida kompaniya vakillari litsey o‘quvchilari bilan muloqot qilib, Xitoy Xalq Respublikasidagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
👉Tadbir davomida o‘quvchilarga Xitoydagi universitetlarga qanday hujjat topshirish, grant asosida o‘qish, talablar va zarur tayyorgarlik haqida tavsiyalar berildi. Open Grants kompaniyasi xorijda ta’lim olishni istagan yoshlarga ko‘mak berish, ularga zaruriy maslahat va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🎗Toshkent menejment va iqtisod universiteti vakillari Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyiga tashrif buyurishdi

🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu safar litseyga Toshkent menejment va iqtisod universiteti vakillari tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida universitet tomonidan tashkil etilgan imtihon yakunlari e’lon qilindi.

👉Imtihonda faol qatnashgan litsey o‘quvchilari universitet vakillari tomonidan yana bir bor e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bu kabi tadbirlar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularni oliy ta’limga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
Uchrashuv davomida universitet vakillari o‘quvchilarga ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayonlari va talabalik hayoti haqida batafsil ma’lumot berib o‘tishdi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi o‘quvchilari Tashkent Flower Festda! 🌸

Bugun litseyimiz o‘quvchilari "Tashkent Flower Fest" gul bayramida faol ishtirok etishdi. Yoritilgan gullar, rang-barang kompozitsiyalar va ijodiy ko‘rgazmalar orasida bizning o‘quvchilarimiz o‘z bilim va iste’dodlarini namoyish etishdi.

Festivalda qatnashish nafaqat madaniy hordiq, balki go‘zallikni qadrlash, ekologik tarbiya va jamoaviylikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. 🌷🌼

Tashkentni gulga burkagan ushbu bayramda biz ham borligimiz bilan ishtirok etganimizdan faxrlanamiz! 💐


🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida ilmiy uchrashuv: professorlar bilan ilhomli muloqot 📚

Toshkent davlat transport universitetining nufuzli professor va dotsentlari akademik litseyimizga tashrif buyurib, o‘zlarining boy tajribalari, chuqur ilmiy bilimlari hamda kasbiy hayotga oid qiziqarli ma’lumotlari bilan o‘quvchi yoshlarimizga katta ilhom bag‘ishladilar.

Tashrif davomida o‘quvchilarimiz mehmonlar bilan ochiq muloqotda bo‘lish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish hamda kelajakdagi kasb tanlovi bo‘yicha foydali tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

🔹 Uchrashuv doirasida fanning turli yo‘nalishlarida alohida faollik ko‘rsatgan, ilg‘or fikrlari va tashabbuslari bilan ajralib turgan o‘quvchilar munosib tarzda taqdirlandi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarimizni bilimga chanqoq, maqsad sari intiluvchan bo‘lishga undaydi va ularning kasbiy yo‘nalish tanlashida muhim rol o‘ynaydi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook