Transport litseyi
728 subscribers
2.86K photos
155 videos
22 files
983 links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
🌷 Navroʻz bayrami muborak bo'lsin!

🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi jamoasi barchangizni tabiat uyg‘onishidan darak beruvchi, yangilanish va mehr-oqibat ayyomi – Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

💐 Bu fayzli bayram oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, farovonlik va baxt olib kelsin. Yurtimiz yanada ravnaq topib, ezgu niyatlarimiz ro‘yobga chiqsin! Navro‘z har bir xonadonga quvonch, baraka va yangi imkoniyatlar olib kelsin!

🎉 Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!

Sayt  | Telegram | Facebook | Instagram
Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida o'quvchi yoshlarga "OITS ga qarshi kurash" mavzusida mutaxassis tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbirda o'quvchilarga OITS haqida kerakli ma'lumotlar taqdim etilib, uning tarqalish xavfi va oldini olish usullari tushuntirildi. Ushbu ma'ruzada, OITS ning qanday yuqtirilishi, uning oldini olish uchun xavfsiz turmush tarzini yaratish zarurligi va kasallikdan himoyalanish uchun ehtiyotkorlikni oshirishning ahamiyati ta'kidlandi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida o‘quvchilar uchun "Kiberxavfsizlik va uning ahamiyati" mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi jarayonida internetdan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda kiberjinoyatlardan ogohlantirish bo‘yicha o‘quvchilarga nazariy va amaliy bilim berishdan iborat bo‘ldi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🇺🇿Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida Ingliz tili fanidan "Comparative" mavzusida ochiq dars.
Bunda o'quvchi yoshlar o'zlariga topshirilgan mavzularni va Comperative mavzusini chuqurlashtirilgan holda o'rgandilar.

🇺🇸 At the Academic Lyceum of Tashkent State Transport University, an open lesson on the topic of "Comparative" in English was held. In this lesson, students have studied and deepened their understanding of the assigned topics and the "Comparative" topic.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi ittifoqi "Zakovat klubi" tomonidan tashkil etilgan 2025-yilning "Mart" zakovat musobaqasiga  start beramiz🎉

Bilimingizni sinab koʻring va jamoangiz bilan gʻolibga aylaning, g'olib bo'lgan jamoa maxsus sovg'a bilan taqdirlanadi.🎊

📆 Sana: 28 - mart, juma kuni.
Soat: 13:00
📍Manzil: 3 - qavat  306 - hona
📞 Murojaat uchun: +998 77 162 00 02

🗣 Barchangizni Zakovat intellektual  o‘yinimizga taklif qilamiz!

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🏛️Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida "Jadidchilik harakati va Behbudiy saboqlari" nomli ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
👉🏻Bu tadbir jadidchilik harakatining mohiyati va uning namoyandalari, xususan, Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi haqida yosh avlodga tushuncha berish maqsadida tashkil etildi. Behbudiy kabi jadidlar o‘z davrida ilm-fan, ma’rifat va milliy uyg‘onish g‘oyalarini targ‘ib qilib, xalqni taraqqiyotga undagan edi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
❗️Бугун Рамазон ҳайити куни

Инсонпарварлик, меҳр-оқибат, хайру саховат ва бағрикенглик рамзи – Рамазони Ҳайити муборак бўлсин!

Бир ой давомида тутган рўзамиз қабул бўлиб, Ота-онамиз, яқинларимиз дуосини олишдан, кўмакка муҳтожларга ёрдам кўрсатиш, қариялар, беморлар холидан хабар олишдан ҳеч қачон чарчамайлик ва бу энг асосий бурчимизга айлансин.

Шундай қутлуғ ва мунаввар кунларга етказганига чексиз шукроналар айтишдан чарчамайлик. 

Юртимиз тинчлиги ва осойишталиги, халқимиз саломатлиги, дастурхони тўкинлиги бардавом бўлсин.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook