Transport litseyi
727 subscribers
2.86K photos
155 videos
22 files
983 links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
“Navroʻz – Tabiat uyg‘onishi va yangilanish ayyomi”

🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyidagi har bir guruh ushbu tadbirda faol ishtirok etishdi, bayram munosabati bilan ular milliy qadriyat va an'analarga mos ravishda o‘z dasturxonlarini bezatishdi.

Oʻquvchilar sumalak, halim, ko‘ksomsa, osh kabi Navroʻz taomlarini tayyorlab, ularning har biri haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etishdi. Shuningdek, dasturxonga ko‘katlar, turli xil shirinliklar va milliy ichimliklar qo‘yilib, bayramona kayfiyat yaratildi.

Sayt  | Telegram | Facebook | Instagram
“Navroʻz – Bahor nafasi, yangilanish fasli”

🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan ushbu tadbir yosh avlodning milliy meros va qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini yanada oshirdi. O‘quvchilar nafaqat taom tayyorlash, balki ularning tarixi va ramziy ma’nosi haqida ham bilim almashishdi. Tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi, qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi va bayram haqiqiy Navroʻzona ruhda o‘tdi.

Sayt  | Telegram | Facebook | Instagram
Milliy qadriyatlar – ajdodlar merosi va kelajak poydevori”

Bugun Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida karnay-surnay sadolari ostida Umumxalq Navro’z bayrami munosabati bilan “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirimizga mehmon sifatida, Xamdamov Toxirjon Toshkent shahar transport prakurori o‘rinbosari, Akromxojayev Ulugʻbek Saloxitdinovich Oʻzbekiston Respublikasi Transport prakurori katta yordamchisi,
Karimova Sadoqat Gulboyevna va Mansurova Xulkar Nabiyevna O'zbekiston Respublikasi transport prakurori katta yordamchilari tashrif buyurishdi.
 
🎉 “Akademik litsey iftixori” stipendiantlari mas'ul rahbarlar tomonidan munosib taqdirlandi.

Litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan har bitta badiiy chiqishlarning zamirida Navro‘z shukuhi, qadriyatlar jilosi, shukronalik tuyg‘usi mujassamligi o‘z aksini topdi.
 
💐 Barcha-barchaga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Sayt  | Telegram | Facebook | Instagram