Transport litseyi
726 subscribers
2.86K photos
156 videos
22 files
985 links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida ingliz tili fani doirasida "BREAK TIME" nomli tadbir o'tkazildi. Mazkur tadbir o'quvchilarning ingliz tiliga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy va kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan edi. Tadbir davomida o'quvchilar ingliz tilida turli ko'nikmalarni namoyish etib, ishtirok etdilar. Ushbu tadbir litsey o'quvchilari uchun unutilmas lahzalarga boy bo'ldi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida Zulfiyaxonimning tavalludi munosabati bilan tadbir tashkil etilgan. Tadbirda akademik litsey o‘quvchilari va o‘qituvchilari Zulfiyaxonimning adabiyotga qo‘shgan hissasini yodga olib, uning hayoti va ijodini yoritganlar. Bu tadbirda Zulfiyaxonimning adabiy merosi, uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va ayollarning jamiyatdagi roli haqida nutq so‘zlangan. Shuningdek, o‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy tarbiya berish, uning hikmatlaridan o‘rnak olish, zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilgan.

Tadbirda Zulfiyaxonimning she’rlari, aforizmlari va ulug‘ shoiraning jamiyatda tutgan o‘rni haqida qisqacha taqdimotlar, insholar va dars so‘zlari o‘tkazilgan. Bu kabi tadbirlar o‘quvchilarda o‘zbek adabiyotiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, ilmga bo‘lgan muhabbatni oshirishga xizmat qiladi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛2025 yilning 26-fevral kuni Toshkent davlat transport akademik litseyida psixolog tomonidan o'qituvchilar uchun trening o'tkazildi. Treningda o'qituvchilarning muloqotchanligini oshirish, kasbiy so'nishning sabablari va uning oldini olish muhokama qilindi. Kasbiy so'nishning asosiy sabablari — haddan tashqari ish yuklanishi, ruhiy stress va rivojlanish imkoniyatlarining cheklanishi. Oldini olish uchun o'qituvchilarga dam olish, o'zini tahlil qilish va qo'llab-quvvatlash tizimini yaratish tavsiya qilindi. Bu trening o'qituvchilarga stressni boshqarish va samarali ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam berdi.

🌐Akademik litsey sahifalari

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist “Mehnat shuhrati” va “Do’stlik” o’rdeni sohibi Turg’un Beknazarov bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.



🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook