Transport litseyi
735 subscribers
2.87K photos
158 videos
22 files
990 links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
🇺🇿Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida o‘quvchilarga "Kvadrat tengsizliklar" mavzusida Y.Botirov tomonidan ochiq dars o‘tkazildi.
🔺Ushbu darsda kvadrat tengsizliklar va ularni yechish usullari batafsil ko‘rib chiqildi. O‘quvchilar mavzu bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘lish bilan birga, amaliy misollarni yechish orqali masalalarni hal qilishni o‘rgandilar. Bu kabi darslar o‘quvchilarning matematik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

🇷🇺В Академическом лицее Ташкентского государственного транспортного университета прошел открытый урок для учащихся по теме "Квадратные неравенства", проведенный Я.Ботировым.
🔺На уроке подробно рассмотрены квадратные неравенства и методы их решения. Учащиеся не только приобрели теоретические знания по данной теме, но и научились решать задачи, выполняя практические примеры. Такие уроки играют важную роль в развитии математического мышления у учащихся.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi 6-24 guruhida, Jo'rayeva.N tomonidan Xitoy tili fanidan o'tkazilgan ochiq dars juda qiziqarli tarzda bo'lib o'tdi.
⭕️Dars davomida o'quvchilar Xitoy tilida mevalar mavzusini o'zlashtirdilar va bu jarayonni yanada interaktiv va samarali qilish uchun turli xil o'yinlarda ishtirok etishdi. O'yinlar orqali o'quvchilar nafaqat mevalar nomlarini o'rganishdi, balki ularni to'g'ri talaffuz qilish va kundalik suhbatlarda qo'llashga o'rgandilar. Bu kabi ochiq darslar o'quvchilarga til o'rganishni nafaqat samarali, balki qiziqarli ham qiladi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi 1-24 guruhida "Ideal gaz holat tenglamasi. Izajarayonlar va ular uchun holat tenglamasi" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi.
⭕️Ushbu darsda talabalar ideal gazlar haqida bilimlarini yanada mustahkamlashdi. Ochiq darsda ideal gazlarning holat tenglamasi, shu jumladan izajarayonlar va ular uchun tegishli holat tenglamalari batafsil tushuntirildi. Ideal gaz holat tenglamasi, gazlarning o'zgarishi va ularning xatti-harakatlarini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Talabalar, shu bilan birga, izajarayonlarning turlari va ularning gazlar uchun qanday ishlashi haqida amaliy misollarni ko‘rib chiqdilar.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

☄️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi uchun ishtirokchilarning taklif va murojaatlarini inobatga olib arizalar qabul qilish muddatini joriy yilning 25-fevral sanasigacha uzaytirilganini ma'lum qilamiz!
Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yurtimizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish maqsadida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovini e’lon qilgan.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 25-fevral kuniga qadar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan KTM, AL va OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

Tanlovda o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar (16-25 yosh) ishtirok etadi.

Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99855 511-55-44 (ichki raqam 200).

👍Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
🇺🇿Toshkent davlat transport universitetining akademik litseyida "Huquqiy ong va huquqiy ma'daniyatni yuksaltirish" mavzusida o'tkazilgan seminarda O'zbekiston Respublikasi Transport Prokurorining katta yordamchisi Mansurova Xulkar Nabiyevna va Transport vazirligi mas'ul xodimi O'lmasova Lobarxon Odilovnalar o'quvchi yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga katta yordam berishdi.Ular seminarda yoshlar uchun huquqiy bilimlarni yanada chuqurlashtirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha muhim ma’lumotlarni taqdim etdilar.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🇺🇿Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi 1-24 guruhida Geometriya fanidan "Uchburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalarga doir masalalar yechish" mavzusida bo'lib o'tgan ochiq jarayoni🔥

🇷🇺Академический лицей Ташкентского государственного университета транспорта, группа 1-24, провел открытое занятие по теме "Решение задач на вписанные и описанные окружности вокруг треугольников" по предмету Геометрия. 🔥

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook