Transport litseyi
756 subscribers
2.88K photos
158 videos
22 files
991 links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
⭕️ ESLATMA!!!

⚡️ Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida o'qishga kirgan va tahsil olayotgan barcha kurs o'quvchilari hamda ularning ota-onalari!

⚡️ Yangi o'quv yilida barcha o'quv qurollari qatori (daftar, ruchka...) namunadagi sumkalardan birini ham olib berishingizni so'raymiz.

🌐 Akademik litsey rasmiy sahifalari:
Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
⭕️ "MAHALLA OBOD — YURT OBOD" SHIORI OSTIDA AKADEMIK LITSEYDA UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI O‘TKAZILDI

🔵 Joriy yilning 24-25-avgust kunlari "Mahalla obod — yurt obod" shiori ostida mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilab qo’yildi.

🟣 Shu munosabat bilan 2024-yil 24-avgust TDTrU akademik litsey rahbari boshchiligidagi butun jamoa o‘zbekona udum, milliy urf-odatimizni o’zida aks etgan umumxalq hasharini birdamlikda, ahillikda, ko’tarinki kayfiyatda amalga oshirdi.

🟢 Ajademik litsey hududi, atroflari obodonlashtirildi, begona o’tlardan tozalandi, archa va boshqa ko’chatlar sug’orildi.

💐 Umumxalq hasharida o’z hissasini qo’shgan barcha pedagog-ustozlarga, ishchi-xodimlarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

🌐 Akademik litsey rasmiy sahifalari:
Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
⭕️ MUHIM ESLATMA!

⚡️ Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida yangi o‘quv yili 4-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanishini ma'lum qilamiz.

🌐 Akademik litsey rasmiy sahifalari:
Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
Aziz yurtdoshlar!

Hurmatli jamoa, hamkasblar, ustozlar!

Sizlarni  Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan tabriklayman.Yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolaman!

Yurtimiz tinch,Mustaqilligimiz esa abadiy bo'lsin!

Hurmat bilan,
                   M.T Xasanova
Forwarded from Deleted Account
⭕️ "BIR BO'LSAK YAGONA XALQMIZ,BIRLASHSAK VATANMIZ..." tadbiri jarayonidan
2024-yil 4-sentyabr kuni TDTrU akademik litseyida “Bir bolsak yagona xalqmiz,birlashsak vatanmiz” shiori ostida Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
❇️ Tadbir avvalida Davlat Madhiyasi yangradi. So’ng akademik litsey direktori M.T.Xasanova so’zga chiqib, barchani Mustaqillikning 33 yilligi bilan, shuningdek, birinchi kursga qabul qilingan o‘quvchilarni erishgan muvaffaqiyati bilan barcha kurs o’quvchi-yoshlarni samimiy qutladi.
Tadbirda Shayxontohur tuman Nuroniylar jamoat kengashi a’zosi, dotsent M.Usmonov hamda tajribali ustozlaridan Y.Botirov, Sh.Eshmurodov, A.Mo’minovalar o’quvchi-yoshlarni yangi o’quv yili bilan tabriklab, ustozlar berayotgan ilmni puxta egallashlarini ta’kidlab o’tdi.
❇️Tadbir so’ngida barcha o’quvchilar guruh rahbari boshchiligida “Mustaqiilik darsi”ni davom ettirdi.🌐 Akademik litsey rasmiy sahifalari:
Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни!
Ушбу кун муносабати билан юртимиздаги барча ўқитувчи ва мураббийларни чин дилдан самимий муборакбод этаман!
Aзиз Устозлар, илм йўлидаги шижоатингиз, метин иродангиз, тоғдек сабрингиз, билим уммонидаги сабоғингиз доимо сарбаланд бўлсин! Сиҳат-саломатлик, оилавий хотиржамлик, тинчлик ва фаровон ҳаёт ҳамиша ҳамроҳингиз бўлсин!
Касб байрамингиз муборак бўлсин ҳурматли устозлар!

🔹Bizni kuzatishda davom eting.

🌐 Akademik litsey rasmiy sahifalari:
Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube