Transport litseyi
835 subscribers
3.02K photos
183 videos
22 files
1.05K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
⭕️ “MUNAQQID OZOD SHARAFIDDINOV AVLODLAR E’ZOZIDA” TADBIRI JARAYONIDAN

🔵 2024-yil 25-aprel kuni “Adiblar xiyoboni”da TDTrU akademik litseyi jamoasi “Munaqqid Ozod Sharafiddinov avlodlar e’zozida” mavzusidagi tadbirni amalga oshirdi.

🟢 Tadbirni YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, Ozod Sharafiddinov haykali qoshida adibning bosib o’tgan hayot yo’li, ijod olami, avlodlarga qoldirib ketgan asarlarining mazmun-mohiyati, ustozlari haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi.

🟣 Tadbirda o’quvchi-yoshlar tomonidan munaqqid qalamiga mansub maqolalar va asarlaridan parchalar mahorat bilan ijro etildi.

🟠 Munaqqid ijodida Vatan tushunchasi yuksak darajada qadrlanganini madh etuvchi diltortar kuy-qo’shiqlar “Iste’dod” to’garagi rahbari A.Oyto’rayev, to’garak a’zolaridan B.Tavakkalov, yoshlar yetakchisi E.Abdunazarovlar ijrosida jonli ijroda kuylandi.

🔴 Shuningdek, o’quvchi-yoshlar o’rtasida sportning shaxmat, shashka turlari bo’yicha ham musobaqa tashkil etildi.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ MUHAMMAD YUSUF RUHI BARHAYOT...

🌷 1954-yil 26-aprelda tug'ilgan O’zbekiston xalq shoiri, "Do'stlik" ordeni sohibi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag’ishlanadi.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍5🔥1👏1
⭕️ "INSON AZIZ – XOTIRA MUQADDAS" TANLOVIGA MARHAMAT!

🔷 TDTrU akademik litseyining iste’dodli, ijodkor o‘quvchi-yoshlari!

🎗 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan "Inson aziz – xotira muqaddas" shiori ostidagi tanlovda barchani chorlab qolamiz.

📌Tanlov quyidagi yo’nalishlar orqali olib boriladi va qabul qilinadi.

1️⃣ "Eng yaxshi rasm egasi" nominatsiyasi;
2️⃣ "Ikkinchi jahon urushi xotiralarda" mavzusidagi insho;
3️⃣ “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi (1941-1945-yil voqealari asosida).

🔻Izoh: bir o'quvchi bir vaqtning o'zida 3 ta yo'nalishda ham ishtirok etish huquqiga ega.

📅 Ijodiy ishlarni qabul qilish oxirgi muddati: 4-may, 2024-yil

👮Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan o'quvchilar guruh rahbaringizga yoki tanlov tashkilotchilariga murojaat qilishingiz mumkin.

💐Aziz yoshlar tanlovda ishtirok eting va esdalik sovg'alar egasiga aylaning.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍1👏1🤩1
⭕️ "O'ZBEKISTON - 2030" STRATEGIYASI O'QUVCHILAR NIGOHIDA

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan.

🔹barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;

🔸aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

🔹aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

🔸xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

🔹mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlashdan iborat.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍2
⭕️ “SHON-SHARAF” DAVLAT MUZEYIGA O’QUVCHI-YOSHLAR TASHRIFI

⭐️ 2024-yil 30-aprel kuni Prezidentning 2024-yil 16-apreldagi "9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida akademik litseyning bir guruh o'qituvchi va o'quvchilari “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrifi amalga oshirildi.

🔥 Tashrif chog’ida muzey tarixi, muzeyga fayz berib turgan, ikkinchi jahon urishi davrini eslatuvchi maketlar, frontda jasorat ko’rsatgan insonlar haqidagi ma’lumotlar mutaxassislar tomonidan o’quvchilarga batafsil yetkazildi.

🌈 Bunday sayohatlar o’quvchilarni o’z tarixini bilishga, jasoratli shaxslarga munosib avlod bo’lishga, Vatanni asrash, va, hattoki jonini berish burchini o’rgatishga xizmat qiladi.

💐 Barcha guruh rahbarlariga, qiziquvchan o'quvchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍4
⭕️ TASHKENT INTERNATIONAL UNIVERSITY VA AKADEMIK LITSEY O’RTASIDA INNOVATSION-KORPORATIV HAMKORLIK TO’G’RISIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

🔷 2024-yil 2-may kuni TDTrU akademik litseyida Toshkent shahrida joylashgan Vazirlar Mahkamasining 900-sonli qarori asosida tashkil etilgan Tashkent international universitety va akademik litsey rahbarlari boshchiligida innovatsoin-korporativ hamkorlik to'g'risida memorandumi imzolandi.

🔶 TIU mas’ullari tomonidan universitetda yaratilgan barcha shart-sharoitlar, mavjud bakalavr hamda magistratura yo’nalishlari, grant yutish imkoniyatlari, imtiyozlar haqidagi ma’lumotlar o’quvchilarga batafsil yetkazildi.

🔷 Muassasa rahbarlari o'rtasida turli mavzularda muzokaralar olib borildi va bu kelajakda istiqbolli reja asosida davom etishini maqsad qilib olindi.

📌 O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ E’LON!!!

👮‍♂️HURMATLI 9-SINF BITIRUVCHILARI VA ULARNING OTA-ONALARI!

🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi 2024-2025 o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlar bo'yicha umumiy o'rta ta’lim maktablarining 9-sinf iqtidorli bitiruvchilarini o‘qishga taklif etadi!

Akademik litseyda mavjud yo‘nalishlar va kirish imtihonlari bo‘ladigan fanlar.

1️⃣ Aniq fanlar-1 (texnika) yo‘nalishi (matematika, fizika, IQ test);

2️⃣ Aniq fanlar-2 (iqtisod) yo’nalishi (matematika, ingliz t, IQ test);

3️⃣ Xorijiy tillar yo’nalishi (ona tili va adabiyot, ingliz tili, IQ test).

Barcha savollarga
👉https://t.me/transportlitseyi kanali orqali javob olasiz!

Murojaat uchun telefonlar:↩️
☎️+99855 5060188
📲+99897 4433952
📲+99899 6463283

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍4🤩2🔥1👏1