Transport litseyi
832 subscribers
3.06K photos
184 videos
23 files
1.06K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
☀️ "OLAM NURGA TO'LSIN SEN BILAN, NAVRO'Z!" BAYRAM TADBIRI JARAYONIDAN!

🌸 2024-yil 16-mart kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida karnay-surnay sadolari ostida Umumxalq Navro'z bayrami munosabati bilan o'tkazilgan "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z" nomli tadbirdan lavhalar.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
🎉3🔥1🤩1
☀️ “OLAM NURGA TO’LSIN SEN BILAN, NAVRO’Z!” TADBIRI JARAYONIDAN

🌸 2024-yil 16-mart kuni TDTrU akademik litseyida karnay-surnay sadolari ostida Umumxalq Navro’z bayrami munosabati bilan “Olam nurga to’lsin sen bilan, Navro’z!” tadbiri bo’lib o’tdi.

🌼 Tadbirda Transport universiteti prorektorlari S.Sanatovich, D.Xamidullayevich, muassasa rahbari M.Turayevnalar barchani Navro’z bayrami bilan samimiy tabrikladi.

🌻 “Akademik litsey iftixori” stipendiantlari mas’ul rahbarlar tomonidan munosib taqdirlandi.

🌺 Tadbirda IIV Qorovul qo’shinlari harbiy orkestri hamda ansambl jamoasi ham ishtirok etib, diltortar kuy-qo’shiqlari bilan barchani xushnud ayladi.

🌷Litsey o’quvchilari tomonidan tayyorlangan har bitta badiiy chiqishlarning zamirida Navro’z shukuhi, qadriyatlar jilosi, shukronalik tuyg’usi mujassamligi o’z aksini topdi.

🌈 Tinch va osoyishta yurtimizda mana shunday Navro’z shukuhi davom etaversin.

💐 Barcha-barchaga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍6🔥2🎉1
⭕️ Transport universiteti Temir yo‘l muxandisligi fakulteti jamoasi akademik litsey mehmoni

🔵 2024-yil 18-mart kuni TDTrU akademik litseyida Transport universiteti bilan navbatdagi hamkorlik uchrashuv tadbiri bo’lib o’tdi.

🟢 Tadbirda Temir yo‘l muxandisligi fakulteti jamoasi prof. Mirsaatov R.M, dots.Mirsalixov B.A, dots.Mansurova M.Yu, dots. Qosimova G.U, katta o‘qituvchilar Yavkacheva Z.A., Sultanxodjaeva G.Sh va boshqalar ishtirok etdi.

🟣 Uchrashuvda fakultet o’qituvchilari tomonidan fizika va psixologiya fanidagi tafovutlar, astronomiyaga oid eng so’nggi kashfiyotlar hamda ilm-fan yo’lida hissa qo’shgan O’rta Osiyo olimlari haqidagi ma’ruzalari o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

🔴 Shuningdek, akademik litsey o’quvchilaridan O.Akbaraliyeva, D.Otajonov, S.Umarxodjayevlar tomonidan turli mavzularda himoya qilgan ilmiy maqolalari mutaxassislarning olqishiga sazovor bo’ldi.

📍Hamkorlik tarzida o’tkazilgan tadbir qiziqarli va taassurotga boy bo’ldi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram