Transport litseyi
832 subscribers
3.06K photos
184 videos
23 files
1.06K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ “TABIIY OFAT VA FAVQULODDA VAZIYATLAR” TADBIRI JARAYONIDAN

2024-yilning 5-mart kuni TDTrU akademik litseyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining 2024-yil 5-fevraldagi 01/05-15-son xati ijrosi yuzasidan “Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlar” mavzusida o'tkazilgan tadbirdan lavhalar.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍1
⭕️ “BAYRAMINGIZ MUBORAK AZIZ USTOZ AYOLLAR, O'QUVCHI-QIZLAR”

💐 2024-yil 7-mart kuni tongida TDTrU akademik litseyida mehribon, munis ayol o’qituvchilarni, o’quvchi-qizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan unutilmas tabriklash daqiqalari amalga o’shirildi.

🌸 Tadbirda eng faol, ko’ngilli o’quvchilar eng sevimli ustozlariga, kursdoshlariga tongi kayfiyat ulashish maqsadida maxsus tabriknomalarni taqdim etdi.

🌺 Akademik litseyning erkaklar jamoasi tomonidan barcha ayol ustozlarga samimiy tilaklar bildirildi va esdalik sovg’alari in’om qilindi.

🌷Shuningdek, ko’p yillik mehnati hamda o’z xizmat vazifasiga bo’lgan sadoqati uchun R.Pulatova, M.Abdujalilova, A.Mo’minovalarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipovning FAXRIY YORLIG’I muassasa rahbari M.T.Xasanova tomonidan topshirildi.

🌹 Munis va mehribon ayol ustozlar va o'quvchi-qizlar. Yil davomida bayram shukuhi sizlarni aslo tark etmasin!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
🔥5👍2👏2🎉1🤩1
💐 “BAHOR MALIKASI – 2024” TANLOVI JARAYONIDAN

🌺 2024-yil 7-mart kuni TDTrU akademik litseyida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o’quvchi-qizlar o’rtasida “Bahor malikasi – 2024” tanlovi o’tkazildi.

🌼 Tadbirni muassasa rahbari M.T.Xasanova ochib berib, barcha qizlarga omad tilab, ayol ustozlarni, o’quvchi-qizlarni bayram bilan tabriklab o’tdi.

🌸 Tanlovda 6 nafar ishtirokchi qizlar 3 ta shart bo’yicha o’z iste’dodlarini namoyish etdi.

🌹Hakamlar qaroriga ko’ra tanlov ishtirokchilari quyidagi nominatsiyalarga munosib deb topildi.

1. “Bahor malikasi – 2024” sohibasi R.Muhamadjonova (5-23-gr);

2. “Eng latofatli qiz” F.Shuhratillayeva (7-23-gr);

3. “Eng chaqqon qiz” D.Hakimjonova (2-23-gr);

4. “Eng pazanda qiz” N.Ismoilova (6-23-gr);

5. “Eng ijodkor qiz” U.To’ychiboyeva (4-23-gr);

6. “Eng zukko qiz” M.Qo’ldosheva (1-23-gr).

🌷Tadbirda bahoriy kuy-qoshiqlar, diltortar raqslar namoyishi bo'ldi. Barcha ishtirokchilarga muassasa rahbari tomonidan esdalik diplomlari topshirildi.
👍2🎉2🤩2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍4🎉3🤩1