Transport litseyi
829 subscribers
3.06K photos
184 videos
23 files
1.06K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
⭕️ “ILMLI AYOL – JAMIYAT KO’ZGUSI” TADBIRI JARAYONIDAN

🔷 2024-yilning 17-fevral kuni TDTrU akademik litseyida Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2024-yil 5-yanvardagi 01/07-4-son xati hamda 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan “Ilmli ayol – jamiyat ko’zgusi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

🔶 Tadbirda Nizomiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti fakultetining filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktorlari M.Omonova hamda M.O’razboyevalar ishtirok etdi.

🔷 Tadbir davomida har qaysi jamiyatning ertangi kuni, uning rivojlanishida ilmli ayollarning o’rni beqiyos ekanligi, shart-sharoitlar yaratilayotganligi ochiq muloqotda o’z aksini topdi.

🔶 Shuningdek, o’quvchi-qizlarni ilmli bo’lish, oila parvarishi, ota-onaga munosib bo’lish, ustozlarning ilmini qunt bilan o’rganish va amal qilish kabi o’quvchilarning savollariga mutaxassislar Navoiy va Bobur asarlari orqali qiziqarli ma’lumotlar berib o’tdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👏4👍2🤩2
⭕️ “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida "ZAKOVAT" musobaqasi

2024-yil 20-fevral kuni TDTrU akademik litseyida 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida "ZAKOVAT" intellektual o'yini otkaziladi.

❇️ “Zakovat” intellektual o‘yini akademik litseyda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi-xodimlar ishtirokida olib boriladi.

❗️Musobaqada quyidagi jamoalar bilim borasida bellashadi:

1️⃣. "BILIMDONLAR";
2️⃣. "ZUKKOLAR";
3️⃣. "QUVNOQLAR";
4️⃣. TO'MARIS.

Barcha jamoalarga omad yor bo'lsin!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍2🔥2👏1🎉1
⭕️ “KATTA TANAFFUS – UNUTILMAS DAQIQA” JARAYONIDAN (14-kun)

⛄️ 2024-yil 19-fevral kuni TDTrU akademik litseyida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli va esda qolarli o’tkazish maqsadida “Katta tanaffus – unutilmas daqiqa” tadbiri bo’lib o’tdi.

💦 Tadbirda o’quvchilarning matematika va boshqa sohadagi bilimlari fan o'qituvchilari M.Madrimov tomonidan sinovdan o’tkazildi.

❄️ Bunda o’quvchilarga tezkor qiziqarli boshqotirmalar berildi va g’oliblar aniqlandi. Shuningdek, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini namoyish etishlari uchun matematik shaxmat musobaqasi ham o’tkazildi va g’oliblar munosib taqdirlandi.

🌨 O’quvchi-yoshlarga yuqori haroratli kayfiyat beruvchi unutilmas lahzalar dasturi reja asosida davom etadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👏2👍1
⭕️ “ILMLI AYOL - JAMIYAT KO'ZGUSI” mavzusida "ZAKOVAT" musobaqasi

🔵 2024-yil 20-fevral kuni TDTrU akademik litseyida 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida "ZAKOVAT" intellektual o'yini otkazildi.

🟢 Tadbirni muassasa rahbari M.T.Xasanova ochib berdi va barcha jamoalarga omad tiladi.

🟣 “Zakovat” o‘yinida akademik litseyda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi-pedagog hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

🔴 Qiziqarli va unutilmas tarzda kechgan o’yinda g’olib jamoalar quyidagicha aniqlandi.

🥇-o’rin. "ZUKKOLAR";
🥈-o’rin: "BILIMDONLAR";
🥉-o’rin: "QUVNOQLAR";
🥉-o’rin: “TO'MARIS”.

💐 Barcha "Zakovat" bilimdonlariga va tashkilotchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ 2024-yil 20-fevral kuni TDTrU akademik litseyida 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida o'tkazilgan "ZAKOVAT" intellektual o'yinidan lavhalar.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍4🔥3🎉2🤩1
⭕️ “KATTA TANAFFUS – UNUTILMAS DAQIQA” JARAYONIDAN (15-kun)

🔹 2024-yil 21-fevral kuni TDTrU akademik litseyida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli va esda qolarli o’tkazish maqsadida “Katta tanaffus – unutilmas daqiqa” tadbiri bo’lib o’tdi.

🔸 Tadbirda o’quvchilarning fizika va boshqa sohadagi bilimlari kafedra mudiri D.Do’stqobilova hamda fan o’qituvchisi R.Mirzayev tomonidan sinovdan o’tkazildi.

🔹 Bunda o’quvchilarga fizika faniga doir tezkor formula yozish hamda fanga oid qiziqarli topishmoqlarga javob topish shartlari berildi va g’olib o’quvchilar munosib taqdirlandi.

💦 O’quvchi-yoshlarga yuqori haroratli kayfiyat beruvchi unutilmas lahzalar dasturi reja asosida davom etadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍4