Transport litseyi
735 subscribers
2.87K photos
158 videos
22 files
990 links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi o‘quvchilari Tashkent Flower Festda! 🌸

Bugun litseyimiz o‘quvchilari "Tashkent Flower Fest" gul bayramida faol ishtirok etishdi. Yoritilgan gullar, rang-barang kompozitsiyalar va ijodiy ko‘rgazmalar orasida bizning o‘quvchilarimiz o‘z bilim va iste’dodlarini namoyish etishdi.

Festivalda qatnashish nafaqat madaniy hordiq, balki go‘zallikni qadrlash, ekologik tarbiya va jamoaviylikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. 🌷🌼

Tashkentni gulga burkagan ushbu bayramda biz ham borligimiz bilan ishtirok etganimizdan faxrlanamiz! 💐


🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida ilmiy uchrashuv: professorlar bilan ilhomli muloqot 📚

Toshkent davlat transport universitetining nufuzli professor va dotsentlari akademik litseyimizga tashrif buyurib, o‘zlarining boy tajribalari, chuqur ilmiy bilimlari hamda kasbiy hayotga oid qiziqarli ma’lumotlari bilan o‘quvchi yoshlarimizga katta ilhom bag‘ishladilar.

Tashrif davomida o‘quvchilarimiz mehmonlar bilan ochiq muloqotda bo‘lish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish hamda kelajakdagi kasb tanlovi bo‘yicha foydali tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

🔹 Uchrashuv doirasida fanning turli yo‘nalishlarida alohida faollik ko‘rsatgan, ilg‘or fikrlari va tashabbuslari bilan ajralib turgan o‘quvchilar munosib tarzda taqdirlandi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarimizni bilimga chanqoq, maqsad sari intiluvchan bo‘lishga undaydi va ularning kasbiy yo‘nalish tanlashida muhim rol o‘ynaydi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Joriy yilning 1 may sanasida Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida Ingliz tili fanidan Tulyaganiva G. va Akramova X. birgalikda “Education in Uzbekistan” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Darsga asli Filippin davlatidan bo'lgan va ayni vaqtda respublikamizning oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida dars berib kelayotgan Aileen Faith Umandap xonim va Mrs Mary tashrif buyurdilar.
Ushbu dars ikki davlatning ta'lim tizimi va undagi oliy ta'lim muassasalari faoliyatiga qaratilgan bo'lib, ta'limda bugungi kun yoshlarining o'qishga qiziqishlari, ularning IQ darajalari va til sertifikatlarining, xususan IELTS, TOEFL larning qay darajada muhim ekanligi muhokama qilindi. Shuningdek, o'quvchilarning universitetga o'qishga kirayotganda yo'nalishlarga alohida ahamiyat berishlari va kelajakda bilimli, o'z sohasini yaxshi biladigan mutaxasis bo'lib yetishishlari uchun aynan hozir harakat qilishlari muhimligi aytib o'tildi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida o‘quvchi yoshlarga "Jannat onalar oyog‘i ostida" badiiy filmini namoyish etilishi – tarbiyaviy jihatdan juda muhim va ibratli tadbirdir. Bu film nafaqat onalarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni mustahkamlashga xizmat qiladi, balki yoshlarni mehr-shafqat, sabr-toqat va oilaviy qadriyatlarni qadrlashga undaydi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook