Transport litseyi
734 subscribers
2.87K photos
158 videos
22 files
990 links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi o'quvchilari o'zlarining ilmiy va madaniy bilimlarini boyitish maqsadida Toshkent shahridagi Planetariyga sayohat qildilar.
🪐Bu sayohat davomida o'quvchilar ko'plab astronomik kashfiyotlar bilan tanishib, yulduzlar, sayyoralar va koinot haqidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirdilar. Shuningdek, interaktiv ko'rgazmalar va ilmiy taqdimotlar orqali o'zlarining ilmiy qiziqishlarini rivojlantirishdi. Sayohat o'quvchilar uchun juda foydali bo'lib, ular o'zlarining kelajakdagi ilmiy faoliyatlari uchun yangi ilhomlar olishdi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida Zararli odatlar va ularni oldini olish mavzusida psixologik trening o'tkazildi.
👉Trening davomida "Zararli odatlar va ularning zararli oqibatlari" haqida suhbat, "Internetga tobemizmi?" psixologik test, har bir o'quvchi o'z hayot piramidasi ustida ishladi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#marafon #TalabaYugur

"Talaba yugur" marafoni bo'lib o'tadi


Joriy yil 13 aprelda "Talaba yugur" yugurish marafoni bo'lib o'tadi. 3 km masofaga mo'ljallangan marafon Yangi O'zbekiston bog'idan start oladi. Yugurish marafonida ishtirok etmoqchi bo'lgan xodim va talabalar ushbu havola bo'yicha 8 aprel sоаt 12:00 gacha ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Марафон "Talaba yugur"

13 апреля 2025 года пройдет марафон "Talaba yugur". Марафонский забег на 3 км начинается в парке Янги Узбекистан.
Зарегистрироваться для участия можно по ссылке до 12:00, 8 апреля.

Talaba-yoshlarimizni avvalgi tashkil etilgan marafonlarda ishtiroki haqida ma’lumotlar:
https://t.me/tstu_online/24861
https://t.me/tstu_online/21580
https://t.me/tstu_online/21575
https://t.me/tstu_online/21502
https://t.me/tstu_online/17980
https://t.me/tstu_online/14705

@tstu_online
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida Amir Temur tavalludining 689-yilligi shiori ostida o‘tkazilgan "Katta tanaffus – unutilmas daqiqa" tadbiri yodda qolarli va ma’naviy jihatdan boy bir daqiqaga aylandi. Tadbirda talabalarga buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli va ta’sirli ma'lumotlar taqdim etildi. Bu tantana nafaqat tarixiy, balki ma’naviy o‘rganish va ruhiy o‘sish uchun ham ulkan imkoniyat yaratdi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida "Amir Temur – hurlik quyoshi" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Amir Temurning buyuk jasorati, yuksak ma’naviyati va xalqiga qilgan xizmatlari yoritilib, uning tarixdagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilindi. Talabalar va o‘qituvchilar birgalikda buyuk sarkardaning hayoti va merosini o‘rganib, ulug‘ ajdodimizning ma’naviy merosini hurmat qilishga bo‘lgan intilishlarini yanada mustahkamlashdi. Tadbir, shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va Amir Temur kabi buyuk shaxslarning xotirasini abadiylashtirish maqsadida o‘tkazildi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook