Transport litseyi
825 subscribers
2.96K photos
183 videos
22 files
1.04K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida 16-yanvar kuni o‘tkazilgan tadbir, “Xavfsiz, sog‘lom Toshkent” shiori ostida giyohvandlikka qarshi kurashishga qaratilgan edi. Tadbirda Sh.N. Matanov bilan birgalikda o‘quvchi yoshlarga giyohvandlikning zararli ta’sirlari va uning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarga giyohvandlikdan saqlanish va sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha zarur ma'lumotlar taqdim etildi.
🔹Bu kabi tadbirlar yoshlarga bu illatning yomonliklari haqida to‘g‘ri tasavvur yaratish va ularni zararlardan saqlashda muhim ahamiyatga ega. Giyohvandlikka qarshi kurashishda o‘quvchilarni ongli va mas'uliyatli qarorlar qabul qilishga undash juda muhimdir.

Bizni kuzating

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍6🔥1👏1
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida o‘quvchilar orasida "Boshqarma boshlig‘i kubogi" uchun shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha saralash musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada quyidagi ishtirokchilar muvaffaqiyatli o‘z mahoratlarini namoyish etdilar:

Shaxmat:
- Ilyosov Asil
- Matyushkin Kirill
- Akromjonov Islomjon


Shashka:
- Mustafoqulov Bahrom

Yakuniy g‘oliblar kimlar bo‘lishi mumkin, deb o‘ylaysiz?

Bizni kuzating

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
🔥6👍3🤩1
#biz_giyohvandlikka_qarshimiz

⚡️Psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda yangi turdagi sintetik giyohvandlik vositalarining organizmga zararini aks ettirilgan INFOGRAFIKA!

Bizni kuzating

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
🏛️Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida “Milliy Toshkent” shiori ostida bo’lib o’tgan tadbirda o’zbek milliy liboslariga bag’ishlangan ma’lumotlar taqdim etildi.Tadbir davomida milliy kiyimlarimizning tarixi, ularning madaniyatimizdagi o’rni, milliy liboslarning bezaklari, ranglar uyg’unligi va ularning ramziy ma’nolari haqida ma’ruzalar qilindi.

Bizni kuzating

Sayt  | Telegram | Facebook | Instagram
👍6👏1
🏛️Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi oʻquvchilari oʻrtasida oʻgʻil bolalar uchun voleybol boʻyicha “Boshqarma boshligi kubogi” musobaqasining saralash oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqa yosh sportchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularning jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida tashkil etildi. Saralash oʻyinlari davomida ishtirokchilar oʻz mahoratlarini namoyish etib, final bosqichiga yoʻllanma olish uchun kurashdilar. Ushbu tadbir sportga boʻlgan qiziqishni oshirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍3🔥3👏2🎉1