Transport litseyi
835 subscribers
3.02K photos
183 videos
22 files
1.05K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
⭕️ “INSON AZIZ – XOTIRA MUQADDAS” SHIORIDAGI “NOMINGIZ DILLARDA MANGU YASHAYDI” TADBIRI JARAYONIDAN

⭐️ 2024-yil 8-may kuni TDTrU akademik litseyida OTFIV Toshkent shahar boshqarmasining 01/03-370-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

🔥 Tadbirni muassasa rahbari M.T.Xasanova ochib berib, ikkinchi jahon urushi voqealaridan gapirib, bugungi tinch zamonda yashash shukronasini aytib, urush qatnashchilari holidan xabar olish kerakligini ta'kidlab o’tdi.

🎗Tadbirda “Nuroniy” jamg’armasi maslahatchisi, deputat, huquqshunos, “Shuhrat” medali sohibi M.N.Usmanov ishtirok etdi.

💣 IJU jang maydonlarida mardlik, front ortida matonat ko’rsatgan o’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabasini aks ettiruvchi videolavhalar, yetkazilgan batafsil ma’lumotlar, she’riy kompozitsiyalar o’tganlarni xotirlashga xizmat qildi.

💎 Bunday tadbirlar o’quvchilarni o’zligini yaxshiroq bilishga, mard, jasur ajdodlariga munosib bo'lishga xizmat qiladi.
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ “INSON AZIZ – XOTIRA MUQADDAS” SHIORI OSTIDAGI “NOMINGIZ DILLARDA MANGU YASHAYDI” TADBIRI JARAYONIDAN

⭐️ 2024-yil 8-may kuni TDTrU akademik litseyida OTFIV Toshkent shahar boshqarmasining 01/03-370-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida o’tkazilgan tadbirdan lavhalar.

Sayt/ Telegram/ Telegram/ Instagram/ Instagram
👍4🔥1👏1🎉1
⭕️ AKADEMIK LITSEYDA ROSSIYA TRANSPORT UNIVERSITETI JAMOASI MEHMON BO’LDI

🔷 2024-yil 14-may kuni TDTrU akademik litseyida Rossiya transport universiteti, Toshkent davlat transport universitetlari bilan hamkorlikda o‘quvchilar bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo’lib o’tdi.

🔶 Tadbirni muassasa rahbari M.T.Xasanova ochib berib, uchrashuvning asosiy maqsad va vazifalarini aytib o’tib, RTUdan tashrif buyurgan mehmon Yelena Ivanovna Lisenkoni tanishtirib o’tdi.

🔷 Uchrashuv davomida nufuzli universitetlar vakillari o’quvchi-yoshlarning talab va takliflaridan kelib chiqib, ikki davlatning transport sohasidagi universitetlari, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud va kutilayotgan yo’nalishlar, imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi.

🔶 Shuningdek, o'quvchilar transport sohasiga bo'lgan qiziqishlarini chet elga ham davom ettirishlari uchun qulay imkoniyat borligini ushbu uchrashuv orqali to'liq bilib oldi va katta taassurotlar oldi.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
🔥3
⭕️ 9-SINF BITIRUVCHILARI UCHUN TARG’IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA…

🟦 2024-yil 15-may kuni TDTrU akademik litseyi jamoasi Prezidentimizning PQ-4910-qarori asosida “Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni akademik litseylarga saralab olish...” maqsadida umumiy o’rta maktabning 9-sinf bitiruvchilari uchun targ’ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirdi.

🟥 Targ’ibot tadbirlari Yakkasaroy tumanidagi 26, 127 hamda 139-maktablarining 9-sinf bitiruvchilari va jamoasi bilan hamkorlikda o’tkazildi.

🟪 9-sinf bitiruvchilariga akademik litseyda mavjud yo’nalishlar, imtihonlar jarayoni, to’garak va qo’shimchalar faoliyati, joriy qilinayotgan bir tizimli forma haqidagi ma’lumotlar YoBIBDO’ A.T.Ikromov, yoshlar yetakchisi E.Abdunazarov, “Akademik litsey iftixori” stipendiantlari S.Odilova hamda D.Otajonovlar tomonidan yetkazildi.

💐 Hamkor tadbirlarni o'tkazishda faollik ko'rsatgan barcha maktab jamoasiga, tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍8🔥1