Transport litseyi
830 subscribers
3.06K photos
184 videos
23 files
1.06K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
⭕️ “KATTA TANAFFUS – UNUTILMAS DAQIQA” JARAYONIDAN (21-kun)

🟦 2024-yil 5-mart kuni TDTrU akademik litseyida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli va esda qolarli o’tkazish maqsadida “Katta tanaffus – unutilmas daqiqa” tadbiri bo’lib o’tdi.

🟩 Tadbirda o’quvchilarning chaqqonliklari, mo’ljalni aniq nishonga olish mahoratlari ChQBT rahbari Sh.Xanxadjayev tomonidan tashkil etilgan qiziqarli shartlar asosida sinovdan o’tkazildi.

🟨 Tadbirda 10-umumiy o'rta maktabning ChQBT rahbari, kapitan D.Mirzaxo’jayev hamda o’quvchilar ishtirok etdi.

🟥 O’quvchilar o’rtasida aniq bir vaqt ichida “Kalashnikov” avtomatini noto’liq qismlarga ajratish va qayta yig’ish, shuningdek, o’quvchilarning merganlik qobiliyati ham qiziqarli shart doirasida amalda bajartirildi va g’olib o’quvchilar munosib taqdirlandi.

💦 O’quvchi-yoshlarga yuqori haroratli kayfiyat beruvchi unutilmas lahzalar dasturi reja asosida davom etadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍3🔥2
⭕️ “TABIIY OFAT VA FAVQULODDA VAZIYATLAR” TADBIRI JARAYONIDAN

2024-yilning 5-mart kuni TDTrU akademik litseyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining 2024-yil 5-fevraldagi 01/05-15-son xati ijrosi yuzasidan “Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlar” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

❇️ Tadbir avvalida zilzila vaqtida to’g’ri harakatlanish qoidalarini o’rgatishga mo’ljallangan maxsus-taktik o’quv mashqlari ogohlantiruvchi signal orqali muassasadagi barcha ishchi-xodim hamda o’quvchilarga ma’lum qilindi.

Belgilangan vaqt ichida barcha binoni tark etib, bino hovlisiga shay holatda turdi. Shundan so’ng ChQBT rahbari Sh.Xanxadjayev guruh rahbarlaridan o’quvchilar haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda muassasa rahbari M.T.Xasanovaga hisobot berdi.

❇️ Shuningdek, zilzila paytida qanday xatti-harakatlar qilish yoki qilmaslik, kimlarga murojaat qilish kerakligi haqidagi ma'lumotlar o'quvchi-yoshlarga yetkazildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ “TABIIY OFAT VA FAVQULODDA VAZIYATLAR” TADBIRI JARAYONIDAN

2024-yilning 5-mart kuni TDTrU akademik litseyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining 2024-yil 5-fevraldagi 01/05-15-son xati ijrosi yuzasidan “Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlar” mavzusida o'tkazilgan tadbirdan lavhalar.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍1
⭕️ “BAYRAMINGIZ MUBORAK AZIZ USTOZ AYOLLAR, O'QUVCHI-QIZLAR”

💐 2024-yil 7-mart kuni tongida TDTrU akademik litseyida mehribon, munis ayol o’qituvchilarni, o’quvchi-qizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan unutilmas tabriklash daqiqalari amalga o’shirildi.

🌸 Tadbirda eng faol, ko’ngilli o’quvchilar eng sevimli ustozlariga, kursdoshlariga tongi kayfiyat ulashish maqsadida maxsus tabriknomalarni taqdim etdi.

🌺 Akademik litseyning erkaklar jamoasi tomonidan barcha ayol ustozlarga samimiy tilaklar bildirildi va esdalik sovg’alari in’om qilindi.

🌷Shuningdek, ko’p yillik mehnati hamda o’z xizmat vazifasiga bo’lgan sadoqati uchun R.Pulatova, M.Abdujalilova, A.Mo’minovalarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipovning FAXRIY YORLIG’I muassasa rahbari M.T.Xasanova tomonidan topshirildi.

🌹 Munis va mehribon ayol ustozlar va o'quvchi-qizlar. Yil davomida bayram shukuhi sizlarni aslo tark etmasin!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
🔥5👍2👏2🎉1🤩1