Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlanmoqda!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF–26-son Farmoni (“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”) ijrosini taʼminlash maqsadida, 2025-yil uchun belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar 2025-yil 10-iyul kuni soat 09:00 dan boshlab qabul qilinadi.

Talabgorlar subsidiya olish uchun quyidagi usullardan birini tanlagan holda ariza topshirishi mumkin:

Davlat xizmatlari markazlarida;
Elektron tarzda my.gov.uz portali orqali:
🔗 https://my.gov.uz/oz/service/325

❗️Eslatma:
Subsidiya olish uchun ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball toʻplagan boʻlishi lozim.


📌 Ariza beruvchi va uning yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlar arizada ko’rsatilgan hollarda) o’rtacha daromad miqdori quyidagi chegaralarda boʻlishi zarur:
🔹 Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda: MHTEKMning
2,7 baravardan (3 118 500 soʻm) 8 baravargacha (9 240 000 soʻm)
🔹 Toshkent shahrida: MHTEKMning
2,7 baravardan (3 118 500 soʻm)9,2 baravargacha (10 626 000 soʻm)

🏠 Ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻi nomida butun respublika boʻylab mulk huquqi asosida turar joy mavjud boʻlmasligi lozim.

🛡 Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar alohida mezonlar asosida baholanadi.

Batafsil: my.gov.uz/oz/service/325

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚“Siyosiy ma’rifat soati”

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/-mQ7xpEArp4 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📈 “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanib, 31-avgust kuni oxiriga qadar davom etadi.

Bunda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2️⃣ Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Tashabbusli budjet — bu sizning fikringiz, sizning tanlovingiz va sizning mahallangiz kelajagi

#open_budget #tashabbusli_budjet

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz — inklyuziv va to‘siqsiz muhitli shahar

Termiz shahri ko‘chalari bo‘ylab ko‘zi ojiz fuqarolar uchun piyodalar yo‘laklariga taktil qoplamalar o‘rnatilmoqda.

Shuningdek, yil yakuniga qadar At-Termiziy ko‘chasining 2 200 metr qismi to‘liq inklyuziv ko‘chaga aylantiriladi. Shu kabi ishlar Denov, Sho‘rchi va Uzun tumanlarida ham amalga oshirilmoqda.

Ko‘p qavatli uylar, davlat tashkilotlari kirish joylari va liftlar nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Firibgarlardan ogoh bo'ling!

Ijtimoiy tarmoqlarda maxsus kiyim kiygan shaxslar o‘zlarini FVV xodimlari sifatida tanishtirib, aholidan goʻyoki yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganliklari uchun pul to‘lashga majburlayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda. Eslatib oʻtamiz, bu shaxslarning Favqulodda vaziyatlar vazirligiga hech qanday aloqasi yo‘q. Hurmatli fuqarolar, agar shunday holatga duch kelsangiz, zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingizni yoki FVVning 95)-772-10-50 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
#ДИҚҚАТ_ЭЪЛОН

📣 Тиббиёт институти, коллеж (техникум) ларни тамомлаган ходимлар учун ҳарбий хизмат имконияти!

❗️Миллий гвардиянинг Сурхондарё вилояти бўйича бошқармаси бўлинмаларидаги бўш лавозимларга эркак жинсдаги номзодларни ҳарбий хизматга қабул қилиш юзасидан танлов эълон қилади!

🔰 Номзодларга қўйилган талаблар:
Маълумоти: ўрта, ўрта-махсус ёки олий
Жинси: эркак
Бўйи: 178 см ва ундан баланд
Ёши: 30 ёшгача

🪪  Номзодлар шахсини тасдиқловчи ҳужжатлари билан Миллий гвардия кадрлар бўлимига бевосита мурожаат қилишлари сўралади.

📍Локация

🌐 https://t.me/AOKA_Surxon
#mobililova

MyGov raqamli servislaridan to'g'ri foydalanish tartibini bilib oling!


▶️Raqamli hujjatlardan to'g'ri foydalanish, ularni tekshirish va xavfsizligini ta'minlashni bilmoqchimisiz? Batafsil videoqo'llanmamizda tanishing!

❗️Eslatma! Hujjatni taqdim etish va tekshirishda faqat rasmiy MyGov ilovasidan foydalanish talab etiladi.

🎬https://www.youtube.com/watch?v=QRxjdNafdjs

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahar hokimligi apparatida ekspress-trening bo‘lib o‘tdi

Bugun Termiz shahar hokimligi rahbar va apparat xodimlarining kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan ekspress-trening tashkil etildi.

Mazkur trening doirasida davlat xizmatchilarining zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalari, samarali kommunikatsiya, huquqiy madaniyat, ijro intizomi va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilimlari chuqurlashtirildi.

Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar va muhokamalar orqali ishtirokchilar o‘z faoliyatlarida dolzarb bo‘lgan vazifalarni hal etish bo‘yicha tajriba almashdilar.

Tadbir yakunida qatnashchilarga maxsus metodik tavsiyalar berilib, kelgusida bunday malaka oshirish mashg‘ulotlari muntazam davom ettirilishi ta’kidlandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram